sotsial
ta`minot tashkilotlari» deb nomlangan oltinchi bo`limdagi hujjatlar
arxivning 97, 328, 96, 419 va 421- fondlarida saqlanadi. «Kasaba uyushmalari va jamoat
tashkilotlari» deb nomlangan bo`lim ham uch bobdan iborat bo`lib, birinchi bobga «Kasaba
soyuzlar» haqidagi hujjatlar arxivning 735, 805, 20, 747, 792- fondlarida saqlanadi. “Jamoat
tashkilotlari” nomli bobdagi hujjatlar 44, 245, 126, 406, 840, 423, 239, 348 va 424- fondlarga
kiradi. «Sport tashkilotlarining hujjatlari» 2043, 2053, 2047- fondlarda va nihoyat «SHaxsiy
fond» deb nomlangan oxirgi bo`lim 7226, 1591-fondlarda saqlanadi.
O`lkashunoslikning asosiy manbalaridan biri hisoblangan arxivshunoslik Vatan tarixini,
shu jumladan, o`z o`lka tarixini har tomonlama va chuqur o`rganishda talabalarga katta yordam
beradi.
SHuni ta`kidlab o`tish kerakki, respublikamizning hamma rayonlarida va oblastlarida
rayon va oblast’ davlat arxivlari mavjud. Rayon arxivlari o`z qo`l ostidagi barcha muassasa va
tashkilotlardagi davlat ahamiyatiga ega bo`lgan hujjatlarni yig`ib oladi va ma`lum muddatdan
so`ng ularni oblast’ davlat arxivlariga, ular esa o`z soha va tarmoqlari bo`yicha respublika
arxivlariga yoki boshqarma yo vazirliklarga, ular xam o`z navbatida bir qancha muddat
saqlaganlaridan so`ng Markaziy davlat arxivining qonun-qoidalariga rioya qilgan holda
hujjatlarni tayyorlab, so`ng Markaziy davlat arxiviga topshiradi. O`zbekiston Markaziy davlat
arxividagi hujjatlar o`z ahamiyatiga qarab bir umr yo bir necha yil saqlanadi yoki akt qilib yoqib
tashlanadi.
Bundan tashqari, Toshkentda respublika partiya tashkilotlari, ya`ni rayon, oblast’,
respublika partiya tashkilotlarining ham maxsus arxivlari mavjud. Bu arxivlarda boshlang`ich
partiya tashkiloti hujjatlari saqlanadi. Bu arxivlardan tashqari yana bir necha tarmoqlarni o`z
ichiga olgan arxivlar ham bor.
O`qituvchi arxiv hujjatlaridan muntazam ravishda, har bir mavzuni bayon etish jarayonida
o`rinli va unumli foydalanishi uchun oldindan qaysi arxivning qanday fondidan qaysi mavzuni
o`tishda qo`llash mumkin bo`lgan materiallarni aniqlab olishi zarur.
Agar o`qituvchi partiyaning agrar siyosatini o`quvchilarga tushuntirayotgan vaqtida
O`zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivining 1, 9, 25, 29, 167, 218, 301, 473, 674, 754-
kabi fondlarida saqlanayotgan 1917—1920 yillarda xalq xo`jaligini qayta qurish va tiklash,
kooperativ rejani amalga oshirish uchun olib borilgan kurash, meliorativ shirkatlar va
«Qo`shchilar soyuzi»ning ish faoliyati xalq xo`jaligini rayonlashtirish, irrigatsiya va suv
xo`jaligini qayta qurish va takomillashtirish, erlarning meliorativ holatini yaxshilash, paxta
mustaqilligi va yakka hokimligining kelib chiqish sabablari o`sha hujjatlardan foydalangan holda
bayon qilinsa juda maqsadga muvofiq bo`lar edi.
Buning uchuy o`qutuvchining o`zi arxivdan foydalanish yo`llarini yaxshi bilishi shart.
Arxiv hujjatlari har bir darsning g`oyaviy, siyosiy tomonlarini faktik materiallar bilan
boyitishdan tashqari, uning ta`limiy va tarbiyaviy ahamiyatini oshiradi, yosh yvlodni esa
vatanparvarlik, ajdodlarimiz merosini o`rganishga bo`lgan qiziqishini ta`minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |