3- AMALIY MAShG‘ULOT
Mavzu:Metall va qotishmalarni korroziyalanish (zanglash) jarayoni va
korroziyalanishdan saqlanishni o‘rganish
Ishdan maqsad: Metall va qotishmalarni korroziyalanish (zanglash)
jarayoni,turlari va korroziyalanishdan saqlanishni o‘rganish
Umumiy ma’lumot: Hozirgi kunda metallar eng muhim konstruktsion material
bo`lib, turli sharoitda (havoda, suvda, yer ostida) ishlaydi. Metallarning ishlash
sharoitida ularni yemiruvchi ko`pgina moddalar bo`ladi. Bunday sharpoitda metallar
qisman yoki butunlay yemirilishi, ya'ni korroziyaga uchrashi mumkin. Metallarning
korroziya tufayli bo`ladigan isrofgarchiligi yiliga bir necha mln. tonnani tashkil etadi.
Binobarin, metallar korroziyasi xalq xo`jaligiga kata ziyon yetkazadi. Shuning uchun,
ularni korroziyadan asrash davlat ahamiftiga ega bo`lgan muhim masaladir. Metallar
korroziyasining oldini olish uchun esa, avvalo, korroziya jarayonining mohiyatini,
uning turli sharoitda qanday borishini bilish zarur.
Ma'lumki, metallarning juda ko`pchiligi tabiatda kimyoviy birikmalar tarkibiga
kirgan holda bo`ladi va ularning bu holati eng barqaror holat hisoblanadi. Metallurgiya
jarayonlarida metallar anna shu birikmalaridan ajratib olinadi va bunda metallarning
barqaror holati buziladi, ammo metallar qulay sharoit kelganda barqaror holatini
tiklaydi, ya'ni kislorod va boshqa elementlar bilan birikadi. Korroziyaning sodir bo`lish
jarayoni ana shundan iborat.
Metallarning tashqi muhit bilan fizik – kimyoviy o`zaro ta'siri oqibatida
yemirilishi metallar korroziyasi deb ataladi.
Metallar korroziyalanganda ularning fizikaviy va mexanikaviy xossalari pasaayib
ketadi. Korroziya hodisasi mashinalarning ishqalanuvchi qismlari orasidagi
ishqalanishni kuchaytiradi, asbob va apparatlarning elektrik xossalarini pasaytiradi.
Metallarning korroziyalanish tezligigina emas, balki ularning sirtida
korroziyalanganjoylarning qanday taqsimlanishi ham nihoyatda muqimdir. Agar
metalning butun sirti bir qadar tekis korroziyalangan bo`lsa, bunday korroziya
tekis
korroziya deb ataladi. Agar metall sirtining ko`p qismi korroziyalanmay, ayrim
joylarigina korroziyalansa, bunday korroziya mahalliy korroziya deyiladi. Korroziya
qanchalik notekis bo`lsa, u shunchalik xavflidir. Po`lat va ba'zi metallar chuchuk va
sho`r suvda, tuproqda, ba'zi oksidlovchi muhitda, ko`pincha, mahalliy korroziyalanadi.
Metall donalari (kristallitlari) chegarasi yemirilsa, bunday korroziya kristallitlararo
korroziya deb ataladi. Korroziyaning bu turi nihoyatda xavflidir, chunki bunday
korroziyalangan metalning mexanikaviy xossalari kuchli darajada pasaygan bo`lishiga
qaramay, uning tashqi ko`rinishi deyarli o`zgarmaydi. Metallga agressiv muhit va
mexanikaviy (statikaviy va dinamikaviy) kuchlanishlar bir vaqtda vaqtda ta'sir etsa bu
metallda korrozion darzlar hosil bo`ladi.
Metallarning korroziyalanish jarayoni xarakteriga ko`ra, barcha korroziya
hodisalarini ikkita kata guruhga bo`lish mumkin:
1.
Kimyoviy korroziya
2.
Elektrokimyoviy korroziya.