CHalaariq
— bu ariq ham Anhordan suv oladi. CHalaariq tarixi ham Qonqus tarixiga
o`xshaydi. Bu ariqdan suv ichuvchi dehqonlar to 1917 yilgacha o`z ekinlarini to`liq
sug`organlarini bilmaydilar. CHunki ariq boshi shaxarga yaqin edi. Ariq boshida boylar va
amaldorlarning eri bor edi. Ular o`zlari turgan joyning atrofidagi qo`riq erlarni ham o`zlashtirib
olganlarida ariqdagi barcha suvni o`zlariniki qilib olganlar va ariq oxiridagilar bilan
hisoblashmaganlar. Natijada bu ariqdan suv ichuvchi boshqa dehqonlarga suv etmas edi. Suv
boshida Do`simboy hoji degan boyning eri bo`lib, hamma suvni o`z eriga ochib oladi. Natijada
bu ariqdan suv ichuvchilarning eri chala sug`orilar edi. SHuning uchun bu ariqqa CHalaariq deb
nom berilgan.
Qoraqalpoq arig`i
— YOllanma qishlog`i va CHinoz
xududlarini suv bilan
ta`minlovchi ariqning nomi. Bu nomning kelib chiqishi haqida qiziq rivoyatlar bor. Biz ulardan
eng e`tiborlisini keltiramiz. SHu qishloqda o`sib ulg`aygan 1880 yilda tug`ilgan Muhammad ota
Xidirov shunday hikoya qiladi: «Utmishda deyarli CHinoz, YOllanma qishloq hududida
Bo`zsuvning o`ng va chap sohillariga suv chiqarish juda qiyin bo`lgan. SHu sababdan qishloq
ahli ariq qazib suv chiqarishni orzu qilib yurgan. Bo`zsuv arig`i er sathidan ancha pastda
bo`lganligi sababli erli xalq qancha urinsa ham Bo`zsuvdan yuqoriga suv chiqara olmaganlar.
YUrt kattalari endi qanday qilib suv chiqaramiz, deb o`ylanib turganlarida oralarida paydo bo`lib
qolgan bir cho`qqi qora telpak kiygan qoraqalpoq yigit ot minib olib, qalin yoqqan qor tepasidan
iz solib beribdi. Ariq qazishga kelgan dehqonlar uning oti izidan ariq qaziy boshlabdilar.
Nihoyat, suv ariq bo`ylab oqibdi va ariqqa iz solib bergan yigit qoraqalpoq bo`lganligi uchun shu
yigitning millatini ulug`lab, ariqqa Qoraqalpoq deb nom qo`yishgan deyishadi. Boshqa birovlar
bu ariqni qazishda juda ko`p qoraqalpoqliklar qatnashgan, ariq qazib tugatilgach, ularni qaygadir
olib ketishgan, shu sababli ariqni qoraqalpoqliklar qazigan deb shu nom berilgan deyishadi. B.
A. Ahmedovning ta`kidlashicha XVI asrda Sirdaryoda istiqomat qilayotgan Qoraqalpoqlarga
ma`lum miqdorda taalluqli bo`lganligi sababli Qoraqalpoq nomini olgan bo`lsa kerak.
Qo`riq
— YAngiyo`l rayonidagi Tursunqulov nomli kolxoz hududida joylashgan
qishloqning eski nomi. U qishloqda qozoqlar yashagan. Ularning erlari juda hosildor bo`lgan.
«Tosh eksang qo`karaman, deydi, biroq euv yo`q. Suv bo`lsa, qishloqlar guliston bo`ladi». el
urug`lari shu haqda o`ylab, Bo`zsuvdan suv olib chiqish fikriga tushadilar. Ular to`planishib pul
yig`adilar va 1904 yilda Toshkent general-gubernatori nomiga ariza yozadilar: «Podsholiq shu
ishga 2000 so`mlik qarz bersin, ikki yilda to`laymiz» — deydilar. Arizadan darak bo`lmaydi,
1905 yilda yana katta pul to`lab Oqpodsho Nikolay nomiga ariza yozadilar. Oylar, yillar o`tadi,
undan ham javob kelmaydi. SHundan so`ng qishloq yigitlari to`planishib, «ko`kragimizda
yolimiz, bilagimizda kuchimiz bor. Ularning yordamisiz ham o`zimiz ariqni qaziymiz» —
deydilar. YUrt boshliqlari bu tashabbusni olqishlaydilar. Pastdan yuqoriga suv
chiqarmoqchi bo`ladilar. Oqsoqollar maslaxati bilan er ostidan suv olib kelmoqchi bo`lib, har 15
— 20 metr joydan quduq qaziydilar. Er ostida bu quduqlarni bir-biriga bog`laydilar. Oylar, yillar
va og`ir azobli kunlar birin-ketin o`tadi, azamatlar o`z ishlarida oxiriga qadar izchil turadilar.
Biroq ochlik kuchayadi, qishloq xalqi bor bisotini, ko`rpa-to`shagini, hatto bo`yrasigacha
sotadilar. Ketmon chopgan azamatlar, er bag`rini tilib turgan qahramon yigitlarning ancha qismi
ochlikdan qirilib keta boshlaydi, qolganlarini esa quduq bosib o`ldiradi. Xay attang mehnatimiz
shamolga sovirildi, bir tomchi suv deb, ming qatra qonimiz qurbon bo`ldi, azamat yigitlardan
ayrildik, deb nadomat chekishadi chollar.Qo`riq qishlog`i suvsizlikdan xarob bo`ladi, xalqi
bitadi, lekin ular qazigan quduqlari o`tmishdan alamli bir yodgorlik bo`lib, ayrimlarining izi
hozirgacha saqlanib kelmoqda.
69
Do'stlaringiz bilan baham: |