Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi



Download 1,2 Mb.
bet2/25
Sana27.04.2022
Hajmi1,2 Mb.
#584976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
выав

Tadqiqot obyekti.
Haqiqiy sonlar maydonida berilgan ratsional funksiyalar.


Tadqiqot predmeti.
Funktsional analiz, nochiziqli diskret dinamik sistemalar.


Tadqiqot maqsad va vazifalari.
Ratsional funksiyalar orqali hosil qilingan trayektoriyalarning assimptotik xarakterini oʻrganishdir.


Tadqiqot muammosi va farazlari.
Matematik biologiya, fizika va boshqa tabiiy fanlarda quyidagi muammolar qaraladi:
- tegishli biologik (yoki fizik) sistemaning turgʻun holatini, ratsional funksiyaning qoʻzgʻalmas nuqtalari va davriy nuqtalarini topish;
- biologik sistemadagi barcha turdagi holatlarni tavsiflovchi trayektoriyalarining limit nuqtalarini oʻrganish.
- Sistemaning holatlarinini turgʻun yoki turgʻunmas sinflarga ajratish.


Tadqiqot mavzusining ishlanganlik darajasi.
Fizikaviy yoki biologik sistemalarda matematik modellarni tushunishga qaratilgan harakatlar diskret-vaqtli nochiziqli dinamik sistemalarning nazariyasini rivojlantirishga qiziqish uygʻotdi. Muayyan populyatsiya uchun asosiy matematik muammo bu populyatsiya evolyutsiyasini (holatlarning vaqtga bogʻliq dinamikasi) oʻrganishdir. Ushbu muammoni oʻrganishda foydalaniladigan matematik usullar ehtimollar nazariyasiga, stoxastik jarayonga, dinamik sistemalarga, chiziqli boʻlmagan matematik va funktsional tahlillarga, differentsial va farq tenglamalariga asoslangan.
2022 yil fevral oyida MathSciNet ma’lumotlar bazasida "populyatsiya" uchun 42500 dan ortiq ilmiy ishlarni topdi. Shuning uchun populyatsiyalar nazariyasi matematikada juda ommabop mavzulardan biridir.
Populyatsiya dinamikasi - bu ikki yuz yildan ziyod tarixga ega boʻlgan matematik biologiyaning rivojlanayotgan boʻlimilaridan biridir.
Yaqinda nashr etilgan [Rozikov U. A., Population dynamics—algebraic and probabilistic approach. World Scientific, 2020] kitobda yaqinda ishlab chiqilgan (erkin va ikki jinsli) populyatsiya nazariyasi batafsil ravishda tavsiflangan boʻlib, asosan 2010 yildan beri olingan natijalar keltirilgan. Unda populyatsiya dinamikasi nazariyasidagi algebraik va ehtimollik yondashuvlari keltirilgan. Bundan tashqari, kubik stoxastik matritsalarning Markov jarayonlari natijasida hosil boʻlgan dinamikalar kabi biologik modellarning bir nechta dinamik sistemalari; ikki jinsli populyatsiya dinamikasi; gonosomal evolyutsion operatori hosil qilgan dinamik sistemalar; chivin populyatsiyasining dinamik sistemasi va evolyutsion algebrasi va okean ekotizimlari dinamikasi berilgan. Undan tashqari [N. Bacaer, A short history of mathematical population dynamics.Springer-Verlag London, Ltd., London, 2011] kitobda matematikaning populyatsiya dinamikasidagi turli muammolarni hal qilishda qoʻllanilishining qisqacha tarixi keltirilgan.
Populyatsiya dinamikasining soʻnggi rivojlanishi birinchi boʻlib Jon Maynard-Smit tomonidan ishlab chiqilgan evolyutsion oʻyin nazariyasi bilan toʻldirildi. Ushbu dinamikada evolyutsion biologiya tushunchasi deterministik matematik shakl sifatida berilishi mumkin.
Nochiziqli dinamik sistemalar haqida toʻlaroq ma’lumotlarni [R.L. Devaney, An introduction to chaotic dynamical system, Westview Press, 2003] hamda [U.A. Rozikov, An introduction to mathematical billiards. World Scientific, 2019] kitob- lardan oʻrganish mumkin.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish