Pаyvаndlаsh tokini rostlаsh Payvandchi elektrodning qiyalik burchagini o’zgartirib, metallning erish chuqirligini rostlashi chok valigining yashi shakillanishiga yordam berishi hamda vannaning sovish tezligiga tasir qilishi mumkin. Chok tubini payvandlashda, yupqa listlarni payvandlashda, shuningdek, qancha qatlam bo’lishdan qat’iy nazar, gorizantall va ship choklarni payvandlashda ingichka valik yotqiziladi. Payvandchi elektrodni chok uzra qanchalik sekin surib borsa, valik shunchalik keng chiqadi. Ingichka, lekin baland valikda eritilgan metal hajmi kichkina bo’ladi. Bunday valik tez soviydi va metallda erib, ajralib chiqmqgan gazlar chokni g’ovaklashtirib qo’yishi mumkin. Shuning uchun ko’pincha kengaytirilgan valiklar ishlatiladi. Bunday valik hosil qilishda payvandchi elektrodni chokka ko’ndalang ravishda tebranma harakatlantiradi. Elektrod uchini uch hil elektrod o’qi bo’ylab yuqoridan pastga qarab ilgarlanma harakat chok chizig’I bo’ylab ilgarlanma harakat va chokka ko’ndalang ravishda, uning o’qiga nisbatan tik tebranma harakat qilishi kerak
Bu usulni G.P. Mixaylov ishlab chiqqan va birinchi marta Uraldagi og'ir mashinasozlik zavodida joriy ctilgan. Bu usuldan critib qoplanadigan metall hajmi katta choklarni payvandlashda. ya‘ni o'rtacha hamda ancha qalinlikdagi kam legirlangan va legirlangan po`latlardan konstruksiyalar tayyoriashda, qattiq qotishmalarni eritib qoplashda, po'lat quyma nuqsonlarini payvandlab tuzatishda foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Mazkur usulning mohiyati shundaki, ikkita elektrod 3 va 4 hamda payvandlanadigan metal 1 ga tok bir yo`la o`zgaruvchan tok manbaining uchala fazasidan keltiriladi.Natijada baravariga yonadigan uchta payvandlash yoyi hosil bo`ladi, har qaysi elektrod bilan metall orasida bittadan (2 va 6 yoylar) hamda elektrodlar orasidagi yoy (5). Bunda juda ko`p issiqlik ajralib chiqadi,natijada elektrodlar tezroq eriydi, payvandlash unumi bir fazali yoy bilan payvandlashdagiga qarganda 2-3 baravar ko`payadi.
Uch fazali yoy uzluksiz yonib turganida 6 mm diamctrli elektrodlardan har soatda 8 kg gacha metall eritish mumkin. Issiqdan yaxshirok foydalanish natijasida eritib qoplangan I kg metallga o'zgaruvchan tokda payvandlashda odatda sarflanadigan 3,5-4 kW s o'rniga o’rtacha hisobda 2,75 kW • s energiya sarflanadi. ya‘ni elektr energiyadan 20-30% tcjaladi.Uch fazali yoy yordamida payvandlashda ishlatiladigan elektrodlar bitta umumiy qoplamga ega bo`lgan va o'zaro parallel joylashtirilgan 2 ta o'zakdan iboratdir. Elektrodlaming bir uchi clektrodlarning har qaysisiga alohida tok keltirishga imkon beradigan maxsus konstruksiyali elektrod tutqichga ulash uchun tozalab qo‘yilgan.
Yuqori legirlangan po`latlar, titan va uning qotishmalari to‘g‘ri qutbli o‘zgarmas tokda payvandlanadi. Oksid pardasining buzilishi uchun aluminiy va magniy qotishmalari 0‘zgaruvchan tokda payvandlanadi.Qo`lda argon-yoy bilan payvandlash gorelkani tebratmasdan bajariladi; payvandlash zonasi himoyasi buzulishi ehtimoli bo`lganligidan gorelkani tebratish tavsiya etilmaydi. Argon-yoy gorelkasi. mundshtugi bilan payvandlanadigan buyum orasidagi burchak 75—80 С bo`lishi kerak. Fritib qo‘shiladigan sim gorelka mundshtugi o'qiga nisbatan 90' burchak hosil qilib joylashtiriladi. sim bilan buyum orasidagi burchak 15-20°bo`lishi kerak.
Qo'shimcha sim va gorelkaning payvandlanadigan buyumga nisbatan joylashish sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |