Asosiy don ekinlari don uyumining mikroflora tarkibi
Saprofit mikroorganizmlar
Fitapatogen
mikroorganizm-
lar
Inson va hayvonlar
uchun patogen
mikroorganizmlar
Tipik epifitlar
Boshqa saprofitlar
Bakteriyalar:
Psherbicola,
Psfluorescens
Achitqilar: Torula
turiga mansub oq
va pushti ustki bij-
g‘ituvchi achitqilar
(saxaromitsetlar)M
og‘or zamburug‘-
lari: (Dala zam-bu-
rug‘lari):
Alternariya,
Cladosporium,
Dematium,
Trichothecium va
boshqalar.
Bakteriyalar:bac,
mesentericus (kartoshka
qalamchasi) Bac subtilis
(pichan
qalamchasi)
Bac. mycoides (chiri-
tuvchi qalamcha) kislo-
tali bijg‘ish bakteriyalari
kokklar, mikrokokklar
va sarsinalar. Mog‘or
zamburug‘lari:
mog‘orlar:
Mucor
mucedo,
mucor
racemosus,
Phisopus
nigricans va b.
Aspergillar:A.niger,
A. glancus, A. fimigatus,
A.glavatusA.flavus,
Penicillium glaucum va
b. boshqa zamburug‘lar:
Monilia, Oidium va b.
Aktinomitsetlar va
unga Yaqin organizmlar.
Donda puchlikni
chaqiradigan
bakteriozlar:
Bact.
Translucens
Bact. otrofaciens
Mikozlar: turli
g‘alla qorakuya-
lari, sporalar; har
xil
fuzarium
turlari;
Nigrospora,
Diplodiyazeal va
b.
Hayvonlar va insonda
kasallik
chaqiruvchi
bakteriyalar: (zonozlar)
brutselloz,
tuberkuloz,
tularemiya,
kuydirgi,
manqa va boshqalarni
qo‘zg‘atuvchilar.
Insonda kasallik qo‘z-
g‘atuvchi bakteriyalar:
qoqshol, qorasonni qo‘z-
g‘atuvchilar,
yiringla-
tuvchi kokklar va b.
O‘simlikning yashil qismida va urug‘ida spora hosil qiluvchi
rizofera bakteriyalarini (Vas.mesentericu) Bac sublilis Bac mycoides
(va boshqa) uchratish mumkin. Bu mikroorganizmlar yangi yig‘ib
olingan donda va saqlanayotgan donlarda ham uchraydi. Bu
mikroorganizmlar tuproq changida qolgan va qizib qolgan donlarda
rivojlanadi hamda ko‘payadi. Bu spora mikroorganizmlar un tarkibida
bo‘lsa xamirda tez ko‘payadi, non yopishda o‘z xususiyatini
yo‘qotmaydi va undan chiqadigan non sifatini pasaytiradi.
Achitqilar. Mog‘or zamburug‘lari. Fitopatogen mikroorganizmlar.
Achitqilar. Donning yuza qismida bakteriyalar bilan bir qatorda
achitqi zamburug‘lari ham uchrab turadi. Donning mustahkam
qatlamlarida bu zamburug‘lar rivojlanib pastasimon konsistensiyali
koloniyalar hosil qiladi. Achitqilar zamburug‘lar olamining bir hujayrali
vakili bo‘lib, donning saqlanuvchanligi va sifatiga ta’sir etmaydi. Lekin
ba’zi hollarda don massasida harorat ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi va ular
85
mutaxassislarning fikricha, o‘ziga xos ombor hidini tarqatuvchi manba
hisoblanadi.
Mog‘or zamburug‘lari. Yangi yig‘ib olingan don massasi tarkibida
hamisha u yoki bu darajada mog‘or zamburug‘lari mavjud bo‘ladi.
Ularning soni ko‘pincha 1g don tarkibida bir necha o‘ndan yuzgacha,
goho minggacha bo‘ladi, shuningdek ular don massasidagi mavjud
mikroorganizmlarning 1-2 foizini tashkil etadi.
Qulay sharoit tug‘ilishi bilan donning namligi yuqori bo‘lganda,
don massasining harorati orta boshlaydi va mog‘or zamburug‘lari jadal
ko‘paya boshlaydi. Natijada donda oddiy ko‘zga ko‘rinadigan
zamburug‘ kaloniyalari hosil bo‘ladi. Bunday holat donni noqulay ob-
havo sharoitida yig‘ib olganda, donlarni vaqtinchalik saqlashda, ularni
suv yoki temiryo‘l transportida tashishda va boshqalarda kuzatiladi.
Mog‘or zamburug‘larining intensiv rivojlanishi don massasida
quruq moddalarning ko‘p miqdorda yo‘qolishiga, don sifatining
pasayishiga yoki butunlay buzilishiga olib keladi. Mog‘or zamburug‘-
lari bilan zararlangan donda yoqimsiz hid paydo bo‘ladi, shuningdek
uning ta’mi va rangi ham o‘zgaradi.
Don massasida uchraydigan mog‘or zamburug‘larining turi
xilma-xil bo‘lib, hozirgacha ularning 60 dan ortig‘i aniqlangan.
Bularning ichida don sifatini buzuvchi eng asosiylari Aspergillu
va Penicillium turiga mansub zamburug‘lar hisoblanadi. Bulardan
tashqari Cladosporium. Denatium, Trichothecium va boshqa turlarga
mansub mikroorganizmlar don tarkibida ko‘p uchraydi.
Fitopatogen mikroorganizmlar. Bu guruhga mansub mikroor-
ganizmlar o‘simlikda o‘ziga xos kasalliklar keltirib chiqargani uchun
fitopatogen deb nom olgan. Bularni ichida tanish bakteriyalarga
yuqumli kasallik tarqatuvchi viruslar va zamburug‘lar kiradi.
Mazkur mikroorganizmlar bilan zararlangan o‘simliklar halok
bo‘lishi yoki kam miqdorda, shuningdek sifati past bo‘lgan hosil beradi.
Misol tariqasida ba’zilarini keltirib o‘tamiz: Bact.translucens bug‘doy,
javdar arpa va makkajo‘xorida kuyish kasalini sholi va makkajo‘xorida
so‘lish, makkajo‘xori, sholi va arpada dog‘lanish kabi kasalliklarni
keltirib chiqaradi. Bact. trafaciens va boshqa mikroorganizmlar esa
donlarning puch bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, fitopatogen mikroorganizmlar o‘simliklarda chirish,
so‘lish va boshqa ko‘pgina kasalliklar keltirib chiqaradi. Don
86
tarkibidagi bu mikroorganizmlar ulardan chiqadigan mahsulot sifatiga
ham ta’sir qiladi.
Inson va hayvonlar uchun zararli bo‘lgan patogen mikroor-
ganizmlar, donga tasodifiy joylashib qolishi mumkin.Ular donning
sifati va saqlanuvchanligiga deyarli ta’sir etmaydi. Lekin organizm
uchun xavfliligini hisobga olgan holda donni saqlashda bunga katta
e’tibor berish lozim. Tuproqdan, kasal hayvonlardan va boshqa
infeksiya tashuvchilardan o‘tib qoladi.
Don massasida uchrab turadigan mikroorganizmlarga sibir
yarasini keltirib chiqaruvchilar, sapa, brutselloz, tuberkuloz va boshqa
kasallik mikroorganizmlari kiradi.
Patogen mikroorganizmlarni don massasida aniqlash qiyin.
Shuning uchun bu mikroorganizmlar tarqalgan joylarda karantin
tadbirlari o‘tkaziladi. Shuningdek bu yerlardan olingan donlarni qayta
ishlashda maxsus karantin instruksiyalardan foydalaniladi.
Don uyumini namligi. Namlik mikroorganizmlar hayoti hisob-
lanadi. Bu esa mikroorganizmlar hujayralari kimyoviy tarkibi bilan
uzviy bog‘liqdir. Mikroorganizm hujayralarida namlik miqdori (80–
90%) bo‘ladi. Oziqlanish mexanizmi faqat namlik yetarli bo‘lgandagina
hujayra va muhit o‘rtasidagi o‘zaro almashinuvni yuzaga keltiradi.
Muhit namligi yuqori bo‘lsa, mikroorganizm tez va yaxshi rivojlanadi,
ko‘payadi hamda hujayra va muhit o‘rtasida o‘zaro moddalar
almashinuvi jadal kechadi. Shuning uchun yuqori namlikka ega bo‘lgan
mahsulotlar tez buziladi. Bu holat mikroorganizmlarning so‘ruvchanlik
xususiyati bilan tushuntiriladi. Mikroorganizmlar namlikni turli
darajada talab etishiga qaramay, donda minimal namlik belgilangan. Bu
chegara donning muvozanat namligi darajasida yoki undan 0,5–1,1%
yuqori bo‘lishi mumkin. Unutmaslik lozimki, mikroorganizmlar donda
faqat erkin suv hosil bo‘lganda rivojlanadi. Don va o‘simlik urug‘lari
orasida saprofit ko‘rinishdagi bo‘lgan mikroblar: kserofit, mezofit va
gidrofitlarni namlikka talabi yuqori. Havoning nisbiy namligi 90–100%
bo‘lganda Gidrofit mikroorganizmlar rivojlanishi uchun eng maqbul
muhit hisoblanadi. Kserofit havoning nisbiy namliig 70–95% bo‘lganda
yaxshi rivojlanadi. Mezofit oraliq mikroorganizmlar hisoblanib 80 –
90% nisbiy namlikda juda tez rivojlanadi. Shunday qilib, don uyumidagi
namlikning ortish darajasi tufayli zambrug‘lar rivojlanishiga sharoit
yaratiladi. Amaliy tajribalar shuni ko‘rsatdiki, don uyumidagi
87
zamburug‘larni rivojlanishiga namlik 16% da, bakteriyalarning rivoj-
lanishi esa 18% da sekinlashishi kuzatildi.
Don uyumining harorati. Har bir mikroorganizmlar turi ma’lum
harorat ostida yoki chegarasida ko‘payib rivojlanadi va butunlay nobud
bo‘lishiga ham olib keladi. Mikroorganizmlar sovuqqa chidamli
(psixrofil), issiqni yaxshi ko‘ruvchi (termofil) va o‘rtacha haroratda
rivojlanadigan (mezofil) hamda yashaydigan guruhlarga ajratiladi.
Don uyumi mikroflorasi asosan mezofil mikroorganizmlardan iborat
bo‘ladi, mezofillar 20–40
0
C da yaxshi rivojlanadi. Bu asosan, mog‘or
zamburug‘lariga tegishli bo‘lib, ular don uyumi 10–20
0
C harorat ostida
ham yaxshi rivojlanishini ko‘rish mumkin. Psixrofil mikroorganizmlar
don uyumida katta miqdorda bo‘lmaydi, termofil mikroorganizmlar esa
saqlanayotgan donlarda va don uyumida o‘z-o‘zidan qizishning oxirgi
bosqichlaridagina biroz to‘planadi.
22-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |