51
- bosh bo‘lak tarkibida edi, ekan, emish to‘liqsiz fe`llari bilan: chiqargan edi,
yuborishgan edi, mubolag‘a qilgan ekanlar, qo‘yishgan ekan, olishgan ekan.
-o‘tgan zamon hikoya fe`lining 3-shaxs shakli bilan:
o‘qishga kiribdi,
ta`minlabdilar, so‘rabdilar. Ba`zan birlikda:
chizibdi. YOki:
haydashibdi,
turishibdi, olishibdi, qo‘yishibdi, chaqirishibdi, o‘chirishibdi. Saidani «xalq
dushmani»ning xotini deb universitetda turtkilay boshlabdilar (O‘.Hoshimov).
-o‘tgan zamon davom fe`lining 3-shaxs shakli bilan: edi, edilar, tarqalgan,
maqtardilar, atardilar, chiqardilar. YOki
-r(-ar) edi: deyishardi, atashardi.
B. Hozirgi zamon fe`lining 3-shaxs shakli bilan: deyaptilar, kelyaptilar.
SHuningdek hozirgi zamon fe`lining boshqa shakllari bilan: qiynamoqdalar,
yashirmoqdalar, rag‘batlantirmoqdalar, sabotaj qilmoqdalar. YOki birgalik
nisbati+yap+ti bilan: deyishyapti, chaqirshyapti, so‘rashyapti.
V. Hozirgi-kelasi zamon fe`lining 3-shaxs shakllari bilan:
-ish-harakat nutq so‘zlanib turgan paytda yuz beradi: yozadilar, ketadilar,
kiradilar, so‘raydilar; qo‘yishmaydi.
-ish-harakat nutq so‘zlanib turgan paytdan keyin yuz beradi: uzatdi,
boradilar, o‘ldiradilar, maqtaydlar, kishan soladilar; yozishadi, ketishadi,
berishadi, tashlashadi.
-ish-harakat umum zamonga oid bo‘ladi: ko‘plik shakli bilan: deydilar,
o‘xshatadilar, topadilar, eydilar, ataydilar, aytadilar, otadilar. Birlik shakli bilan:
o‘rgatadi, aytadi, deydi, boqadi.
-birgalik shakli bilan: deyishadi.
G. Kelasi zamonning 3-shaxs shakllari bilan:
-kelasi zamon maqsad shakli bilan: yubormoqchilar, o‘ldirmoqchilar,
ko‘rsatmoqchi. Ba`zan to‘liqsiz fe`l bilan kengayib keladi:
-moqchi emishlar;
Birgalik nisbati bilan: jo‘natishmoqchi, torishmoqchi.
-kelasi zamon gumon shakli bilan: eyarlar, kiyarlar, tortarlar
2. Buyruq-istak maylining 3-shaxs shakli bilan: yuborsin, oshirsin. Istak
ma`nosi: bersin, asrasin, qilmasin. Birgalik nisbat shakli bilan: berishsin,
yurishmasin.
52
3. SHart-istak maylining 3-shaxs shakli bilan: ursalar, bersa, olsa, chopsa.
Birgalik nisbat shakli bilan:
bosishsa, o‘rnatishsa, berishsa. Bu shakl ba`zan
bo‘l
va ekan fe`llari, kerak so‘zi bilan kelib, shaxsi noaniq gapning bosh bo‘lagi
bo‘ladi: bo‘lmasmikan, aytsalar kerak.
SHaxsi noaniq gaplar hozirgi o‘zbek adabiy tilida shaxsi aniq gaplarga
qaraganda kam qo‘llanadi. Bu tip gaplar ko‘proq badiiy asarlarda kuchli stilistik
vosita sifatida ishlatiladi. Ilmiy adabiyotlarda, ish qog‘ozlarida shaxsi noaniq
gaplar deyarli qo‘llanmaydi. Ilmiy asarlar, ish qog‘ozlari tili bajaruvchi shaxsning
aniq bo‘lishini taqozo qiladi.
SHaxsi noaniq gap shaxsi aniq gap bilan ba`zi umumiylikka ega. Har ikki
tipdagn gapning bosh bo‘lagi — kesimdan bajaruvchi shaxs — egani topish
mumkin. Bu belgi ularni birlashtiradi. Bu tip gaplar fikrning barcha shakllarini
(darak, so‘roq, buyruq) ifoda qila olishi, emotsionallikka ega bo‘la olishi, to‘liq-
to‘liqsiz, yig‘iq-yoyiq formada kela olishi bilan ham umumiylikka ega. Lekin ular
bajaruvchi shaxsning aniq-noaniq bo‘lishi bilan farq qiladi. Bu shaxsi aniq va
shaxsi noaniq gaplarning logik-semantik ayirmasidir. Bu tip gaplar grammatik
belgisi bilan ham farq qiladi. SHaxsi aniq gaplarning bosh bo‘lagi bo‘lib kelgan
kesimlar fe`lning barcha mayl formalari, zamon formalari bilan ifodalana oladi.
Bularda shaxs-son kategoriyasi chegaralanmagan. SHaxsi noaniq gaplarda esa
bosh bo‘lak deyarli barcha fe`l mayllari formalari bilan ifodalansa ham, ularda
shaxs-son kategoriyasi chegaralangandir: faqat III shaxs formasidagi fe`llargina bu
tip gaplarning bosh bo‘lagi bo‘lib keladi.
Xullas, shaxsi noaniq gaplar egasi topiladigan gaplarning bir ko‘rinishidir.
Bunda ega qo‘llanmaydi. Bosh bo‘lak kesimdan iborat bo‘ladi. Kesim fe`lning III
shaxs formalari bilan ifodalanadi, lekin bajaruvchi shaxs noaniq bo‘ladi. SHaxsi
noaniq gaplarda eganing qo‘llanmasligi o‘z qonuniyatlariga ega. Bu konstruktsiya
shu tip gaplar uchun sintaktik me`yordir.
Bosh bo‘lak ko‘proq III shaxsdagi noma`lum ko‘pchilikning harakatini ifoda
qiladi. Bunga bosh bo‘lakning III shaxs bilan munosabatga kirishuvi tufayli
erishiladi. SHaxsi noaniq gaplar badiiy asarlarda kuchli stilistik vositadir.
53
Biz ham I.Rasulov tahlilidan foydalangan holda shaxsi noaniq gaplarning
ayrim stilistik xususiyatlari haqida mulohaza yuritishga urinib ko‘ramiz va fe`lning
mayl kategoriyasini asosiy o‘lchov qilib olamiz.
1.Aniqlik mayli. Bu mayl ish-harakatning har uch zamondan birida
haqiqatan ham sodir bo‘lishi yoki bo‘lmasligini ifodalaydi. «O‘zbek tili
grammatikasi»da u ijro mayli nomi bilan talqin qilingan va maxsus grammatik
ko‘rsatkichi yo‘q, u fe`lga zamon va shaxs-son qo‘shimchalarining qo‘shilishi
orqali shakllanadi, deyilgan.
41
A. Aniqlik maylining o‘tgan zamon shakllari:
• yaqin o‘tgan zamon shakli bilan. SHaxsi noaniq gaplar fe`lning ushbu
shaklida ifodalanganda bu gaplardan ko‘pincha quyidagi semantik-stilistik ma`no
ottenkalarini anglash mumkin bo‘ladi:
- qatag‘onga uchragan kishi tilidan aytilgan quyidagi gapga e`tiborimizni
qaratamiz: O‘z ko‘ngillarida xalqqa ozodlik berdilar. Biroq unga ish bermaydilar,
she`rlari bosilmaydi. Qaerga borsa, «xalq dushmanining» xotini deb ola
Do'stlaringiz bilan baham: