О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Rus sharqshunosligining mahalliy tarixchilikka ta`siri



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/110
Sana01.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#725635
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   110
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

 
4. Rus sharqshunosligining mahalliy tarixchilikka ta`siri
 
Rus sharqshunosligi o`zining g`oyat katta ilmiy faoliyati bilan mahalliy tarixchilikka 
shubhasiz katta ta`sir ko`rsatdi. Rus sharqshunoslari O`rta Osiyo tarixi yuzasidan jiddiy tadqiqot 
ishlari olib borish bilan birga, bu ishga erli tarixchi havaskorlarni ham jalb qilish, ular bilan 
hamkorlikda ish olib borishga hdrakat qildi. Turkistonga kelgan sharqshunoslar mahalliy tarixchi 
va xdvaskorlar o`rtasida yurib va yashab, O`rta Osiyo tarixi xdqida muhim ma`lumotlar va 
asarlarni to`pladilar va shu haqda tushuntirish ishlari olib bordilar. Toshkentlik tarixchi 
Muhammad Solih qoraxo`ja o`g`li o`zining «Tarixi jadidai Toshkand» degan asarida Iskandar 
to`ra ismli bir rus olimining uyiga kelgani, u bilan suhbatlashgani va O`rta Osiyo tarixiga oid 


15 
ko`p savollar berib, bahslashgani hdqida yozadi. Iskandar to`ra aslida Aleksandr Kun bo`lib, 
mahalliy xalq qadimdan Aleksandr ismini Iskandar deb atashadi. Faqat A. Kunning emas, balki 
O`rta Osiyoga kelgan barcha sharqshunoslarning xam xalq orasida yurib tarixga oid savollar 
berishy, ayrim masalalar yuzasidan bahslashishlari hamda ularga yo`l-yo`riqlar ko`rsatishlari, 
shubhasiz, erli xalqlar o`rtasida tarixga qiziqish hissini oshirdi. Bunday bahslashuvlar, savol-
javoblar mahalliy xalq o`rtasida «diniy tus berilgan» arxeologik yodgorliklar va tarixiy 
hodisalarni aniqlashga, ularning 
sirini 
ochishga yordam berdi.
Usha vaqtda nashr 
qilingan «Turkiston viloyatining gazeti», 
«Turkestanskie 
vedomosti» 
va boshqa gazeta sahifalaridagi mahalliy tarchxchi va havaskorlar tomonidpn 
yozilgan 
yodnomalar, yodgorliklar haqidagi kichik-kichik 
xabarlar 
va maqolalar, arxeologik 
kollektsiyalar rus sharqshunoslarining mahalliy tarixchilikka samarali ta`sir ko`rsatganligini va 
erli xalq orasida ham tarixga qiziqish avj olganligini ko`rsatadi. Rus sharqshunosligi bu tuyg`u 
va intilishlarni qizg`in qarshi olib, qo`llab-quvvatlaganligi Turkiston tarixchiligining rivojlanishi 
uchun yangi sahifa ochib berdi.
Sattorxon Abdug`afforov ham rus sharqshunosligining bevosita ta`siri ostida tarixchilar 
qatoridan o`rin olgan. U 1876 yili Peterburgda chaqirilgan 
III 
xalqaro sharqshunoslar s`ezdiga 
A. Kun, Jo`rabek, toshkentlik Muhammadqulov, Abdulla Niyozov va Buxorolik Musajon 
Saidjonovlar bilan birga Turkiston vakili bo`lib qatnashadi. U Turkistonga ruslarning kelishi 
bilan o`lkaga rus fani ham kirib kelganligini ta`kidlab, bu orqali Turkiston dunyo fanidan yanada 
ko`proq bahramand bo`lishiga ishonch bildirdi. O` o`zining bu nutqi bilan s`ezd 
qatnashchilarining diqqatiga sazovor bo`ldi. Rus tilini qunt bilan o`rgangan Sattorxon rus tilida 
«Rossiyaning istilosiga qadar Qo`qon xonligining ichki ahvoli haqida qisqacha ocherk» nomli 
asarini yozib, «Turkestanskie vedomosti» gazetasining 1892 yil 26, 36- sonida va 1893 yil 61- 
sonida bostirdi. Asarda Qo`qon xonligining ma`muriy bo`linishi, boshqaruv idoralari, shahar va 
qishloqdagi amaldorlar, ularning huquqlari, hokim va beklarning mehnatkash xalqqa nisbatan 
tutgan siyosati, gunohkorlarga beriladigan jazolar, qo`shinning tuzilishi, shuningdek, sinfiy 
kurashlar, ya`ni Xo`jand va o`ratepada xonlikka qarshi ko`tarilgan qo`zg`olonlar, Toshkent 
hokimi Mirzaahmadga qarshi xalq qo`zg`oloni va uning qo`zg`olonchilar talabiga rozi bo`lishi, 
Qo`qon xonligining chor Rossiyasi tarafidan bosib olinishi kabi masalalar yoritilgan. Mahalliy 
o`zbek tarixchisining rus tilida shunday bir tarixiy asar bilan maydonga chiqishi rus 
sharqshunosligining bevosita katta ta`sirini ko`rsatadi. Bu asar rus sharqshunosligi uchun ham 
katta axamiyatga ega edi.
Rus sharqshunoslari, jumladan, N. I. Veselovskiy rahbarligida Akrom polvon
Asqarov kabi xavaskor tarixchi va arxeologlar etishib chiqdi. Akrom Asqarov Toshkentning 
Rossiya tomonidan bosib olinganiga qadar Qo`qon qo`shinida nog`orachi edi. Toshkent bosib 
olingach, u 1870 yillarda Toshkentda tashkil qilingan ko`rgazmalarda faol qatnashdi. 
SHarqshunoslar ta`sirida Turkistondagi yodgorliklarga qiziqib qoladi. O`zining havaskorligi va
qizyquvchanligi bilan bora-bora Turkistondagi fan ahliga tanila boshlaydi. Akrom Asqarov 
1884 yilda arxeologiyaga oid qazish ishlari o`tkazish maqsadida Turkistonga kelgan professor 
N. I. Veselovskiyga yoqib qoladi, yordamchi sifatida u bilan birga Buxoroda, Farg`ona
vodiysida va boshqa joylarda o`tkazilgan arxeologiyaga oid tadqiqotlarda qatnashadi, tez 
fursatda arxeologiya bilimini o`zlashtirib oladi. SHuning uchun xdm u N. I. Veselovskiyning 
«tez fursatda arxeologiyaga oid ishlarni o`zlashtirib oldi» degan yuksak bahosiga
sazovor bo`lib arxeologiya sohasida mahdlliy xalq orasidan etishib chiqqan birdan-bir fan 
arbobi amaliyotchi bilimdon sifatida tanildi. Akrom Asqarov N. I. Veselovskiydan
Turkistondagi arxeologiyaga oid yodgorliklarning qaysi biri muhim va qaysi biri ustida ish
olib borish zarurligini so`raganda, u unga ma`lum ko`rsatmalar berib turdi. N. I.
Veselovskiy Turkistondan ketgandan keyin Akrom Asqarov bir necha yil mustaqil
ravishda arxeologiyaga oid tadqiqot ishlari olib bordi. Uning faoliyati xdqida mahalliy va 
markaziy matbuotda hech narsa yozilmagan bo`lsa-da, ammo uning to`plagan boy va qimmatli 
arxeologiyaga oid ashyolar to`plami o`sha yillar davomida nihoyatda samarali va keng ko`lamda 
ish olib borilganidan dalolat beradi. Akrom Asqarov 1891 yilda vafot etgach, uning boy


16 
arxeologiyaga oid ashyolar to`plami juda ehdiyotlik bilan Peterburgga olib ketilib, 
hozir ham Davlat ermitajida saqlanmoqda.
«Turksstanskie vedomosti» gazetasining 1892 yil 31- sonida bosilgan professor 
evarnitskiyning «Akrom Asqarovning arxeologiyaga oid ashyolar to`plami» nomli maqolasida 
berilgan ma`lumotga ko`ra, ashyolar to`plamida 17 dona oltin pul, 1370 dona kumush pul, 13 
274 dona mis pul, neolit davriga oid tosh bolg`a, jezdan yasalgan sulug`, jez oyna, jez iskana, jez 
ketmonlar (motiga), turli joylarda to`plangan sopoldan yasalgan odam hdykallari, bir bo`lak 
nefrit, isirg`a, krest (but), baldoq, tumor, mis, sopol idish va shunga o`xshash garixiy buyumlar 
bo`lgan. Akrom Asqarovning fan uchun qimmatli bo`lgan bu ashyolar to`plamiga professor N. I. 
Veselovskiy ham katta baho bergan edi. Rossiya arxeologiya jamiyati 1887 yilda uning 
arxeologiya sohasidagi xizmatlarini taqdirlab, uni kumush medal’ bilan mukofotladi. O`zi 
to`plagan tarixiy buyumlarning tarixning qaysi davriga oid ekanligini idrok qila olmagan bo`lsa-
da, oddiy bir o`zbekning «o`sha vaqtda 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish