Oʻzbеkiston rеspublikаsi oliy vа oʻrtа mаxsus tа’lim vаzirligi



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/115
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#791921
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115
Bog'liq
fayl 1773 20210908

Chiziq va maydon 
orasidagi munosabat

Mantiqiy echilishi ―kesib 
o‘tish‖ va ―chegaradosh‖ deb hisoblanadi. Aytaylik, yo‘l (―chiziq‖ deb qabul 
qilingan) kesib o‘tadigan hududda (‖maydon‖ deb qabul qilingan) barcha tuproqlar 
turlari (―maydon‖ deb qabul qilingan). Yoki daryo (―chizik‖ deb qabul qilingan) 
birorta viloyatning (―maydon‖ deb qabul qilingan) chegarasi ekanligini aniqlash 
vazifasi.
6.
 
Maydon va maydon 
orasidagi munosabat

Mantiqiy echilishi ―ustma-
ust tushadi‖, ―yonma-yon turadi‖ va ―eng yaqin joylashgan‖ deb hisoblanadi.Misol 
uchun, tuproqlar va erdan foydalanish qatlamlarini solishtirishda maydonlarni 
ustma-ust keltirish ushbu ikki hodisa orasidagi fazoviy munosabatni belgilaydi. 
Ya‘ni, bir hil tuproq va bir hil erdan foydalanishi orasidagi munosabat kuchli 
bo‘lsa, maydonlarni biri birini qoplashi ham sezilarli darajada bo‘ladi. Boshqa 
misol, o‘rmonda yong‘in maydoni va unga eng yaqin joylashgan ko‘l aniqlashda 
kordinatalarini tekshirish yo‘li bilan eng yaqin joylashgan ko‘l topiladi. Yonma-
yon turgan maydonlar orasidagi yagona chegarani aniqlashda ham maskur 
munosabat tekshiriladi.
 
Geoaxborot tizimlarida bunday fazoviy tahlil qilish uchun modullar 
yuqorida ko‘rsatilgan nazariy asoslar va fazoviy munosabatlarga tayangan holda 
yaratilgan. 
5.4.
 
Atributiv ma’lumotlar 
Demak, geoaxborot tizimlarida fazoviy ob‘yektlarga doir bir necha xil 
ma‘lumotlar saqlanadi. 
Ular fazoviy va atributiv ma‘lumotlar. 


111 
Fazoviy ma‘lumotlar real olam ob‘yektlarining chegaralari va 
geometriyasini, atributiv ma‘lumotlar esa mazkur ob‘yektlar xususiyatlari haqidagi 
ma‘lumotlarni ifodalaydi. 
Real ob‘yektlar xususiyatlarini to‘la aks ettirish uchun ular ma‘lumotlar 
bazasida (MB) saqlanishi lozim. 
Ma‘lumotlar bazasi deganda quyidagi xususiyatlarni ifodalash lozim: 

integrallashuvchi, ya‘ni aniq predmet soha bo‘yicha umumiy 
masalalarni yechishga yo‘naltirilgan; 

modellashgan(tashkillashtirilgan, ya‘ni real olamning qandaydir 
qismini aks ettiruvchi); 

o‘zaro bog‘liq; 

ma‘lumotlar tasvirining amaliy dasturlarga bog‘liqmasligi va 
aksincha. 
MBdagi ma‘lumotlar ustida turli amallar bajarish uchun yana bir muhim 
dasturiy vosita, ya‘ni ma‘lumotlar bazalarini boshqarish tizimi (MBBT) ishlatiladi. 
MBBT deganda, quyidagilarni bajarishga imkon beruvchi dasturlar va til 
vositalari tushuniladi: 

foydalanuvchilarni ma‘lumotlarni tavsiflash va ular ustida amallar 
bajarish uchun kerakli til vositalari bilan ta‘minlash; 

ma‘lumotlarning mantiqiy modellarini quvvatlash; 

mantiqiy ma‘lumotlarni yaratish va ular ustida amallar bajarish 
(tanlash, joylashtirish, yangilash, o‘chirish va h.k.); 

ma‘lumotlar yaxlitligi va himoyalanganligini ta‘minlash. 
MBBTning asosini MBga murojaat qilishga ta‘luqli barcha jarayonlarni 
avtomatlashtirish imkonini beruvchi boshqaruv dasturlari to‘plami tashkil qiladi. 
MBBTning yana bir tarkibiy qismi bu qayta ishlashga imkon beruvchi 
dasturlar hisoblanadi. Ularga ma‘lumotlarni tavsiflash tillari translyatorlari, 
avtonom dasturlash tillari translyatorlari, so‘rovnomalar tili inter (SQL)kiradi. 
MBBTning yana bir tarkibiy qismi servis dasturlaridir. 


112 
O‘tgan asrning 80 yillarida MB loyihalashtirish va yaratishga imkon 
beruvchi apparat dasturiy vositalar paydo bo‘ldi. Axborot texnologiyalarining keng 
rivojlanishi hozirgi zamon talablariga javob beradigan MBBT – ORACLE keng 
qo‘llaniladi. 
Atributiv ma‘lumotlar bazalalarini yaratishning uchta asosiy modeli mavjud:

iyerarxik model; 

tarmoqli model; 

relatsion model. 
Ulardan relyatsion modellar ko‘proq qo‘llanilmoqda. 
Atributiv ma‘lumotlar modellarini o‘rganishdan avval, ―MOHIYAT – 
BOG‘LANISH‖ ko‘rinishidagi MBlarini loyihalashtirishda umumiy bo‘lgan 
modelni o‘rganish lozim bo‘ladi. 
―MOHIYAT – BOG‘LANISH‖ modeli 1976 yil Piter Pin Shen Chen 
tarafidan ishlab chiqilgan. [36-b-100]. 
―MOHIYAT–BOG‘LANISH‖ 
modeli 
real 
olam 
haqidagi 
semantik(mazmunli) axborotga asoslangan va ma‘lumotlarni mantiqiy ifodalash 
uchun ishlatiladi. Barcha mavjud ma‘lumotlar modellari (iyerarxik, tarmoqli, 
relatsion)ning asosi ―MOHIYAT –BOG‘LANISH‖ modelidir. 
Aytib o‘tish lozimki, ―MOHIYAT – BOG‘LANISH‖ modeli to‘la ma‘noda 
ma‘lumotlar modeli emas, chunki mazkur modelda ma‘lumotlar ustida 
bajariladigan amallar (operatsiyalar) aniqlanmagan va faqat malumot mantiq bilan 
chegaralangan. Mazkur model predmet soha ob‘yektlari va ular orasidagi 
munosabatlarni modellashtirishga imkon yaratadi. 
―MOHIYAT–BOG‘LANISH‖ning asosini mohiyat, atribut va bog‘lanish 
konstruktiv elementlari tashkil etadi va ular yordamida predmet, soha tavsifi 
yaratiladi. 
Mohiyat – real mavjud ob‘yekt, jarayon yoki hodisa haqidagi saqlanishi 
lozim bo‘lgan umumlashgan tushunchadir. Predmet, soha mohiyati deganda real 
borliq material ob‘yektlari, hodisalar va h.k.lar tushuniladi. 


113 
Mohiyat turi deganda muhitga tegishli bir jinsli ob‘yektlar to‘plami 
tushuniladi, mohiyat nusxasi deganda mazkur to‘plamdagi aniq ob‘yekt anglanadi.
Atribut bu – mohiyatning nomlangan xarakteristikasi. 
Ma‘lumotlar modelida atribut mohiyatlar xususiyatlarini modellashtirish 
vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Modelda atributni berish uchun uning nomi, tavsifi, 
mazmuni, qabul qilishi mumkin bo‘lgan qiymatlari to‘plamini aniqlanishi va nima 
maqsadda qo‘llanilishi ko‘rsatilishi lozim.
Atributning asosiy vazifasi – mohiyat xususiyatlarini tavsiflash va mohiyat 
nusxalarini identifikatsiya qilishdir. Bunday atributlar kalit atributlar deyiladi. 
Atributlardan mohiyatlar orasidagi munosabatlarni ifodalashda foydalanish 
mumkin.
Mohiyatlar munosabatlarini tahlil qilganda binar, teranar va umumiy holda 
n-nar kabi bog‘lanishlar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri kelinishi mumkin. 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish