17
Sobiq SSR Xalq ta`limi vazirligi tomonidan dorilfununlar va pedagogika oliy o`quv
yurtlari tarix fakul’tetlari uchun tavsiya etilgan «SSSR tarixi» (1- tom, eng qadimgi zamonlardan
1861 yilgacha, hajmi 70, 71 bosma taboq) darsligida «O`rta Osiyo va Qozogiston» degan
mavzuga atigi yarim varaq joy berilganligini qanday baholash kerak?
Ona diyorimiz — o`lkamiz tarixini o`rganishga yoki shu vaqtlarga qadar tariximiz rivojiga
munosabat shumi?
X — XII asrlardayoq O`rta Osiyo, jumladan, O`zbekiston jahonning eng madaniyatli
o`lkalaridan biri bo`lgan. Bu erda mashhG`ur matematik, falakiyotshunos, tarixshunos, faylasuf
va tabobat ilmining mashhur namoyandalari etishgan, ularning nodir qo`lyozma asarlarining
ba`zilari respublikamizdagi SHarqshunoslik va qo`lyozmalar institutlarining hujjatxonalarida
hozirga qadar o`rganish uchun navbat kutib yotibdi.
YUqorida tilga olingan 32 bobdan iborat darslikning 186-
paragrafida deyarli tamoman
Rossiyaning Evropa qismi tarixi yoritilgan bo`lsa, O`rta Osiyo, Kavkazorti, qora dengiz
bo`ylaridagi davlatlarda feodalizmning tashkil topishi mavzulari yuzasidan har biri 2,5 — 3
varaqdan iborat 8 ta siyqasi chiqqan ma`lumot berilgan, xolos.
Darslikning birinchi bo`limida «Ibtidoiy jamoa tuzumi» degan mavzu bor. O`nda
Rossiyaning Evropa qismida paleolit, mezolit, neolit, eneolit davrlariga doir manzil va
makonlarning kamligi sobiq SSJI tarixi uchun misol bo`la olmaganligi hamda o`sha hududda
quldorlik tuzumi va uning rivojiga oid ma`lu-motlarning kamligi sababligina Kavkazorti va O`rta
Osiyo tanlab olingan.
Bir misol. O`zbekiston hududida mezolit (o`rta tosh) davri miloddan avvalgi 12 ming
yillikdan 5 ming yillikkacha davom etgan bo`lib, o`sha vaqtda ibtidoiy tasviriy san`at boshqa
joylardagiga qaraganda ancha rivojlangan. g`orlarda yashagan odamlar qoya toshlarga qizil
bo`yoq bilan naqsh chizib yoki o`yib yozib, ajoyib ov manzaralarini qoldirib ketganlar. Bunday
nodir san`at obidalari
Surxondaryoda Zarautsoy, Jizzaxda Takatosh, Buxoroda Sarmish,
qoraungursoy, Toshkent vohasida qorazov, Xo`jakent, Parkent hududlaridan topib
o`rganilganligi haqiqat. Bu O`zbekiston xalqlarining ibtidoiy jamiyat tarixini o`rganishda g`oyat
qimmatli tarixiy hujjatdir.
Termiz yaqinidagi Ayritomda toshga o`yilgan bo`rtma rasmlar, Xorazmning qadimgi
poytaxti — Tuproqqal`adan chiqqan haykal-u devorga ishlangan rasmlar hdmda
Surxondaryodagi Xolchayon, Dalvarzintepadan topilgan gil va ganchdan yasalgan haykallar
o`lkamiz xalqlari qadimdan o`ziga xos betakror usullar bilan yuksaklikka ko`tarilgan
tasviriy
san`at madaniyatini allaqachon yaratganligini ko`rsatadi. Ammo bunday nodir topilmalar
o`lkamiz farzandlariga tanishtirilmadi.
1917 yilga qadar o`lkammzda har xil fanlarning rivojiga o`z hissalarini qo`shib kelgan
anchagina mahalliy kishilar foydali qazilmalar topish va ularni ta`riflash, qadimgi zamon
yodgorliklarini, osori-atiqalarni o`rganish kabi ishlarni amalga oshirganlar. Bunday ajoyib
kishilarning nomlari keyinchalik esdan chiqarib yuborilgan. Masalan, o`lkamizda mineral
boyliklar qidirgan, qo`rg`oshin va feruza konlarini topgan xo`jandlik Mulla Sang`in,
CHimkentda o`lkadagi birinchi rus-tuzem maktabini ochishda faollik ko`rsatgan, Qo`qon shahar
maktabida ishlagan hamda «Turkiston viloyatining gazeti»da mas`ud muxarrirlik qilgan,
Turkiston muallimlar seminariyasida o`zbek va fors tillarida dars bergan, 1876 yilda Peterburgda
orientalistlar III xalqaro kongressida ma`ruza qilgan, o`lkadagi tub joy aholi orasida dunyoviy
bilimlarning tarqalishiga katta xissa qo`shgan Sattorxon Abdug`afforov, o`zbek
arxeologiyasi
rivojiga ham katta hissa qo`shgan, numizmatik kollektsiyalar to`plagan, hozirgacha boy kollek-
tsiyasi Davlat ermitajida tilga olinmagan samarqandlik Mirzo Buxoriy, Mirzo Abdullolarning
nomlari unutildi. Vaholanki, shu iste`dodlardan biri ajoyib san`atkor-xattot Mirzo Barot Mullo
qosimov Samarqand va uning atroflaridagi ko`pdan-Ko`p qadimgi zamon yodgorliklarining
rasminichizgan, Ulug`bek madrasasining g`oyat aniq chizmasini tayyorlagan edi.
A. L. Kunning Iskandarko`l ilmiy safarida qatnashib, fanga qadimgi toshlarga va daxma
toshlariga yozilgan xatlar qayd qilingan juda ajoyib kundalik qoldirgan Mirzo Abdullo
Abdurahmonni ham unutdik.
18
Tarixiy o`lkashunoslik fanining sodiq tashkilotchilaridan bir Akrompolvon Asqarov juda
ajoyib yodgorliklar O`rta Osiyoda eng qadimda zarb etilgan tanga-chaqalardan 15 mingdan ko`p
kollektsiya to`plagan. Akrompolvon arxeologiya faniga ko`rsatgan xizmatlari uchun Rus
arxeologiya jamiyatining nishoni bilan mukofotlang`an. U Toshkentda 1890
yilda ochilgan
Turkiston qishloq xo`jaligi va sanoati ko`rg`azmasiga oliy navli g`o`za, pilla vaxom ipak, pilla
qurti boqishda eng yaxshi nav
deb
topilgan tut navlarini qo`ygan.
Buxoroda qadimgi gilamlar, qo`lyozmalar, nodir sopol idishlar to`plagan Muhammad Vafo
juda mashhur bo`lgan. Havaskor-geograflardan Olimxo`ja YUnusov, Mirza Hakim va boshqalar
Rus geografiya jamiyati Turkiston bo`limining jonkuyar xodimlari edi. Jamoatchilikning
olqishiga sazovor bo`lgan mana shunday yuzlab ajoyib olimlar faoliyatini, ularning asarlarini
hozirgacha o`rganilmay kelinishini izohlab bo`ladimy? Bas, shunday ekan, hozirgi yosh avlod
qadimgi tanga
pullarning zarb etilish tarixi, uning ahamiyati va savdo rivojidagi o`rnini bilib
olmas ekan, hozirgi pullarning ham mohiyatini tushuntirib bera olmaydi. Numizmatika faniga
bo`lgan qiziqish juda past. Jumhuriyatimiz hududidan topilgan qadimgi va o`rta asrga oid tanga
pullar ko`pgina noma`lum qadimgi shaharlar «yoshi»ni aniqlab olishda katta yordam beradi.
Masalan, Buxoro, Termiz, Kat, Quva va boshqa joylarda zarb etilgan oltin, kumush va mis tanga
pullar shu hududda tashkil topgan Xorazm, Kanxa, Farg`ona, Dahiya, Kushan, So`g`d,
Somoniylar, qoraxoniylar, Temuriylar va boshqa podsholiklarning iqtisodiy hamda siyosiy
tarixini, ayniqsa bu davlatlardagi pul hamda tashqi va ichki savdo munosabatlarini o`rganishda
juda qimmatli ashyoviy dalil bo`lib xizmat qiladi. SHunisi achinarliki,
1917
yildan so`ng to
hozirgi kunimizgacha o`lkashunoslik fani o`lkamiz tarixini davrma-davr o`rganishdan iborat o`z
vazifasini bajarmay, ko`proq Rossiyaning Evropa qismidagi o`lkalarni o`rganish bilan mashg`ul
bo`lib kelaveradi. Biz esa indamadik. O`rta Osiyo xalqlaridan boshqa deyarli barcha xalqlar o`z
tarixini ozmi-Ko`pmi biladilar. Biz esa rus knyazlarini, rus davlatini, Moskvaning tashkil topishi
va uning birinchi knyazi YUriy Dolgorukiy 1147 yilda Moskvaga asos solganini bilamiz-u,
ammo o`z ona diyorimizda miloddan oldingi
III
asrda Grek-Baqtriya
davlatiga asos solib,
birinchi tanga zarb etgan Diodot haqida o`ylab ham ko`rganimiz yo`q.
Ona diyorimizni arab bosqinchilaridan himoya qilgan Hakim ibn Hoshim (Muqanna)
boshchiligidagi qo`zg`olon xususida chala-chulpa ma`lumotga ega bo`lgan xalqimiz Xorazmda
arablarga qaqshatqich zarba bergan ajoyib qahramon Xorazm shohi yoki Samarqand hokimi
Guraklarning Qusam ibn Abbosga qarshi olib borgan shiddatli janglari, SHohi Zinda ansambli
bilan bog`liq tarixiy afsonalar haqida tasavvurga egami? Yo`q, albatta.
O`zbek maktablarida o`quvchilarimizga Dmitriy Donskiy va uning qahramonligi, rus
davlati, iqtisodiyoti, ichki va tashqi siyosatini maroq bilan tushuntirib bersak-da, IX X asrlarda
dunyoga mashxur bo`lgan Somoniylar davlatida etishib chiqqan ilm-fan darg`alari-yu, o`z
she`riyati bilan jahon afgor ommasini hayratga solgan Rudakiy,
Firdavsiy, Sa`diy, Hofiz kabi
zabardast daholar haqida deyarli hech narsa demaganmiz. Ular SHarq poeziyasining asosiy
xususiyatlarini belgilab bergan bo`lsalar-u, ularning ijodiy faoliyati bilan o`quvchilarni
tanishtirmasak, nima degan odam, qanday o`lkashunos olim bo`lamiz?
O`sha davr ilm-fanini jahonga taratgan Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Ahmad
Farg`oniy, Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy kabi mutafakkir olimlar hayoti hamda ijodi
taraqqiyparvar insoniyat tomonidan o`rganilsa-yu, biz nega o`rganishimiz mumkin emas? Mana
endigina
mustaqillikni
mustahkamlab
borib,
maktab
dasturlariga
allomalar
va
qahramonlarimizning hayoti va ijodiy faoliyatlarini kiritayotirmiz.
O`lkamizda o`zbek tiliga davlat maqomi berilganda o`zbek tilining qadimgi til ekanligini
isbotlab berishda asosiy manba Mahmud Koshg`ariyning «Devonu lug`otit turk» asarining
nechog`li ulkan ahamiyati bor ekanligi ozmi-ko`pmi ma`lum bo`lsa ham bu daho mutafakkir
erning
dumaloqligini isbotlab, dunyo xaritasini chizib qoldirganligi haqidagi ma`lumotni
o`rganishning vaqti kelmadimikin?
Hozirgi kunda o`lkashunoslik fani oldida quyidagi eng mas`uliyatli vazifalar turibdi:
ko`hna Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo`qon, Andijon, Namangan, SHahrisabz kabi shaharlardagi
sayohat mazmunini tushuntiruvchilarga to`g`ri ilmiy yo`nalish berish; viloyat, voha va
19
vodiylardagi o`lkashunoslik muzeylariga ma`lumotnoma va yo`l ko`rsatkichlar tayyorlash;
viloyat, voha va vodiylardagi xamda jumhuriyat markaziy arxividagi hujjatlarni o`rganish;
SHarqshunoslik ilmgohi va qo`lyozmalar ilmgohida saqlanib turgan 5000 dan ortiq nodir
qo`lyozma asarlarni o`rganib, ularni aholi keng ommasiga etkazish.
Ushbu vazifalar amalga oshirilsa, mustaqil davlatimiz O`zbekistonning haqiqiy
vatanparvarlarini tarbiyalab etishtirishga munosib hissa qo`shilgan bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: