О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


O`lkashunoslik to`garagini tashkil etish



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/110
Sana01.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#725635
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

 
O`lkashunoslik to`garagini tashkil etish 
O`quv-tarbiya ishlarining saviyasini bugungi kun yuksak talablari darajasiga ko`tarishda 
o`lkashunoslik to`garagi katta ahamiyatga ega. Tarixiy o`lkashunoslik to`garaklari va 
muzeylarining o`rta va oliy o`quv yurtlari tarix fakul’tetlari qoshida tashkil etilishi va bu ishga 
maktab o`qituvchilar jamoasi, yoshlar va ota-onalar qo`mitasi xamda talabalar keng 
jamoatchiligining jalb qilinishi uning ishlarini yaxshi yo`lga qo`yishga yordam beradi.
Maktabda o`lkashunoslik to`garagini tashkil etish o`quvchilarning o`z o`lkalarini chuqur 
o`rganishlariga katta yordam beradi.
 
1. O`lkashunoslik to`garagini tashkil etish
 
O`lkashunoslik to`garagini tashkil etishdan oldin ana shu muhim va murakkab ishga 
rahbarlik qila oladigan, o`lkashunoslik ishini chin ko`ngildan sevadigan va bu sohada etarli bilim 
va malakaga ega bo`lgan mutaxassisdan rahbar tanlash va uni maktab o`qituvchilar Kengashida 
tasdiqlab olish zarur. Bu ancha qiyin masala. O`lkashunoslik to`garagining bo`lg`usi rahbari 
nimalarni yaxshi bilishi kerak? eng avvalo, u o`lkashunoslik nima va u nimalarni o`rganadi va 
nimadan bahs etadi, o`lkashunoslikning manbalari, ob`ektlari qaysilar, 1917 yilgacha undan 
keyin o`lkashunoslikning rivojlanish bosqichlari, turlari, tarixiy o`lkashunoslikning ilmiy-nazariy 
va uslubiy asoslari va boshqalarni juda yaxshi bilgan va tushunib olgan bo`lishi kerak.
Binobarin, ana shularni o`rganib olmasdan turib o`lkashunoslik soxdsida ma`lum bir 
natijaga erishib bo`lmaydi.
O`lkashunoslik to`garagi ishi uning quyidagi asosiy manbalarini o`rganishdan boshlanadi. 
Darslikda bayon qilinganidek, dastavval o`lkashunoslik haqida qisqacha ma`lumot beriladi; 
o`lkashunoslikda arxeologiya, etnografiya, toponimikaning roli va ahamiyati ochib beriladi; 
o`lkashunoslikning asosiy manbalaridan biri arxivshunoslik, muzey eksponatlari xaqida batafsil 
tushuncha hosil qilinadi. XO`sh, bu manbalarning har biri qanday masalalar bilan shug`ullanadi? 
Demak, ish o`lkashunoslikning birinchi manbai arxeologiya nima degan savoldan boshlanadi.
«Arxeologiya» so`zi lotin tilidan olingan bo`lib «arxayos» — qadimgi, «logsk» — fan 
degani, ya`ni qadimiylikni o`rganadigan fan ma`nosini anglatadi. Dastlab bu atamani 
milodimizdan avvalgi IV asrda Platon (Aflotun) o`zining «Gippiy» dialogida qadimgi zamon 
haqidagi fan sifatida tilga olgan. Bu fan Evropada ancha qadimdan rivojlanib kelayotganligi, rus 
arxeologiyasi haqida qisqacha so`z aytish bilan birga, O`rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib 
olingach, O`rta Osiyo, shu jumladan, O`zbekiston hududida ham sharqshunos olimlar, havaskor 
arxeologlarning olib borgan bu sohadagi ishlari bilan tanishtiriladi. SO`ng boshqa fanlar qatori 
arxeologiya fani ham keyingi davrda rivoj topgani, O`zbekistonda arxeologiyaning vujudga 
kelishida, rivojlanishida rus sharqshunoslarining ko`rsatgan beqiyos xizmatlari, mahalliy 
arxeologlarning olib borgan ishlari, hozirgi kunda o`zbek arxeologlarining ulkan yutuqlari 
to`g`risida to`garak rahbari batafsil gapirib berishi kerak.
To`garak rahbari arxeologiya — qazish yo`li bilan topilgan tarixiy manbalar asosida 
insoniyatning uzoq o`tmishi o`rganilishini aytib berish bilan birga, u qanday olib boriladi? 
Arxeologiya qidiruv ishlarining qanday turlari bor? Qazish ishlarini tashkil etish tartiblari 
qanday? degan savollarga javob beradi. Arxeologlar o`rganadigan predmet, ob`ektlar haqida 
tushuncha beradi. SO`ng arxeologiyaga yaqin va uni aniqlashda bevosita ishtirok etadigan fanlar 
ustida to`xtaladi. Masalan, tosh, metall, sopol va yog`ochdagi yozuvlarni o`rganuvchi soha 


123 
epigrafika, tanga pullarni o`rganadigan soha numizmatika, muhrlarni o`rganadigan soxa 
sfragistika, gerblarni o`rganadigan geraldika kabi arxeologiyaning bir qancha soxdlarini dalillar 
bilan tushuntirib berishi lozim.
Arxeologiya tarixga oid fan bo`lishi bilan birga to`garak rahbari izohlab bermoq uchun 
geologiya, botanika, zoologiya va antropologiya ma`lumotlaridan foydalanadi va shu bilan birga 
o`zi ham o`sha tabiiyot fanlariga qimmatli materiallar beradi, topilgan materiallarning ayniqsa 
«yoshini» aniqlashga yordam beradi.
O`lkashunoslikning ikkinchi manbai entografiyaga kelsak u o`tmishda va hozirda 
xalqlarimizning milliy xususiyatlari, urf-odatlari, madaniyatiga doir ma`lumotlarni xdmda 
millatlarning kelib chiqishlariga, ularning moddiy va ma`naviy madaniyatining o`sib borishiga 
doir materiallarni o`rganadi.
Etnografiya so`zi lotin tilidan olingan bo`lib, «etnos» — xalq, «grafeyn» — yozmoq yoki 
yozaman degan ma`noni anglatadi. Bu fan xalqshunoslik fani deb ham yuritiladi. Demak, 
etnografiya fani xalqimizning o`tmishidan boshlab to hozirgi kungacha saqlanib kelayotgan urf-
odatlari, moddiy va ma`naviy madaniyat, turmush tarzi va millatlarning kelib chiqishi 
muammosi (etnogenez), ularning o`zro aloqalari va boshqalarni o`rganadi.
O`lka tirixini o`rganishning asosiy manbai bo`lgan toponimikachi? U nima degani? 
Qanday masalani o`rganadi? Bu so`z xam lotin tilidan olingan bo`lib, ikki so`zning birikmasidan 
tashkil topgan, ya`ni «topos» — joy, «onoma» yoki «onima» — nom, demak joyning nomi 
o`rganiladigan fan degan ma`noni bildiradi. Greklar. bu, fanni «er tili» deb ham ataydilar. 
Masalan: Sariosiyo — bosh tegirmon, Taxta-pul — taxta ko`prik, Jizzax — diz (jiz) — qal`a, ak 
kichraytirish affiksicha, ya`ni qal`acha demakdir. Har qanday til leksikasi qator manbalar 
hisobiga boyib boradi. Ana shunday manbalardan biri yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek 
toponimikadir.
Toponimlardan nom olgan buyumlar, o`simlik, xayvonlar shu qadar ko`pki, ba`zan xatto 
ularning etimologiyasi to`g`risida o`ylab ham o`tirmaymiz. Qo`qon arava, buxori qovun, chust 
do`ppisi yoki pichog`i kabi so`zlarda o`sha joyning nomlari esga kelishi mumkin.
Demak, toponimika qishloq, tuman, shaharlarning nomlarini iqtisodiy, sotsial, siyosiy 
hayotdagi o`zgarishlar zaminida o`rganadi. O`qituvchi-rahbar toponimlar xaqida gapirayotganida 
uning bevosita tilshunoslikka oid bo`lgan va toponimlar deb hisoblangan quyidagi terminlari 
haqida ham to`xtalib o`tishi zarur, chunki o`quvchilar material yig`ish jarayonida mana shunday 
terminlarga ham e`tibor beradigan bo`ladilar. Masalan, antroponim so`zi — lotin tilidan olingan 
bo`lib, «antropo» — odam, «onoma» — nom, kishi ismi, laqabi, familiyasi demakdir; 
antroponimika — kishi ismlarini o`rganadigan fan. Gidronim — grekcha — «gidro» — suv, 
«onoma» — nom, suv ob`ektlarining, masalan, kanal, ariq, anhor, daryo, soy, jilg`a, irmoq, 
buloq, quduq, dengiz, ko`l va qo`ltiq, bo`g`oz, sharsharalarning nomlarini o`rganadi.
Diminutiv — lotin tilidan olingan so`z bo`lib, kichraytirilgan shakldan toponim yasalishi 
demakdir. O`zbekistonda -cha va -ak ba`zan -ik affikslari diminutiv shakldagi toponimlar 
yasaydi; bunday toponimlar otlardan (-Hisorak, Xumdonak, Rudak), sifatlardan (Ko`kcha, 
Oqcha, Qoracha, Saricha), etnonimlardan (DO`rmoncha, Naymancha) yasalishi mumkin. Ba`zi 
hollarda esa biron toponimga taqlid qilib nom qo`yilganda ham diminutiv shakldagi toponimlar 
yasaladi, chunonchi Buxorocha, Samarqandak, Bag`dodik, Registonak va boshqalar.
Metateza — lotin tilyda metatesis — joy almashtirish — so`zdagi tovushlarning o`rin 
almashishi (Beshog`och — Bechog`osh, Sayram — Saryom).
M e tafara (grekcha — «ko`chirish») — so`zning ko`chma ma`noda ishlatilishi (Tuyatosh 
— katta qoya, Mingbuloq — ko`p buloq), etak — daryoning, tog`ning, soyning yoki odamning 
etagi, burun — odamniki, qayiqniki va boshqalar.
Metonimiya (grekcha — «qayta nom qo`yish») — toponimikada joy nomining qo`shni 
ob`ekt nomyga o`tishi, masalan, daryo nomining shahar nomiga aylanishi (Zarafshon daryosi — 
Zarafshon shahri, CHirchiq daryosi — CHirchiq shahri), daryo nomining tag` nomiga ko`chishi 
(Ko`ksuv daryosi, Ko`ksuv tizmasi, Vaxsh daryosi — Vaxsh tizmasi). O`zbekistonda 
metonimiya hodisasi juda keng tarqalgan.


124 
Mikrotoponimiya (grekcha «mikro» — kichkina, «onoma» — nom) — kichik ob`ektlar: 
buloqlar quduqlar, dalalar, o`tloqlar, jarlar, yo`llar, kichik tepalar, ko`chalar va hatto atoqli otga 
ega bo`lgan ayrim daraxtlarning nomlari; mikrotoponimiya bilan makrotoponimiya orasida 
muayyan chegara yo`q, masalan, ba`zi bir tadqiqotchilar ko`chalarni makrotoponimlar desalar, 
boshqa birovlar makrotoponim deb hisoblaydilar. (Masalan, Siob arig`ini ayrim tadqiqotchilar 
siyoh ob, ya`ni qorasun desalar, ba`zilari o`ttiz, ob — suv so`zidan olingan deydilar.)
Oronimiya (grekcha «oros» — shahar, «onoma» — nom) — er yuzining rel’ef shakllari — 
tog`lar, cho`qqilar, qirlar, daralar, tekisliklar, jarlar nomlarini o`rganadi.
P olinimiya (grekcha — «polis» — shahar, «onoma» — nom). Urbonimiya so`zi ham lotin 
tilidan olingan bo`lib, «urbs» — shahar, aholi punktlari; xutor, ovul, qishloq, shaharcha, 
stantsiya, shahdrlarning nomlarini o`rgatadigan maxsus fandir.
O`lkashunoslik to`garagining asosiy manbalaridan biri — arxiv hujjatlaridan foydalanish 
ekanligini o`qituvchi yana bir anyq dalillar bilan tushuntiradi.
YUqorida keltirilgan chizma masalaga ma`lum darajada aniqlik kiritadi. Demak, 
o`lkashunoslik o`z navbatida ikkiga, ya`ni maktab o`lkashunosligi va bolalar turistik ekskursiya 
stantsiyasiga bo`linadi. Maktab o`lkashunosligi darsda va darsdan tashqarida amalga oshiriladi. 
Bolalar turistik ekskursiya stantsiyasi ekspeditsiyalar hamda turistik poxodlar uyushtiradi. 
Natijada darsdan tashqari olib borilgan hamda bolalar turistik ekskursiya stantsiyalari tomonidan 
uyushtirilgan ekspeditsiyalar va turistik poxodlarda to`plangan materiallar maktab 
o`lkashunoslik to`garagida muhokama qilinadi.
Demak, rahbar-O`qituvchi o`lkashunoslikning barcha manbalari bilan o`z a`zolarini 
batafsil tanishtirib chiqishi shart. 
O`lkashunoslik to`garagida qatnashadigan o`quvchilarni tanlashga alohida e`tibor berish 
zarur.
To`garakka shu ishga astoydil qiziqadigan, tarih inson va jamiyat, geografiya, adabiyot va 
boshqa fanlardan puxta bilimga ega bo`lgan, sinchkov, qidiruvchan, a`lochi o`quvchilar tanlab 
olinishi kerak.
To`garak a`zolari bilan birgalikda maqsad-rejalar haqida obdon maslahatlashib, 
maktabning o`lkashunoslik ishlariga bevosita yoki bilvosita aloqasi bo`lgan o`qituvchilar bilan 
fikrlashib chiqqandan so`ng to`garakning ish rejasi tuzilib u o`quvchilarning umumiy yig`ilishida 
muhokama qilinadi va bildirilgan fikr-mulohazalar hisobga olinadi.
O`lkashunoslik to`garagining ish rejasi o`quvchilar umumiy yig`ilishida muhokama 
qilyngach, bolalar sayohat stantsiyasi xodimlari bilan ham fikr almashiniladi.
Maktabda o`lkashunoslik ishlarini olib borish chizmasi 
O`lkashunoslik 
Maktab
Bolalar sayo?at 
stantsiyasi 
Ilmiy safarlar 
Darsda 
Darsdan tashqarida 
O`lkashunoslik to`garagi 
Sayoqatga chiqish 


125 
YUqoridagi to`garak rejasi maktab o`quvchilar yig`ilishida va o`qituvchilar kengashida 
uzil-kesil tasdiqlangandan keyin to`garak rahbari o`z a`zolarini har bir soha bo`yicha qilinadigan 
ishlar xarakteri bilan tanishtirib chiqishi, yo`l-yo`riqlar va maslahatlar berishi lozim. 
O`lkashunoslik masalalarini aniq misollar keltirish, sayohat, suhbatlar uyushtirish yo`li bilan 
o`rganish kerak. O`lkashunoslik to`garagi ishi ham g`oyaviy ishning ta`sirchan vositalaridan 
biridir. To`garak tomonidan o`rganilayotgan yoki uning a`zolari tomonidan topilgan har bir 
tarixiy yodgorlik hududdagi aholining ko`z o`ngida bo`lishi, istalgan vaqtda uni borib ko`rishi, 
bu yodgorliklar ustida doimo g`amxo`rlik qilinishi, u yaxshi saqlanishi va shu bilan birga ta`lim-
tarbiya ishida o`z aksini topa olishi lozim.
«Tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida»gi 
Qonunning I moddasiga muvofiq quyidagilar tarix va madaniyat yodgorliklari jumlasiga kiradi.
Tarixiy yodgorliklarga — xalq turmushidagi eng muhim tarixiy voqealar bilan, jamiyat va 
davlatning rivoji, inqilobiy harakat bilan, fuqarolar urushi, Ulug` Vatan urushi bilan, ijtimoiy va 
texnikaviy qurilish bilan, xalqlar madaniyati va turmushining rivoji bilan, atoqli siyosiy, davlat, 
harbiy arboblarning, xalq qahramonlarining, fan va san`at arboblarining hayoti bilan aloqador 
bo`lgan imoratlar, inshootlar, esdalik joylar va boshqalar kiradi,
Arxeologiyaga oid yodgorliklarga — ko`hna shaharlar, qal`alar, qo`rg`onlar, qadimiy 
manzilgohlar, istehkomlar, korxonalar, kanallar, yo`llarning qoldiqlari, qadimiy dafn joylari, tosh 
xdykallar, qoyalardagi tasvirlar, qadimiy narsalar, qadimiy aholi punktlaridagi tarixiy madaniyat 
qatlamlari uchastkalari kiradi.
SHahar qurilishi va me`morchilik yodgorliklariga me`morchilik ansambllari va 
komplekslari, tarixiy markazlar, kvartallar, maydonlar, ko`chalar, shaharlar va boshqa aholi 
punktlarining qadimiy tuzilishi va qurilishi qoldiqlari, grajdan, sanoat, xarbiy, diniy arxitektura, 
xalq me`morchiligi inshootlari tabiat landshaftlari kiradi.
San`at yodgorliklariga — monumental, tasviriy, amaliy-dekorativ va boshqa turdagi san`at 
asarlari kiradi.
YOdgorlik hujjatlariga — davlat va davlat boshqaruv organlarining aktlari, boshqa yozma 
jadval hujjatlar, kino — fotohujjatlar va tovush yozuvlari, shuningdek, qadimiy va boshqa 
qo`lyozmalar hamda arxivlar, fol’klor va muzika yozuvlari, nodir bosma nashrlar kiradi.
Bu yodgorliklar jumlasiga tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga ega bo`lgan yoki boshqa xil 
madaniy qimmatga ega bo`lgan ob`ektlar xam kiritilishi mumkin. Mana shu materiallar tartibi 
bilan o`lkashunoslik to`garagi yig`ilishlarida muhokama qilinadi.
Sohalar bo`yicha ishlar qanday bajarilayotganligi to`garak mashg`ulotlarida muntazam 
ravishda muhokama qilib boriladi. YUqorida ta`kidlab o`tilganidek, avvalo arxeologiyaga oid 
materiallar juda uzoq davrlarni o`z ichiga olganligi, topilmalarni hali to`garak a`zolari yaxshi 
o`zlashtirib olmaganligi sababli ish mana shularni o`rnatishdan boshlanadi. Ibtidoiy jamoa 
tuzumining eng uzoq davrini kechirgan quyi paleolit, o`rta paleolit, yuqori paleolit (bu so`z lotin 
tilidan olingan bo`lib, «paloyos» qadimgi «litos» — tosh, ya`ni qadimiy tosh demakdir) davri 
tosh qurollarining o`ziga xos xususiyatlari, ularning hali qo`pol ishlanganligi, bunday tosh 
qurollar oddiy toshdan emas, balki eng qattiq chaqmoq toshlardan yasalganligi tushuntiriladi. 
Mezolit — o`rta tosh davridagi qurollarning paleolit davridagi tosh qurollaridan anchagina farq 
qilishi, neolit — yangi tosh davriga kelib esa tosh qurollarning murakkablasha boshlaganligi 
muzeylardagi mavjud materiallar asosida tushuntirilsa, bolalar ekspeditsiya va sayohatlarga 
chiqqanlarida bunday tosh qurollarni oddiy yoki tabiiy toshlardan tez ajratadigan bo`ladilar.
SO`ngra o`qituvchi — rahbar eneolit — mis-tosh davri va uning qurollari haqida 
tushuncha beradi va ulardan namunalar ko`rsatadi. Keyin milodimizdan avvalgi III minginchi 
yillarga xos bo`lgan va O`rta Osiyoda keng tarqalgan bronza davriga doir materiallar bilan, asta-
sekin sun`iy sug`orishga, dehqonchilikka o`tilishi munosabati tufayli shu davrga doir materiallar 
bilan tanishtiradi. Hunarmandchilikning kelib chiqishi, sopol idishlar davrma-davr o`rgatiladi. 
Natijada o`lkashunoslik to`garagi a`zolari arxeologiyaga oid materiallarni juda yaxshi ajrata 
oladigan yosh arxeologlar bo`lib etishadilar.


126 
O`tmishdan to hozirgi kunga qadar hayot kechirib, mehnat qilib, o`z madaniyatini yaratgan 
xalqimizning moddiy va ma`naviy madaniyatini, xalqlarning kelib chiqishini, ularning tillari, 
urf-odatlarini o`rganadigan etnografiya haqida materiallar yig`ish va unts o`rganish juda qiziq 
ekanligi daliliy ashyolar asosida tushuntirilsa, student va o`quvchilar etnografiyaga oid 
materiallar to`plashda ham qiynalmaydilar.
O`lkashunoslik to`garagi ivdiga iloji boricha qishloq yoki maktab hududidagi ko`pchilik 
ommani jalb etish maqsadga muvofiqdir.
Ayniqsa, etnografiya, toponimikaga oid va qadimiy qo`lyozma kitoblar va hujjatlar 
to`plashda o`sha hududda istiqomat qiluvchi qariyalardan ko`proq foydalaiit lozim. To`garakda 
muhokama etilgan har bir masala maktabda o`qitilayotgan tarih inson va jamiyat fanlari oldiga 
qo`yilgan yuksak talablarni amalga oshirishda katta hissa qo`shadi. Ularning shu fanlardan 
oladigan bilimlarini mustaxkamlashga va kengaytirishga yordam beradi.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish