46
salom berdik harakatning bajarilishi haqidagi oddiy axborotdan boshqa narsa emas.
Ammo bir tarkibli salom berdik gapi ikki ma`noli. Vaziyatga qarab, undan Biz
salom berdik ning ma`nosi anglashilishi mumkin. Ammo boshqa bir vaziyatda
salom berdik deyilgan salomlashayotgan kishilar o‘rtasida munsabatga ishora
beriladi. Odamda salom berayotgan kishi alik olayotgan kishini mensimasa,
bepisandlik qilsa gapdan ana shu shaklda foydalanadi va bu gap, umuman olganda,
noxushlik ottenkasini ifodalaydi.
Birgina misolning o‘ziyoq gap tarkibidagi eganing ifolanishi yoki
ifodalanmasligi oddiy bir sintaktik jarayon emasligini, bu jarayonda o‘rni bilan
stilistik ottenkalar ham namoyon bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Funktsional uslublarda shaxsi aniq gaplarning qo‘llanishi ham o‘ziga xos
tarzda kechadi. Jumladan, bu tipdagi gaplar og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xosligi
bilan xarakterlanadi va dialoglarda faol qo‘llanadi. Suhbatdoshlarning bir-biri bilan
yaqin masofada ekanligi, suhbat mavzusining mushtarakligi, jarayonda ishtirok
etadigan ekstralingvistik omillar gaplarning alohida elliptik turlarini yuzaga
keltiradi.
Aytaylik, ikki talaba suhbatlashayotgan bo‘lsin:
-Kecha ma`naviyat darsiga qatnashdingmi?
-Qatnashdim.
-Qanaqa mavzuda ma`ruza bo‘ldi?
-Mustahkam oila yili haqida.
-O‘zing ham chiqish qilgandirsan.
-CHiqish qildim va hokazo.
Og‘zaki so‘zlashuv uslubidagi ixchamlik, qisqalik va boshqa xususiyatlar
badiiy-publitsistik uslubga ham ko‘chadi.
T.Murodning «Ot kishnagan oqshom» qissasida shunday dialog bor:
Otamiz eshitgan-bilgan kitoblarini bir-bir yodga oldi.
- SHu, Kumushbibidan bormi? – dedi.
- Qanaqa Kumush?
- Haligi Marg‘ilonlik Kumushbibi.
47
- YOzuvchimi?
- e, yo‘g‘-e, haligi… Otabekning qaylig‘i.
- Ha-a, «O‘tgan kunlar» deng. Bor, bor.
- SHundan ber, ber. Kumushbibidan ber.
Qiz kitobni topib keldi.
- Otabek kerak emasmi? - deya jilmaydi.
- Kumushbibi qaerda bo‘lsa, Otabek ham shu erda bo‘ladi-da.
Rasmiy va ilmiy uslublarda bir tarkibli gaplarning shaxsi aniq turi uning
boshqa turlariga qaraganda faol emas. Bu rasmiy va ilmiy nutqning umumga
qaratilganligi bilan izohlanadi.
SHunga qaramasdan, gapning bu turini tilga olingan uslublarda ham
uchratish mumkin bo‘ladi. Masalan, Qurolli kuchlar safida xizmat qilayotgan askar
tilida shunday gaplar uchraydi: Vatanimga xizmat qilaman! Tantanali ravishda
qasamyod qilaman! kabi.
Garchi rasmiy nutq doirasida amalga oshirilsa-da, harbiylar nutqiga xos
bo‘lgan ayrim gap shakllari shaxsi aniq va shaxsi noaniq gaplar ma`no
ottenkalarining bir-biridan farqlanishiga olib keladi: Topshiriqni bajaraman, o‘rtoq
kapitan - Topshirig‘ingiz bajariladi, o‘rtoq kapitan. Harakatning bajaruvchisi har
ikki holatda ham nutq egasining o‘zi. Ammo gap ikki xil shakllantirilganda ikki xil
ma`no anglashiladi. Birinchisida fikr aniq, lo‘nda va qat`iy ifoda etilgan va bu
harbiylarning so‘zlash uslubiga, unvoni va lavozimi katta harbiyga unvoni va
lavozimi kichik harbiyning javobiga to‘liq mos keladi. Lekin shaklan egasi noaniq
bo‘lsa ham, uning bajaruvchisi bu o‘rinda aniq bo‘lgan Topshirig‘ingiz bajariladi,
o‘rtoq kapitan gapida rasmiy uslub ottenkasidan ko‘ra so‘zlashuv uslubi ottenkasi
ustunlik qiladi.
YOki Qurolli kuchlarning umumharbiy Nizomida bir qator safda turish yoki
jangovar topshiriqlarni bajarish uchun beriladigan komandalar borki, ular shaxsi
aniq gaplarga yorqin misol bo‘la oladi: Saflan! Qaddingni rostla! Qadam bos!
Uzun qadam bos! Kalta qadam bos! Tez-tez qadam bos! Sekin qadam bos! YArim
qadam bos! Katta qadam bos! Orqaga burilib yur! SHaxdam qadam bilan yur!
48
Olg‘a bos! Qaddingni rostla! erkin yur! erkin tur! Saflan! Tekislan! Tarqal!
Jipslan! Safga tur! To‘xta! YUgur! Qad rastlab tur! singarilar. Rasmiy uslubda
shaxsi aniq gaplarning qo‘llanishi qat`iy belgilab qo‘yilganligini Nizomdagi
komandalardan ham bilish mumkin.
Tahlillardan ma`lum bo‘ladiki, egasi topiladigan bir tarkibli gaplarning
alohida bir ko‘rinishi sanaladigan shaxsi aniq gaplarning ham struktura asosi
kesimdir. eganing ifodalanmasligi nafaqat sintaktik, balki stilistik omillarga ham
bog‘liq. Unda aniq bir shaxsning yoki shaxs olmoshlarining qo‘llanmasligi,
ularning vazifasini gapda kesim bo‘lib kelayotgan fe`lning grammatik
ko‘rsatkichlari o‘z zimmasiga olishi bu tip gaplarning asosiy belgisi sanaladi.
Anglashiladiki, nutqning jonli va tabiiy bo‘lishida elliptik gaplar sirasida
qaraladigan bir tarkibli gaplarning ham o‘z o‘rni bor. Nutqda gaplarning bir tarkibli
tarzda namoyon bo‘lishi alohida shart-sharoitlar bilan va ularning aynan ana shu
tarzda qo‘llanishi muayyan stilistik talablar bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: