O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/58
Sana01.04.2021
Hajmi0,53 Mb.
#62325
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58
Bog'liq
ozbek tilida egasi topiladigan gaplarning stilistik xususiyatlari

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Sobir
deyapsan, bolam – Nimalar deyapsan, bolam gaplarining har ikkalasi ham shaxsi, 

ya`ni  grammatik egasi  aniq  gaplar  sanaladi.  Ammo  grammatik egasi  mavjud 

bo‘lgan  gaplarga  nisbatan  bu  atama  qo‘llanilmaydi.  CHunki  bu  narsa  o‘z-o‘zidan 

ma`lum.  U  faqat  grammatik  jihatdan  qo‘llanmagan  holatlarga  nisbatan,  ya`ni ega 

grammatik jihatdan shakllanmagan gaplarga nisbatan qo‘llaniladi va shu bilan u bir 

tarkibli gaplarning alohida turini bildirib turadi. 

SHaxsi  aniq  gaplar ega  qo‘llanilmayotgan ekan,  uning  ma`lum  sabablari 

bo‘lishi  kerak.  Ushbu  savolga  javob  izlash  davomida  shu  narsani  angladikki, 

eganing  gapda  ifodalanmaslik  sabablari  bor  va  bu  sabablar  faqatgina  grammatik 

ma`no  doirasi  bilan  chegaralanmaydi,  balki  insonlar  muloqotining  murakkab 

jarayonlarini o‘zida aks ettiradigan stilistik ottenkalar bilan ham bog‘liq bo‘ladi. 

Ana  shu  sabablardan  biri  tildagi  tejamkorlik  tamoyilining  nutqiy  jarayonga 

bo‘lgan  ta`siridir.  Kishilarning  muloqot  jarayonida  oz  so‘zlardan  foydalanishga, 

fikrini  qisqa  tarzda  ifodalashga  intilishi  tabiiy  jarayondir.  Tilning  iste`molichisi 

nutqiy  ifodani  yuzaga  chiqarishda  tilda  mavjud  bo‘lgan  birliklarning  to‘g‘ri 

kelganini emas,  balki  nutqiy  vaziyat  taqozo etadigan eng  zarur  birliklarni,  fikr-




38 

 

mulohazani  aniq,  qisqa,  lo‘nda  qilib  suhbatdoshiga  yoki  tinglovchisiga  etkazib 



beradigan  birliklardangina  foydalanadi.  Tildagi  tejamkorlik  tamoyili  ana  shuni 

taqozo etadi va  mumkin qadar nutqda ortiqchalikka o‘rin qoldirmaydi. «Qisqaruv 

natijasida,  -  deb  yozadi  J.Eltazarov.  –  til  birliklarining  tarkibidagi  komponentlar 

tushib  qoladi,  vujudga  kelgan  shakl  boshlang‘ich  formaga  struktura  jihatdan  mos 

kelmaydi,  uning  qisqargan  muqobiliga  aylanadi.  Qisqargan  shakl  boshlang‘ich 

shaklning funktsiyasini to‘la bajarishi mumkin (to‘la ekvivalentlik), ba`zi hollarda 

u  bu  funktsiyani  bajara  olmaydi  va ekvivalentlik  buzilishi  mumkin.  Bunday 

hollarda  qisqaruvga  uchragan  so‘zshakl  yoki  so‘zda  yuz  bergan  struktural 

o‘zgarishlar  uning  semantik-stilistik  ma`nosiga  ta`sir  o‘tkazganidan  dalolat 

beradi».


35

 

Darhaqiqat,  ikki  tarkibli  gaplarning  struktural  jihatdan  bir  tarkibli  gaplarga 



aylanishining sabablaridan biri tejamkorlik va nutqdagi qisqaruv tamoyilidir. Men 

kitobni  zo‘r  qiziqish  bilan  o‘qidim  degan  gapdagi  fikr  Kitobni  zo‘r  qiziqish  bilan 

o‘qidim  gapidan  ham  anglashilaveradi.  Bu  gaplarning  ma`nosida  ma`lum  bir 

stilistik farqlar bo‘lishidan qat`iy nazar, ularning mazmuni bir xil. 

Ammo  bu  o‘rin  almashishlarga  hamma  vaqt  ham  yo‘l  qo‘yib  bo‘lmaydi. 

YUqoridagi  gapni  biroz  o‘zgargan  holda  keltiramiz:  Sobir  kitobni  zo‘r  qiziqish 



bilan  o‘qidi  -  U  kitobni  zo‘r  qiziqish  bilan  o‘qidi  -  Kitobni  zo‘r  qiziqish  bilan 

o‘qidi. Har uch holatda ham ifodada mantiqsizlik ro‘y bergan emas. Birinchi ikki 

tarkibli  gapda  su`bekt  grammatik  jihatdan  aniq  ifoda etilgan,  ish-harakatni 

bajargan  shaxs  aniq  ma`lum  bo‘lib  turibdi.  Ikkinchi  gap  ham  ikki  tarkibli.  Lekin 

unda grammatik ega aniq, ammo harakatni bajarayotgan sub`ekt aniq emas, u faqat 

so‘zlovchigagina  ma`lum  bo‘lishi  mumkin.  Uchinchi  gapda  grammatik ega  ham, 

grammatik  sub`ekt  ham  ifodalanmaganligi  gapning  ifoda  planini  o‘zgartirib 

yuborgan.  Garchi  gapdagi  harakat  bajarilgan  bo‘lsa  ham,  uning  bajaruvchisi 

noaniqdir. Ma`lum bo‘ladiki, eganing ifodalanmasligi gapning ifoda tarziga jiddiy 

ta`sir  ko‘rsatib,  har  uch  holatda  uch  xil  mazmunni  anglash  mumkin  bo‘layapti. 

                                           

35

 

Элтазаров Ж. Тилдаги тежамкорлик тамойили ва қисқарув. Монография. – Самарқанд: СамДУ нашри, 



2004. – 

Б.37. 



39 

 

Demak,  har  qanday  ikki  tarkibli  gapni  bir  tarkibli  gaplarga  aylantirish  ifoda 



mazmuni  planida  maqsadga  muvofiq  bo‘lavermaydi.  YAna  boshqacha  aytadigan 

bo‘lsak, bu gaplarning biri ikkinchisining o‘rnini hamma vaqt ham bosavermaydi. 

Ikki  tarkibli  gaplarning  bir  tarkibli  gaplar  tarzida  ifoda etilishining 

navbatdagi  sababi  gapdagi eganing  bajarayotgan  vazifasini  kesimdagi  shaxs-son 

ko‘rsatkichi  o‘z  zimmasiga  oladi:  Men ertalab  yo‘lga  chiqdim  -  ertalab  yo‘lga 


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish