I.Asosiy qism
2.1. Uglerodli metall plаstinаlаrni qirrаlаrini tаyyorlаmаsdаn turli fаzoviy xolаtlаrdа eriydigаn elektrod bilаn ikki tomonlаmа pаyvаndlаsh.
Payvandlash texnologiyasi va jihozlari” fani o`quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy hamda umumkasbiy fanlarni bilishga asoslanadi, VII- va VIII-semestrlarda o`qitiladi, bitiruv malakaviy ishni bajarishda bazaviy bilim vazifasini o`taydi.
Bajarish uchun eng qiyini ship chokdir, chok pastki vaziyatda eng yaxshi shakllanadi. Ship, vertikal va gorizontal choklarni, odatda, yirik gabaritli konstruksiyalarni tayyorlashda va ayniqsa. montaj qilishda bajarishga to'g'ri keladi Tavrsimon, ustma-ust va burchakli birikmalarning burchak choklarini payvandlashda chok «qayiqcha» usulida payvandlash vo'Ii bilan yaxshi shaklanadi.
Payvand birikmalar va choklarning turi, ularning o‘lchamlari va chizmada belgilanishi davlat standartlari bilan belgilab qo‘yilgan.Chizmalarning rejalarida va yon tomondan ko‘rinishlarida ko‘rinadigan chokning joyi tutash chiziq bilan, ko‘rinmaydigan chokni punktir chiziq bilan belgilanadi. Ko‘ndalang kesimlarda chokning chegaralari tutash yog’on chiziqlar bilan, payvandlanadigan detallarning qirralari esa ingichka tutash chiziqlar bilan ko‘rsatiladi. Chokni uning tasvirida strelkasi bir tomonlama og‘ma chiziq bilan va ikkinchi uchida chokning shartli belgisini yozish uchun tokcha (polka) bilan belgilanadi.
3.1-rasm. Chizmalarda payvand chokni belgilash:
a – payvand chokning bosh ko‘rinishi; b – rejada ko‘rinishi; 1 va 2 ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan choklar; 3 – bir tomonlama strelka;
4 – tokcha; 5 va 6 – ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan choklarni belgilash;kvadratlar ichidagi raqamlar bilan quyidagilar belgilangan: 1 – chokning shartli belgisi; 2 – ayni chokni payvandlash usuli belgilangan standartning belgisi; 3 – chokning xarfiy-raqamli belgisi; 4 – payvandlash usulining shartli belgisi; 5 – burchakli chokning kateti; 6 – uzlukli chok uchun payvandlanadigan uchastkaning uzunligi va zanjirli yoki shaxmatsimon chok ekanligini bildiruvchi belgi; 7 – yordamchi belgilar.
3.1-rasmda kvadrat ichidagi raqamlar bilan belgilangan ma‘lumotlar quyidagi elementlardan iborat: 1 – berk kontur bo‘yicha bajarilgan chokning shartli belgisi; 2 – payvandlashning ayni usulida chokning belgilangan standart belgisi; 3 – chokning xarfiy-raqamli belgisi; 4 – payvandlash usulining shartli belgisi; 5 – burchak chokning kateti (katetning belgisi va o‘lchami, mm); 6 – uzlukli chok uchun payvandlanadigan uchastkaning uzunligi va chokning zanjirli yoki shaxmatsimon ekanligini bildiruvchi belgi; 7 – yordamchi belgilar . Belgilash elementlari bir-biridan defis bilan ajratiladi (yordamchi belgilardan tashqari).
Chokning xarfiy-raqamli belgisi birikma turini va uning standart bo‘yicha tartib nomerini bildiradi. Masalan, C8 – uchma-uch, U4 – burchakli, T1 – tavrsimon, N2 – ustma-ust, birikmalarining choklari. Fazoda joylashishga qarab choklar quyidagicha belgilanadi: «v lodochku», ko‘rinishida pastki vaziyatda, Gr – gorizontal vaziyatda, Vr – vertikal, PPt – yarim ship, Pt – ship choklar. Agar buyumda payvandlashning bir nechta usullari qo‘llansa, payvandlash belgisining harfiy belgilari quyidagilarni bildiradi: F – flyus ostida yoy bilan payvandlash, U – karbonat angidrid muxitida payvandlash, I – inert gaz muhitida payvandlash, Sh – elektr-shlak usulida payvandlash, K – kontaktli payvandlash. Payvandlash jarayonining mexanizatsiyalashtirilish darajasi payvandlash usulining belgisi xarflar bilan ko‘rsatiladi: R – qo‘lda payvandlash, A – avtomatlashtirilgan payvandlash, P – mexanizatsiyalashtirilgan payvandlash (yarim avtomatik payvandlash). Shuningdek, payvandlashda qo‘llaniladigan texnologik priyomlarning shartli belgilari ham mavjud. Masalan, flyus ostida avtomatik payvandlash uchun A indeksi payvandlashning muallaq olib borilishini, Af – flyus yostiqchasida olib borilishini, As – po‘lat ostqo‘ymada olib borilishini, Apsh – payvand chok bo‘yicha olib borilishini, Am – flyus-mis ostqo‘ymasida olib borilishini bildiradi.Avvalo vertikal chok 1, so'ng га chok 2 va 3 lar payvandlanadi. Tunuka chok 2 va 3 lari bir vertikal tekislikda (8.2-b rasm) yoki bir-biriga nisbatan surilgan (8.2-d rasm) bo’lishi mumkin. Dastlab vertikal devor choki 1, so‘ngra list chok 2 va 3 lari pay-vnndlanadi. Bo'ylama choklar, odatda, balka uchlariga 400-500 mm yetkazilmaydi va montaj joyida choklar 4 bilan tugallanadi. Bu choklar oxirgi navbatda payvandlanadi.Qurilish amaliyotida ustunlar, kolonnalar, tayanchlar va shunga o‘xshash boshqa konstruksiyalarni tayyorlash uchun asosiy elementlar tariqasida ba’zan quvurlardan foydalaniladi. Diametri 300 mm gacha bo’lgan quvurlarni tutashtirishda chok hamda bu-tun konstruksivaning mustahkamligini oshiradigan qo'shimcha detallar ishlatiladi (8.1-rasm).Qoldiriladigan taglik halqada uchma-uch biriktirilgan ehoklar puxta bo’ladi (8.1-a rasm). Bunday biriktirishda tirqish bir xilda bo'lishi hamda chetlar va taglik halqa to’la payvandlanishi uchun qirralarini to’mtoqlash lozim. Yon tomoniga tunuka qis- tirma q o‘yib uchma-uch tutashtiriladigan choklar tavsiya etiladi (8.1-b va d rasm).
2.2.Legirlаngаn pо‘lаt plаstinаlаrni qirrаlаrini tаyyorlаmаsdаn eriydigаn elektrod bilаn vertikаl vа gorizontаl chok bilаn uchmа uch pаyvаndlаsh
Bunday choklar iloji boricha kalta yoy bilan payvandlanadi. Ship choklarning payvandlashni osonlashtirish uchun elektrod metaliga qaraganda qoplami qiyin eriydigan elektrodlar ishlatiladi.Bunday hollarada qoplam tomchilarini ushlab turadigan nov hosil qilinadi.Payvandlash jarayonida elektrodning uchi vannaga dam yaqinlashtirib, dam uzoqlashttirilib turiladi. Elektrodni uzoqlashtirilganda yoy o`chadi va chok metali qotadi.
Ship choklarni payvandlash yirik konstruksiyalarni qurishda, quvur uzatmalarning buralmaydigan uchlarini payvandlashda, ta`mirlash payvandlashda va shu kabi boshqa ishlarda, ya‘ni pastki holatlarda payvandlash mumkin bo'lmagan vaziyatlarda ishlatiladi.
2.4.9-rasm. Ship choklarni payvandlash.Payvandlash to‘g‘rilagichi – o‘zgaruvchan tokning uch fazali tarmog‘i energiyasini yoy bilan payvandlashda foydalanish uchun to‘g‘rilangan tok energiyasiga o‘zgartiruvchi statik o‘zgartirgichidir.
Payvandlash to‘g‘rilagichi quyidagi asosiy qismlardan tash kil topgan: kuchlanish transformatori – tarmoq kuchlanishini ta’minlash manbayining salt yurish kuchlanishigacha pasaytirish uchun, yarim o‘tkazgichlar elementlarining bloki – o‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilash uchun, stabillashtiruvchi drossel – to‘g‘rilangan tokning pulsatsiyasini kamaytirish uchun. To‘g‘rilagich bloki ya rimo‘tkazgichlar elementlarining jamlanmasini tashkil etadi, ular maxsus sxema bo‘yicha ulangan. Yarimo‘tkazgichlar element larining afzallik tomoni shundaki, ular tokni faqat bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazadilar, natijada tok kuchi o‘zgarmas (to‘g‘rilangan) bo‘ladi. Bunday elementlar ventili effektga egadirlar, chunki tok bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tadi. Ular yarimo‘tkazgichli ventillar deb ataladi. Ular boshqariladigan
– tiristorlar va boshqarilmaydigan – diodlarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |