Avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish hamda foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish to‘G‘risida



Download 4,96 Mb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi4,96 Mb.
#218673
  1   2   3
Bog'liq
KO'P TUN oxirgisi


kirish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

QARORI

AVTOMOBIL YO‘LLARI KO‘PRIKLARINI, YO‘L O‘TKAZGICHLAR VA BOSHQA SUN’IY INSHOOTLARNI QURISH HAMDA FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA

Avtomobil yo‘llari ko‘priklari, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlar qurish tizimini yanada takomillashtirish, transport infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida:

1. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Ko‘prikqurilish” tresti” Unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda — “Ko‘prikqurilish” tresti” UK deb yuritiladi) avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar (yondoshish yo‘llari bilan birga 500 pogon metrdan ko‘proq uzunlikda) va boshqa sun’iy inshootlarni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha vakolatli tashkilot etib belgilansin.

2. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Ko‘prikqurilish” tresti” UK tarkibida:

ikkita ixtisoslashtirilgan filial — avtomobil yo‘llari ko‘priklari, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlar qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha 1- va 2-ko‘prik qurilishi otryadlarini;

avtomobil yo‘llari, ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha mintaqalarda tarkibiy bo‘linmalari bo‘lgan unitar korxona;

“Avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni loyihalash instituti” unitar korxonasi;

2-bandning to‘rtinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3632-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. 

“Avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” unitar korxonasi;



2-bandning beshinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3632-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. 

“Qurilish sifati bo‘yicha laboratoriya” unitar korxonasi;

“Ko‘prikqurilish” tresti” UKning 13-ko‘prik qurilish otryadi ishlab chiqarish negizida “Temir-beton buyumlar va boshqa konstruksiyalar tayyorlash zavodi” unitar korxonasi;

“Mexmost” AJni qayta tashkil etish yo‘li bilan “Maxsus temir-beton buyumlar va konstruksiyalar ishlab chiqarish zavodi” unitar korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov belgilangan tartibda “Ko‘prikqurilish” tresti” UKning tashkiliy tuzilmasi hamda ijro etuvchi apparatining tuzilmasi, shuningdek, uning korxonalari va filiallarining tuzilmalari tasdiqlanishini ta’minlasin.

4. Quyidagilar:

a) avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha:

“Avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” UK — buyurtmachi etib;



4-bandning uchinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3632-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. 

“Avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni loyihalash instituti” UK — bosh loyiha tashkiloti etib;



4-bandning to‘rtinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3632-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. 

“Ko‘prikqurilish” tresti” UKning tarkibiy bo‘linmalari — bosh pudratchi tashkilotlar etib belgilansin;

b) “Ko‘prikqurilish” tresti” UKga topshirilayotgan avtomobil yo‘llari ko‘priklari, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni ekspluatatsiya qilish, loyihalash, mukammal ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurishga:

umumfoydalanadigan avtomobil yo‘llarida joylashgan inshootlar sarf-xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika yo‘l jamg‘armasi deb yuritiladi) mablag‘lari;

xo‘jalik avtomobil yo‘llarida, shaharlar hamda boshqa aholi punktlari ko‘chalarida joylashgan inshootlarning sarf-xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.

5. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

bir oy muddatda avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar (yondashish yo‘llari bilan birga 500 pogon metrdan ko‘proq uzunlikda) va boshqa inshootlarni xatlovdan o‘tkazish va ular ekspluatatsiyasini davom ettirish uchun “Ko‘prikqurilish” tresti” UKga bosqichma-bosqich topshirish jadvallari ishlab chiqilishi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;

tasdiqlangan jadvallarga muvofiq xatlov o‘tkazish, yagona elektron bazani yaratgan holda qabul qilinayotgan avtomobil yo‘llari ko‘priklarining, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarning tavsifnomalarini hamda balans jihatdan mansubligini aniqlashtirsin, shuningdek, pasportlashtirishni ta’minlasin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning ustav kapitalida davlat ulushini ko‘paytirish hisobiga “Transyo‘lqurilish” DUKning ko‘prik qurilish texnikasini ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha xo‘jalik yuritish huquqi bilan “Ko‘prikqurilish” tresti” UKga topshirsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2018-yilning 1-yanvariga qadar muddatda ushbu sohadagi jahon tajribasini o‘rganishni hisobga olgan holda avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha dasturni (keyingi o‘rinlarda — Dastur), shuningdek, “Ko‘prikqurilish” tresti” UKni modernizatsiya qilish hamda jihozlash tadbirlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

8. Quyidagilar belgilansin:

2018-yilning 1-yanvaridan boshlab “Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish” va “Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, 2-faza” loyihalari bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki (keyingi o‘rinlarda — ATB) qarzining qolgan summasini to‘lash Respublika yo‘l jamg‘armasi zimmasiga yuklanadi;

“Transyo‘lqurilish” DUKning “Olti komplekt ixtisoslashtirilgan mobil asfalt-beton komplekslarini sotish olish” loyihasi doirasida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun Respublika yo‘l jamg‘armasi oldidagi majburiyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi korxonalarining “Transyo‘lqurilish” DUK oldidagi majburiyatlari to‘xtatiladi;

“Ko‘prikqurilish” tresti” UK, “Transyo‘lqurilish” DUK hamda O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tarkibiy bo‘linmalarining beg‘araz topshirilayotgan va qabul qilinayotgan mulki bo‘yicha, shuningdek, mazkur bandning uchinchi xatboshida ko‘rsatib o‘tilgan majburiyatlarning to‘xtatilishi bo‘yicha bo‘shaydigan mablag‘lar yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, ijtimoiy infratuzilmani obodonlashtirish va rivojlantirish solig‘i, shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasiga ajratmalar bo‘yicha soliqqa tortish obyektlari hisoblanmaydi;

“Ko‘prikqurilish” tresti” UK va uning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida, shu jumladan beg‘araz asosda topshirilayotgan mulk qo‘shilgan qiymat solig‘i, yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, ijtimoiy infratuzilmani obodonlashtirish va rivojlantirish solig‘i, shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasiga ajratmalar bo‘yicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi.

9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Respublika yo‘l jamg‘armasining 2018-yilgi va keyingi yillardagi daromadlari va xarajatlari parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorning 8-bandida ko‘rsatilgan loyihalar doirasida ATBning qarzlarini to‘lashga zarur mablag‘larni nazarda tutsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bir oy muddatda “Ko‘prikqurilish” tresti” UKning buyurtmanomalari bo‘yicha:

“Ko‘prikqurilish” tresti” UKning yangidan tashkil etilayotgan tarkibiy bo‘linmalarini joylashtirish uchun Toshkent shahrida zarur hududi va ishlab chiqarish infratuzilmasi bo‘lgan ikkita ma’muriy bino tekin foydalanish huquqi bilan berilishini;

“Ko‘prikqurilish” tresti” UKning mintaqalardagi tarkibiy bo‘linmalarini joylashtirish uchun zarur hududi va ishlab chiqarish infratuzilmasi bo‘lgan binolar tekin foydalanish huquqi bilan taqdim etilishini ta’minlasin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Noruda foydali qazilmalari bo‘lgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish komissiyasi (G‘.I. Ibragimov), O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (B.F. Islomov) “Ko‘prikqurilish” tresti” UK hamda O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining buyurtmanomalari bo‘yicha ochiq savdolarni o‘tkazmasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar asosida noruda va inert materiallar qazib chiqarish uchun litsenziyalar bilan ta’minlasin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari “Ko‘prikqurilish” tresti” UK hamda O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining buyurtmanomalari bo‘yicha noruda va inert materiallar qazib chiqarish uchun yer uchastkalari ajratilishini ta’minlasin.

(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son)

13. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019-yilning 1-iyuliga qadar muddatda avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va sun’iy inshootlarni loyihalash va qurish, shuningdek, xalqaro standartlarga mos keluvchi texnologiyalar asosida temir-beton buyumlar va konstruksiyalar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar barpo etish uchun investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalasini ishlab chiqsin.

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.


Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish