tarixiy
nodir buyumlarning fan uchun katta ahamiyatga
ega ekanini tushungani holda, fan uchun to umrining oxirigacha tinmay xizmat qilishi rus
sharqshunosligi faoliyatining samarasi bo`lib, bu rus sharqshunosligi uchun ham, mahalliy
tarixchilik uchun ham yangilik va foydali ish edi.
O`rta Osiyo, shu jumladan Qo`qon xonligi, Namangan va Toshkentda yashagan, o`zbek
xalqining tarixi, tilini va urf-odatlarini o`rganishda Vladimir Petrovich Nalivkinning (1852—
1918) ham qo`shgan hissasi kattadir.
Uning ilmiy faoliyati O`rta Osiyo xalqlari tarixi, tilini va etnografiyasini o`rganishdan
boshlandi. U rafiqasi M. V. Nalivkina bilan xdmkorlikda «Farg`ona mahalliy aholisi ayollarining
turmushi haqida ocherk» degan kitob yozdi. V. P. Nalivkin rus olimlari ichida birinchi bo`lib,
mahalliy tillarni urganib, mahalliy tarixchilar qo`lyozma asarlarini o`
rgangan
va shular asosida
«Qo`qon xonligining qisqacha
tarixi»
va «Ruscha-sartcha va sartcha-ruscha lug`at» hamda
«Intihob ut-tavorix mamlakati Rusiya» («Rossiyaning qisqacha tarixi») kitoblarini va 40 dan
ortiq ilmiy agarlar, maqolalar yozgan. Mahalliy xalq tilini juda mukammal bilganligi sababli uni
erli xalqlar Jahongir to`ra deb ataganlar, u ham bir necha asarini Jahongir to`ra nomi bilan chop
etgan.
Uning 1885 yilda Jahongir to`ra nomi bilan yozilgan' «Intihob ut-tavorix mamlakati
Rusiya» nomli asari buning yorqin dalilidir. Muallifning «Bu faqir... zaboni nochor va suxoni
ojiz birlan tavorix kitoblari
tahriridagi
voqealarni intihob
aylab ko`p
tafsili
keltirmay ijmoli
birla muxtasar
bayonini
qilardiki, Rusiya mamlakatining paydo va
bino bo`lganidan
to oxir
zamonigacha mazkur viloyat ichra o`tgan hodisa va voqeliklarni tasnif qilg`ay”,— deyishidan
ma`lumki, u o`z asarini ko`p adabiyotlardan foydalangan holda yozgan. Bu asarning erli aholini
Rossiyaning o`tmish tarixi bilan tanishtirish maqsadida o`zbek tilida yozilishi o`z davri uchun
juda katta ahamiyatga ega bo`lgan bir hodisa edi.
SHunday qilib, XX asrning 20- yillariga qadar olimlar va turkshunos havaskorlarning
kuchlari bilan Ozbekiston o`lkasini o`rganishga doir anchagina materiallar to`plangan. Biroq
bularning orasida uzuq-yuluq va tasodifiy materiallar anchagina bo`lib, keng, ilmiy asosda
umumlashtirilmagan edi.
O`rta Osiyo, shu jumladan, O`zbekiston tarixini ilmiy asosda o`rganish faqat asrimiz
boshlarida va undan keyingi yillarda samarali va fidokorona ish olib borish natijasida yaratildi va
u yanada chuqurlashtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |