O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Mukimov



Download 13,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/240
Sana12.01.2022
Hajmi13,43 Mb.
#353614
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   240
Bog'liq
donni-qayta-ishlash-texnologiyasi

Hasharotlar.
 Hasharotlar umurtqasiz jonivorlar ichida don va don 
mahsulotlariga eng ko‘p zarar keltiradi. Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 
hasharotlarning millionlab turlari mavjud bo‘lib, ular zoologiya kursida 
batafsil o‘rganilib, bitta sinf – Insecta ga birlashtiriladi. Don zaxirasiga 
ziyon  yetkazadigan  zararkunandalar  ichida  eng  salmoqlisi  bu 
hasharotlardir.  Hozirgi  kunda  hasharotlarning  milliondan  ortiq  turi 
aniqlangan bo‘lib, ularning barchasi  Ensecta sinfiga mansubdir. 
Hasharotlar  turli-tuman  tuzilishga,  shakl  va  kattalikka  ega. 
Umuman  olganda,  tuzilishi  jihatdan  hasharotlarni  uch  qismga  ajratish 
mumkin:  bosh  qismi,  ko‘krak  va  qorin  qismi.  Hasharotlar  o‘zlarining 
barcha  xossa  xususiyatlari  yuzasidan  sinflar,  sinfchalar,  oilalar  va 
boshqa  bo‘limlarga  ajratiladi.  Don  zaxirasining  barcha  zararkunanda 


91 
hasharotlari  qattiq  qanotlilar,  qo‘ng‘izlar  va  parda  qanotlilar  yoki 
kapalaklar guruhiga mansubdir. 
Ma’lumki barcha hasharotlar jinsli hisoblanadi. Ularning erkak va 
urg‘ochilari bir-biridan katta-kichikligi, shakli, rangi va boshqa belgilari 
bilan  yaqqol  ajralib  turadi.  Hasharotlarning  barchasi  tuxum  qo‘yish 
orqali  ko‘payadi.  Urg‘ochi  hasharotlar  otalangandan  so‘ng  turiga 
bog‘liq holda bitta, ikkita yoki to‘p-to‘p qilib tuxum qo‘yadi. Odatda 
hasharotlar  tuxumini  ozuqa  ichiga  yoki  unga  yaqin  bo‘lgan    joyga 
qo‘yadi,  negaki  undan  chiqqan  lichinka  mana  shu  ozuqa  bilan 
ovqatlanadi.  Bundan  tashqari,  ko‘pgina  tur  urg‘ochi  hasharotlar 
tuxumlarini tashqi xavflardan (harorat, namlik, yirtqich hasharotlar va 
b.q) himoya qilish maqsadida maxsus suyuqlik bilan himoyalaydi yoki 
don  ichiga  berkitib  qo‘yadi.  Tuxumlar  hasharotlarning  turiga  bog‘liq 
holda  turli  rang,  shakl  va  kattalikda  bo‘ladi.  Shuningdek  turli  vaqt 
oralig‘ida undan lichinkasi chiqadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalarning  
rivojlanishi    ikki  xil  bo‘ladi:  to‘liq  bo‘lmagan  va  to‘liq.  To‘liq 
bo‘lmagan rivojlanishda hasharotlar uch bosqichni bosib o‘tadi: tuxum, 
lichinka va yetuk hasharot. 
Bunda tuxumdan chiqqan lichinka ko‘rinishi jihatdan ota-onasiga 
o‘xshab ketadi, faqat unda qanotlar bo‘lmaydi va shakli kichik bo‘ladi. 
Rivojlanishi  davomida  unda  asta-sekin  qanot  hosil  bo‘ladi. 
Lichinkaligining oxirgi davridagi po‘st tashlashi bilan yetuk hasharotga 
aylanadi. Bunday ko‘payuvchi hasharotlarga tripslar, dala qandalalari, 
pichanxo‘rlarni misol qilib olish mumkin. 
Hasharotlarning  to‘liq  rivojlanishida  to‘rtta  bosqich  mavjud: 
tuxum,  lichinka,  g‘umbak  va  yetuk  hasharot.  Tuxumdan  chiqqan 
lichinka  ota-onasiga  umuman  o‘xshamaydi,  ya’ni  chuvalchangsimon 
ko‘rinishda  bo‘ladi.  Ular  o‘sish  va  rivojlanish    davrida  kuchli 
ozuqlanadilar. 
Lichinkaligining oxirgi davrida o‘ziga qulay joy qidirishadi, chunki 
g‘umbaklikka  o‘tishi  bilan  ular  harakatdan  to‘xtaydilar.  Ko‘pgina 
hasharotlar g‘umbaklikka o‘tish davrida o‘zlariga boshpana yasab oladilar, 
ba’zilari belanchak,ba’zilari esa pillaga o‘ralib oladilar. 
G‘umbaklikka o‘tishda ularning tanasi kichrayadi, ko‘krak qismi 
esa  qalinlashuvi  kuzatiladi,  so‘ngra  g‘umbak  ichida  uning  asosiy 
organlari shakllana boshlaydi. 


92 
Yetuk hasharotga aylangach, ular tashqi qobiqni yorib chiqadi va 
tarqaladi. Dastavval g‘umbakdan chiqqan hasharotning qanotlari yorqin 
rangda va yumshoq bo‘ladi. Biroz muddat o‘tgach kattalashadi va rangi 
to‘qroq tusga kiradi.  
Qo‘ng‘izlar  qulay  sharoitda  tez  ko‘payish  xususiyatiga  ega. 
Urg‘ochi  qo‘ngizlar    mahsuldor  bo‘lgandan  keyin  don  zaxirasiga, 
qoplarga,  yog‘ochlarga  va  boshqa  joylarga  tuxum  qo‘yadilar.  Ba’zi 
turlari don ichini kovlab, shu yerga tuxum qo‘yadi. Tuxumdan lichin-
kalar chiqadi. Chiqqan lichinkalar juda ham ozuqaxo‘rlik xususiyatiga 
ega  bo‘lib,  o‘zining  rivojlanishi  davrida  kuchli  ozuqlanadi.  Ko‘pgina 
qo‘ngizlarning  lichinkalari  chuvalchangsimon  bo‘ladi  va  ko‘kragida 
uch juft oyoqlari bo‘ladi. Qo‘ng‘izlar donga katta zarar yetkazadi. Ular 
donni  o‘suvchi  qismini  ham  zararlab,  donning  unuvchanlik  darajasini 
pasaytiradi.  Shuningdek  donni  o‘zining  eksperimentlari  g‘umbaklari, 
lichinkalari  va  boshqa  chiqindilari  bilan  ifloslantirib  yuboradi.  Don 
zaxirasi qo‘ng‘izlarining bir necha yuz ming turlari mavjud. Ular don 
elevatorlarida va don omborlarida keng tarqalgan bo‘lib, don zaxirasiga 
kuchli ziyon yetkazadi. Shularning  ba’zi bir turlari bilan quyida tanishib 
chiqamiz: 
Uzunburunlar  (Sitophilus granarius L). 
Bu oilaga kiruvchi qo‘ng‘izlarning boshi cho‘zinchoq trubasimon 
bo‘ladi. Mana shu uzunchoq qismi tumshuq deb ataladi. Ularda mana 
shu  uzun  tumshuq  bo‘lganligi  sababli  uzun  tumshuqlar  yoki  filchalar 
deb  ataladi.  Don  zaxirasida  bu  turga  kiruvchi  hasharotlardan  ombor, 
sholi, makkajo‘xori uzun tumshuqlari ko‘p uchraydi. 
 
 

Download 13,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish