CHirchiq
— Sirdaryoning o`ng irmog`i, Toshkent vohasini deyarli shu daryo sug`oradi.
Park yoki Parak deb ham atalgan. Obi turk varianti ham bor. V. V. Bartol’d ma`lumotlariga
ko`ra, CHir nomi birinchi marta Temur tarixida tilga olindi. «Boburnoma» da «CHir siyi»
deyilgan. «Abdullanomada» esa «CHir daryosi CHirchiq nomi bilan ko`proq mashhur» deyiladi.
e. Mirzaev (SMGT, 257- bet), H. Hasanov (UOJNT, 56-bet) «tezoqar», «shovullagan» deb
izohlaydilar. CHirchiq vodiysida CHirchiqning Qolgan o`zani bor. «Qolgan» so`zi gidronimlar
tarkibida (Masalan, Sirdaryo Sirdaryo viloyatida, Qolgandaryo Farg`ona viloyatida, CHirchiq
shahri esa Toshkent viloyatida) ko`p uchraydi.
Piskent — Toshkent vohasining qadimiy shaharlaridan biri. X asr geograflarining
ma`lumotlariga qaraganda, Iloq davlati tarkibiga kirgan. Pushti Mahmud tepaligi Piskentning
dastlabki qismi bo`lib, u VI-VII asrlarda shahar qiyofasini ola boshlagan. SHosh (Toshkent) dan
Farg`onaga o`tgan savdo yo`lining qulay joylashganligi tufayli IX — X asrlarda bu erda qadimiy
tarixchilar tomonidan «Biskent» deb atalgan shaxarcha paydo bo`lgan, u «Yigirma xonadonli
shahar» ma`nosini bildiradi. Piskent o`z nomini o`rta asrlarda olgan bo`lib, o`sha vaqtda
shaharda yigirmata karvonsaroy bo`lgan va ular orqali Toshkentdan Qo`qon, Xo`jand kabi bir
qancha shaharlarga savdo yo`li o`tgan.
Parkent — bu qishloq Toshkentdan 50 — 60 kilometr uzoqlikda joylashgan. Qishloqning
Parkent deb nomlanishi haqida xalq orasida turli fikrlar va afsonalar mavjud. Ayrim kishilar bu
qishloq oldin bir necha qishloqlardan iborat bo`lib, Parkent ularning birlashishidan tashkil
topgan, desalar, boshqalar qishloqning qoq o`rtasidan kesib o`tgan Parkent soyi sababli
qishloq teng ikkiga bo`lingan va shuning uchun uning nomi Parkent, ya`ni juft deydilar. Lekin
qishloq nomining asl ma`nosi haqida aniq ma`lumotlar yo`q.
Iskandar
— bu CHirchiqdan birinchi suv oluvchi kanalning nomi. 1889 yili bu kanal
o`rnida kichik bir «sart» arig`i bo`lgan, bu ariqni podsho Aleksandrning qarindoshi Konstantin
Romanov qayta qurdirib, unga «Oq podsho» Aleksandr nomini qo`ydiradi. U joy obo
donlashtirilib, axoli yashaydigan joyga aylantiriladi va erli xalq odatiga ko`ra Aleksandrni
Iskandar deb yurita boshlaydilar. Hozirgi kunga qadar ham shu nom bilan yuritilib kelinmoqda.
Betagali — Toshkent viloyatida Betagalisoy, Betaga-li degan joylar mavjud. Betaga so`zi
mayda o`t demakdir. Bu o`t buta-buta, ya`ni to`p-to`p bo`lib o`sadi. ehtimol, butaka so`zi vaqtlar
o`tishi bilan «betaga» bo`lib ketgandir. Bobur aytgandek, betagani ayniqsa yilqi yaxshi ko`radi.
Betaga egan yilqi yaxshi semiradi. Betagali yaylovda yurgan biyalarning qimizi yog`li va
yoqimli bo`ladi. Betagalisoy va Betagali — Qo`ytosh degan joylarda hali ham yilqilar boqiladi.
Sirdaryo va Farg`ona viloyatlarida ham Betagali — Qo`ytosh degan yaylov va yassi tog` bor.
65
Do'stlaringiz bilan baham: |