Bo`stonliq
— Toshkent viloyatidagi qishloq. Bo`stonliq «bog`-rog`» ma`nosidagi bo`ston
so`zidan ko`ra bo`ston (bo`zto`nli) degan urug` nomi bilan atalgan deyish to`g`riroqdir. SHu
rayonda CHimboylik degan qishloq ham bor (CHimboy — urug` nomi) — lik, — lig affiksi
kishilarning qaysi qabila-urug`dan ekanini ham ko`rsatadi: masalan, ming qabilasidan bo`lgan
kishilar minglik deb atalgan.
Zarkent
— Toshkent viloyatidagi qishloqlardan biri. V. V. Bartol’d arab geograflaridan
Muqaddasiy asarlarida SHosh viloyatida qayd qilingan Zarankatu qishlog`ini hozirgi Zarkent
bo`lsa kerak, deb taxmin qiladi. Zar «oltin» bo`lsa, zer, zerin «quyi», «etak» demakdir. Zerinkat
bo`lganda «Pastdagi qishloq», «Tog` etagidagi qishloq» deyish mumkin edi.
Qo`yliq
— Toshkent shahrining chekkasidagi joy. Professor H. H. Hasanov Qo`yliqni
«Quyilik», «pastlik»deb izohlaydi. YAna shuni aytish kerakki, DO`rmon urug`ining bir
shoxobchasi «qo`yli» deb atalgan Qo`yli Qo`yliq bo`lib ketgan bo`lishi mumkin. Bundan
tashqari, Mo`g`ul sarkardalaridan birining ismi Qo`yliq bo`lgan. Mo`g`ul sarkardalarining
nomlari O`rta Osiyo toponimiya-sida anchagina saqlanib qolgan. Bundan tashqari, o`sha
sarkarda Qo`yliq Toshkentga ham kelgan.
Ohangaron
daryosi — Sirdaryoning o`ng irmog`i. Mo`g`ullar kelmasdan oldingi
manbalarda Iloq daryosi deb atalgan. Daryo vodiysida temirchilik rivojlangani uchun daryoni
Ohangaron, ya`ni «Temirchylar daryosi» deb ataganlar.
To`ytepa
— bu nomning negizida to`y ma`nosi yotishi munozara qilinishi mumkin.
Turgan gapki, bu nomning to`y (svad’ba), to`yko`l so`zlariga dahli yo`q Dori o`t va kulollar
ishlatadigan sopol idishlar yasash uchun ishlatadigan loy ham to`y deyiladi. Sopol yasaydigan
tuproqni «gil» deb izoxlashga bir qadar asos bor. Ammo Mahmud Koshg`ariyning asarida
boshqacha izoh beriladi:
«To`y — askarlarning turar joyi. Xon to`yixon askargohi». SHunga asoslanib, To`ytepa —
«qal`atepa», «qo`rg`ontepa», «lashkartepa» ma`nosida bo`lishi ham ehtimol.
Toshkent shahrida bir qator qadimgi me`morchilik obidalari mavjud. Bulardan biri —
Abdulqosim shayx madrasasidir. Bu madrasa Abdulqosim eshon, Qoraxon eshon, Ma`dixon qozi
madrasasi ham deb atalgan.. O`rta Osiyo me`morchiligi asosida XIX asrda o`sha davr an`analari
bilan qurilgan tarixiy yodgorlikdir. O`ziga tutashgan masjid va hammom bilan birga qadimgi
Beshyog`och dahasidagi mahalla guzarini tashkil qilgan. Dastlab madrasa bir qavatli bo`lgan.
1864 yili hovli qismida ikkinchi qavati qurilgan. Binoni bezashda asosiy e`tibor bosh fasadga
qaratilgan. U chorsi pishiq g`ishtdan ikki qavatli qilib, sharqqa qaratib qurilgan. Bosh fasadni
bezash maqsadida uning ikki yoniga bir xil ravoqlar ishlangan. Bosh fasadning o`rta qismida
madrasa devori sirtidan 1,82 m. bo`rttirib chiqarib, balandligi 16 m. li peshtoq ishlangan. Uning
ikki yonida guldasta minora qad ko`tarib, ularning tepa qismida XVI — XVII asrga xos mezana
bor. Peshtoqning old va yon tomonlari to daxana asosigacha va devorning kungurador qismi
chorsi pishiq g`ishtdan tekis qilib ishlab chiqilgan, uning yuqori qismi esa sharafa hamda kitoba
bilan bezatilgan. Ko`kaldosh madrasasi singari bunda ham darvozadan kiraverishdagi chap
tomonda darsxona, o`ngda masjid, to`rida xonaqoh «Mo`yi muborak» — deb ataladi. Bu bino
madrasadan ilgari 1820 yili qurilgan. Darsxona va masjid tomlari o`zaro kesishadigan ravoqlar
ustiga gumbaz qilib qurilgan. Hovlining tarxi — chorsi 28X22 m. Kompleksga kirgan masjid
keyinchalik buzilib ketgan. Madrasa 1983 yili ta`mir qilingan. Uning binosidan qadimgi
yodgorliklarni targ`ib qilish uyi sifatida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |