О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/110
Sana01.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#725635
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   110
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

Darxonariq 
— Mo`g`ulcha «darhon» so`zidan tarkib topgan bo`lib, ma`nosi 
«majburiyatlardan to`la ozod qilingan» demakdir. Bunday nomlar ko`p uchraydi. Masalan, 
Samarqand viloyatining Ishtixon rayonida Boshdarxon, Jo`raboydarxon, Ozoddarxon, 
Naymandar-xon, Po`latdarxon, Qirqdarxon degan qishloqlar bor. Bu so`z o`zbek tilida «tarxon» 
shaklida ishlatiladi. Tarxon — xohlagan narsasini qila oladigan; harbiy xizmatdan butunlay ozod 
kishidir. Tarxonlar har qanday jinoyat qilsalar ham, to`qqiz nafargacha afv etilgan. Tarxonlik XV 
asrda ayniqsa avj olgan va feodallarga keng imtiyoz berishning bir vositasi hisoblangan. 
Temuriylar davlatida tarxonlar qo`lida yirik erlar va katta hokimiyat bo`lgan. Tarxonlik O`rta 
Osiyoda xdm saqlanib qolgan. Ba`zan ayrim kishilargina emas, balki butun bir shaxdr aholisiga 
tarxonlik huquqi berilgan.
Arpapoya 
so`zi aslida arpaning poyasi yoki arpa ekiladigan joy bo`lmasa kerak. H. 
Hasanov ma`lumotiga ko`ra, Aropa deganda o`rda chetidagi xandaq tushunilgan. Aropa asta-
sekin Arpapoya bo`lib o`zgarib ketgan bo`lishi mumkin. Aropa (Arofa) «balandlik» ma`nosidagi 
«arfa» so`zining ko`pligi bo`lishi ham mumkin.
Anhor 
atamasi arabcha nahr (daryo, kanal) so`zining ko`pligi. Akademik YA. G`. 
G`ulomovning fikricha, Bo`zsuv kanali shahar ichkarisiga kirgan hozirgi Semashko nomli 
shifoxona yonida g`arbga — Kaykovus nomi bilan, janubga — Anhor nomi bilan ikkiga bo`linib 
ketgan. Har ikkala kanal milodning V — VI asrlari mobaynida qazilgan.
Eski jo`va 
— Toshkentdagi xon arkining chekkasida, eski harbiy aslahdlar saqlanadigan 
omborxona — jevaxona bo`lgan. Haqiqatan ham jeba (jiba) deganda sovut yoki umuman harbiy 
qurol-aslaha tushunilgan. Bu o`rinda yana shuni ham aytish kerakki, tarixiy manbalarda, xususan 
vaqf hujjatlarida jo`ba «bozor» ma`nosida uchraydi. CHunonchi, X asr yodgorligi Narshaxiyning 
«Buxoro tarixi» asarida Buxoro bozorlaridan biri Jubai baqqolon, ya`ni Baqqollar bozori deb 
atalganligi qayd qilingan.
CHaqar 
deb shahar devorining tashqarisidagi qal`a istehkomga aytilgan. YAna shuni 
aytish kerakki, chahar degan Mo`g`ul urug`i bo`lgan, Mo`g`ulistonda chahar degan joy ham bor. 
Filologyya fanlari doktori S. D. Nominxonov O`zbekistonda CHaqar deb nomlangan 
qishloqlardan ettitasini sanab o`tadi va bu qishloqlar CHaqar degan urug` nomi bilan atalgan, 
deydi.
Sag`bon atamasining ma`nosi «itboqar» demakdir. Ba`zi birovlar Toshkentning shimoliy 
chekkasida Xasti Imom (hazrat imom) atrofida non bozori bo`lgan, ana shu erlarda chorva 
mahsulotlarini qayta ishlaydigan ko`nchilik kabi bar qancha hunarmandchilik korxonalari 
vujudga kelgan. SHu bilan bir qatorda, mol olib sotadigan jalloblarga xizmat qiladigan itboqarlar 
(sakbon) ham bo`lgan. Ko`cha va ariq nomi ana shundan kelib chiqqan, deyishadi. Sog`bon, 
Sohibon, ya`ni «Sohib»lar so`zidan kelib chiqqan degan fikr ham bor. Boshqa bir tarixchilarning 
fikricha, Sog`bon qadimgi otashparastlik e`tiqodi bilan bog`liqdir. Otashparastlar marhumni erga 
ko`mishmagan, chunki murda erni iflos qiladi, deb hisoblaganlar. SHuning uchun ular o`likni 
qush-quzg`unlar eb ketsin, deb uzoqroq joyga olib borib tashlaganlar, shahar ichida maxsus 
joylarda it boqilib, o`liklarni ana shu itlarga edirganlar, murda suyaklarini esa maxsus idishlarda 
— ossuari yoki ostadonlarga solib, ko`mishgan. Sog`bon mahallasida ana shu maqsadda it 
boqilgan. XVI asrning boshida Qumloq atrofida shayboniylardan Suyunchxojaxonning chorbog`i 
bo`lib, uni bog`i Kaykovus (Orig` nomi bilan) deb atashgan. Sog`bon ko`chasida uning itxonasi 
(ov itlari) bo`lgan. Itboqarlar ham o`sha erda turganlar, Sag`bon so`zi shun-dan kelib chiqqan 
degan rivoyat ham bor,— deydi B. A. Ahmedov.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish