О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/110
Sana01.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#725635
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   110
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

Sarog`och 
— (Sariog`och) — Toshkent yaqinidagi qishloq. Qozoqlar Sarmagash, ya`ni 
«sariq daraxt» ham deyishadi. Sariog`och toponimi qurib, sarg`ayib borayotgan daraxt 
(O`simlik) nomidan kelib chiqqan.
Teyit 
— YUqori CHirchiq rayonidagi qishloq. Teyit so`zi qirg`iz — qipchoqlar urug`ining 
nomi. Andijon viloyati Xo`jaobod rayonidagi Qorateyit, Teyit, Sariteyit qishloqlarining nomi 
ham ana shu etnonimlar bilan bog`liqdir.
Turkman 
— Toshkentdagi sobiq «turkman bozori». O`zbekistonda joy nomi bilan 
uchraydigan etnonim. Ba`zi birovlar (V. G. Mogakova) Samarqand va Buxoro viloyatidagi 
turkmanlarni turkman millatiga mansub etnik guruh deb hisoblaydilar. K. SHoniyozov esa bu 
turkmanlar o`zlaricha mustaqil etnik guruh bo`lib, o`zbek millati tarkibiga kiradi, deb hisoblaydi.
Xonariq 
— Toshkent yaqinidagi To`ytepadan boshlanadigan ariq (kanal). Bu ariq o`tgan 
asrning 40- yillarida Qo`qon xoni Madalixon (Muhammadalixon) davrida qazilgan va xon 
sharafiga shunday nom berilgan.
CHotqol 
— CHirchiq daryosining bosh irmoqlaridan biri. Talas Olatovlaridan boshlanadi. 
CHotqol qadimgi fors-tojik tilida «qayin» demakdir. CHotqol daryosi bo`yida tojiklar yashaydi, 
shuning uchun shu nom bilan ataladi. O`simlik va hayvonlarning eski nomlari hech qanday 
qo`shimchasiz ham toponim shaklida uchraydi (So`kso`k, Do`lta, Qo`lon va hokazolar).
Paxta mahallasi 
— Toshkent shahridagi mahallaning nomi. Paxta mahallasi deyilishiga 
sabab, hozirgi mahalla o`rnida paxta zavodi bo`lgan. Bu joylar allaqachon Toshkent shahriga 
qo`shilib ketgan va yangi imoratlar qurilib, katta bir mahalla tashkil topgan. Mahalla hozir ham 
Paxta mahallasi deb yuritiladi.
Qashqar 
— Toshkent shahar mahallalaridan biri. Bu joyni o`tgan asrning 40- yillarida 
SHarqiy Turkistondan qochib kelgan qashqarliklar obod qilgan. Manjurlardan engilib qaytgan 
Qo`qon xoni Madalixon bilan birga kelishgan. Ular Qo`qon xonligining Toshkentdagi tayanchi 
hisoblangan. Keyinchalik Oqqo`rg`on darvozasi ham Qashqar darvozasi nomini olgan. Qashqar 
mahallasi 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan eng ko`p zarar ko`rgan joylardan biri bo`ldi. Hozir bu 
erda ko`p qavatli zamonaviy binolar qad ko`targan.
Qurama 
— Toshkent viloyatidagi tog` va qishloqning nomi. Qurama so`zi va 
quramalarning kelib chiqishi masalasini professor V. V. Reshetov ancha batafsil yoritib bergan. 
Qurama haqiqatan ham «aralash — quralash» degan so`zdir. V. V. Reshetov bir qancha 
lingvistik, tarixiy dalillardan, vaqf hujjatlaridan foydalanadi. Xo`ja Ahrorning vaqf hujjatlarida 
(hijriy 860 y.) qurama degan joy nomlari tilga olinadi. Demak, qurama degan so`z va qurama 
xalqi XV asrdayoq mavjud bo`lgan. V. V. Reshetov quramalar Ohangaroi vohasiga kelib 
o`rnashgan davrda tarkib topgan, ular turkiy, Mo`g`ul va boshqa elatlarning` chatishib ketishidan 
vujudga kelgan, XV — XVI asrlarda esa quramalarga so`nggi marta ko`chmanchi o`zbeklar, 
undan keyin esa qozoqlar kelib qo`shilgan, degan xulosa chiqaradi. Ohangaron vohasidan boshqa 
erlarda ham quramalar bo`lgan. V. V. Reshetovning yozishicha, Toshkent bilan Xo`jand 
orasidagi xalqlar qurama deb atalgan. Karki shahri xalqi ham qurama deyilgan. Arkin urug`ining 
ma`nosi ham aslida qurama degan so`zni anglatadi. Samarqand viloyatining Xatirchi rayonida, 
Andijon viloyatining Jalolquduq rayonida Qurama degan qishloqlar bor.
Qurbaqaobod - Toshkentning shimoli-g`arbidagi guzar-mahalla. N. G. Mallitskiyning 
ma`lumotlariga ko`ra, bu joy zah sizot bo`lganligidan qurbaqalar ko`p bo`lib, Qurbaqaobod 
degan kulgili nom olgan. Hozir bu joyga eng zamonaviy binolar qurilib, Birlik dahasi deb nom 
berilgan.


67 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish