SHaxsi noaniq gaplar
SHaxsi noaniq gaplar bir tarkibli gaplar ichida qaraladigan egasi topiladigan
gaplarning bir ko‘rinishidir. Bu gaplarda ham gapning struktura asosi kesimdan
iborat bo‘ladi. Ammo uning shaxsi aniq gaplardan farqi shundaki, kesim 3-shaxs
shklida bo‘ladi va undan ish-harakatning bajaruvchisini aniqlab bo‘lmaydi. Bu tip
gaplarning o‘ziga xos grammatik xususiyati ana shundan iborat.
I.Rasulovning qayd etishicha, shaxsi noaniq gaplarni alohida tip qilib
ajratishda mazmun va shakl hisobga olinadi. Harakatni bajaruvchi shaxsning
noaniqligi logik-semantik belgi bo‘lsa, bir bosh bo‘lak - kesimdan tashkil topishi
struktural belgidir Bu belgilarning birortasining yo‘qolishi gap strukturasini
o‘zgartadi. SHaxsi noaniq gaplarda ega, A. M. Peshkovskiyning so‘zi bilan
aytganda, «nutqdan ma`lum maqsadda chetlashtiriladi, bajaruvchi shaxs ma`lum
maqsadda noma`lum, noaniq bo‘ladi».
39
39
Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар. – Тошкент: Фан, 1974. –Б.136.
49
Ilmiy manbalarda ish-harakatni bajaruvchi shaxsning noaniq bo‘lishi bir
tarkibli va ikki tarkibli gaplarning har ikkalasiga ham tegishli ekanligi aytilgan.
Ammo bu noaniqlik bu gaplarda ikki xil sharoitda sodir bo‘ladi. Ikki tarkibli
gaplarning ba`zilari gapda grammatik ega va kesim mavjud bo‘ladi, ammo harakat
sub`ekti aniq bo‘lmaydi: kimdir yig‘ladi, kimdir kuldi, nimadir sindi, nimadir
taqirlab ketdi kabi. Bir tarkibli gaplarda esa xuddi egasiz gaplarning boshqa
turlaridagi kabi ega ifodlanmaydi. Buning ustiga, garchi harakat bajarilgan bo‘lsa
ham, bu harakatning bajaruvchisi noaniqligicha qolaveradi. SHu ma`noda
I.Rasulovning Kubaning iqlimini Farg‘ona iqlimiga o‘xshatishadi gapini tahlil
qilganida bu gapda ega tushirilgan ham emas, yashiringan ham emas, degan fikrini
ma`qullab bo‘lmaydi. Bu gapning bir tarkibli ekanligiga shubha yo‘q, ammo shaxsi
noma`lum ekanligi o‘ylab ko‘rish kerak. CHunki uning Odamlar Kubaning
iqlimini Farg‘ona iqlimiga o‘xshatishadi tarzida bo‘lganligiga e`tiroz bildirib
bo‘lmaydi. Harakatning bajaruvchisi ko‘pchilik ekanligini va uning grammatik
jihatdan shakllanmaganligini inobatga olib, uni shaxsi umumlashgan gaplar
sirasiga kiritish mumkin.
SHunday qilib, bir tarkibli gaplar qatorida qaraladigan shaxsi noaniq gaplar
grammatik strukturasiga ko‘ra ikki tarkibli gaplar orasidagi shaxsi noaniqlik
mazmunini beradigan gaplardan farqlanadi. Bu farq eganing gapda ifodalanmasligi
bilan namoyon bo‘ladi. Ayni paytda, ish-harakatni bajaruvchi shaxsning
noma`lumligi bu har ikkala gapni birlashtiradi.
I.Rasulov shaxsi noaniq gaplarning yana bir muhim jihatini aytib o‘tgan.
SHaxsi noaniq gaplarning bosh bo‘lagi shaxs-songa munosabat jihatidan anchagina
chegaralangan bo‘lib, u faqat 3-shaxs ko‘pligi doirasida namoyon bo‘ladi. Bu, o‘z
navbatida, shaxsi noaniq gaplarning stilistik imkoniyatlari ham chegaralangan
degan gapdir.
Bu tipdagi gaplarda eganing qo‘llanmasligining ma`lum sabablari bor.
I.Rasulov ularni quyidagicha ko‘rsatib o‘tgan:
50
-bajaruvchi shaxs so‘zlovchi uchun ham, tinglovchi uchun ham noma`lum
bo‘ladi.
-harakatni bajaruvchi shaxs so‘zlovchi uchun ma`lum bo‘ladi, lekin u nutqda
qo‘llanmaydi: so‘zlovchining ham, tinglovchining ham diqqat markazi harakatga
qaratilgan bo‘ladi.
-harakatni bajaruvchi shaxsni atash mo‘ljallanmaydi. Asosiy diqqat
harakatga jalb qilinishidan tashqari, so‘zlovchi biror sababga ko‘ra uni ifoda
qilishni noqulay deb biladi.
-harakatni bajaruvchi shaxs matndan bilinib turadi. SHuning uchun ham u
nutqda qo‘llanilmaydi.
-harakatni bajaruvchi shaxsni so‘zlovchi aniq ko‘rsata olmaydi.
-bajaruvchi so‘zlovchi shaxsning o‘zi bo‘lishi mumkin. Lekin tinglovchi
shaxsning diqqatini bunga jalb qilish talab etilmaydi. Bu vaqtda bajaruvchi shaxs
boshqa noaniq ko‘pchilik bilan qo‘shilib ketadi.
Mana shu aytilganlarning barcha yig‘ilib, ma`lum bir qonuniyatni keltirib
chiqaradi. I.Rasulov bu qonuniyatlarning asosiysi harakatning bajaruvchisi emas,
balki ish-harakat birinchi o‘rinda turishi, deb ko‘rsatadi: «Bu tip gaplarda
grammatik shaxs aniq bo‘lsa ham, bajaruvchi shaxsning noaniq bo‘lishi, struktura
asosining bir bosh bo‘lak – kesimdan iborat bo‘lishi ularning asosiy belgisidir».
40
SHaxsi noaniq gaplarning o‘ziga xos ifodalanish yo‘llari bor. I.Rasulov
ularni ham birma-bir ko‘rsatib o‘tgan:
1.Aniqlik maylining zamon shakllari bilan.
A. O‘tgan zamon shakllari bilan:
-yaqin o‘tgan zamon fe`lining 3-shaxs shakli bilan: keltirdilar, oldilar,
Do'stlaringiz bilan baham: |