O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


bet27/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   299
Suyaklar tasnifi
Odam skeleti quyidagi bo'laklarga ajratilgan tana suyaklari (umurt- 
qalar, qovurg'alar va to'sh suyagi), kalla suyagi (miya va yuz qismlari­
dan iborat), yelka kamari (kurak va o'mrov suyaklari), qo'l suyaklari 
(yelka, bilak va panja suyaklari), chanoq suyaklari (yonbosh, qovuq va 
quymich suyaklari) va son, boldir hamda oyoq panjasi suyaklaridan iborat.
Suyaklar tuzilishi, rivojlanishi va vazifalariga ko'ra quyidagicha 
bo'linadi.
1. 
N a y s i m o n s u y a k l a r : a) uzun suyaklar — yelka, bilak, son 
va boldir suyaklari, ya’ni qo'l-oyoq suyaklari; g'ovak va zich moddalar- 
dan tuzilgan, ilik kanali bo'ladi, richag harakatiga ega va tayanch, muho­
faza vazifalarini bajaradi; b) kalta naysimon suyaklar — kaft va panja 
suyaklari; qisqa harakat qilish richaglariga ega.
www.ziyouz.com kutubxonasi


2. G o v a k s u y a k l a r : a) uzun g ‘ovak suyaklar — qovurg'a va 
to‘sh suyaklari; ular, asosan, g ‘ovak moddadan tuzilgan bo‘lib, yupqa 
zich modda plastinkasi bilan qoplangan va tayanch hamda himoya vazi­
fasini bajaradi; b) kalta g'ovak suyaklari — umurtqa va kaft usti suyak­
lari; d) sesamasimon suyaklar — tizza qopqog'i, no'xatsimon suyak va 
barmoq suyaklarining sesamasimon suyaklari; g'ovak moddasidan tuzil­
gan, muskul paylarining orasida, deyarli bo'g'im atrofida joylashgan va 
ularni hosil qilishda qatnashadi, harakatni osonlashtiradi.
3. Y a s s i s u y a k l a r : a) kallaning yassi (qopqoq) suyaklari — himoya 
vazifasini bajaradi; b) yassi kamar suyaklar — kurak hamda chanoq 
suyaklari. Ular tayanch va muhofaza vazifalarini bajaradi.
4. A r a l a s h s u y a k l a r — kalla suyagining asosiy qismini tashkil 
etgan va bir qancha suyaklar birikishidan vujudga kelgan suyaklar.
SU Y A K L A R N IN G O 'Z A R O B IR L A S H IS H I
Til osti suyagidan boshqa hamma suyaklar o'zaro turlicha birlashadi. 
Jumladan, uzluksiz (harakatsiz) birlashish va harakatchan birlashish.
Uzluksiz birlashishda suyaklar o'zaro biriktiruvchi to'qima pardalar 
yoki tog'aylar bilan birlashib, harakatsiz yoki kam harakatli birlashishlar- 
ni vujudga keltiradi. Bu xildagi birlashishlar uch xil bo'ladi.
1. Suyaklarning tolali biriktiruvchi to'qimasi turlicha bo'lib, suyaklar 
orasida keng parda (suyaklararo parda) holida yoki 
tutam (boylam) 
holatda joylashadi. Bundan tashqari, bosh suyaklarining ko'pchiligi yupqa 
biriktiruvchi to'qima parda yordamida chok hosil qilib birlashadi.
2. Suyaklar o'zaro tog'aylar yordamida birlashadi. Bunda suyaklar bir 
tomondan bir oz harakatchan bo'lib, ikkinchi tomondan suyak oralig'ida- 
gi tog'ay amortizator vazifasini bajaradi.
3. Suyaklar oralig'idagi yupqa parda suyaklanib ketadi. Natijada bir 
nechta suyak birlashib, butun bitta suyakni hosil qiladi. Jumladan, dumg'aza 
umurtqalari yosh bolalarda tog'ay parda bilan birlashsa, katta odamlarda 
o'zaro suyaklanib bitta dumg'aza suyagini vujudga keltiradi. Yoki kalla 
skeletining tepa suyaklari yosh bolalarda parda bilan birlashsa, katta odam­
larda suyaklararo parda suyaklanib ketadi. Odatda, suyaklarning yarim 
bo'g'im birlashishlari ham uchrab turadi. Bu xildagi birlashishlarda 
suyakning oraliq tog'aylarida bir oz bo'shliq bo'ladi. Qovuq suyaklarining 
o'zaro birlashishi bunga misol bo'la oladi.
Bo'g'im va suyaklarning bir-biriga yaqinlashmasdan o'rtada bo'shliq 
qoldirib birlashishiga b o ' g ' i m deyiladi. Bo'g'im hosil bo'lishi uchun 
quyidagi shartlar lozim:
1. 
Bo'g'im hosil qilishda ishtirok etuvchi suyaklarning bir-biriga mos 
bo'g'im yuzalari bo'lishi shart. Agar suyaklarning bo'g'im yuzalari shakl 
jihatidan moslashmagan bo'lsa, bo'g'im harakatiga xalaqit beradi. Lekin
www.ziyouz.com kutubxonasi


gavdada bo‘g ‘im yuzalari o'zaro moslashmagan hollar ham uchraydi
bunday hollarda ulami tog'aylardan tuzilgan turli shakldagi plastinkalar 
moslashtirib turadi.
2. Suyaklarning bo'g'im hosil qiluvchi yuzalari tog'ay plastinkasi 
bilan qoplangan bo'ladi. Bu bo'g'imlami bo'g'im xaltasi o'rab turadi.
3. Bo'g'im lar to'qima tolalaridan tuzilgan boylamlar bilan mustah- 
kamlangan bo'ladi.
4. Bo'g'im xaltasi ichida, o'zaro birlashuvchi suyaklar oralig'ida bo'g'im 
bo'shlig'i va ularda tiniq — sinovial suyuqlik bo'ladi. Bu suyuqlik 
suyaklarning bo'g'im yuzalarini namlab turadi va ishqalanishdan saqlaydi. 
Bo'g'imlar harakati suyaklardagi bo'g'im yuzalarining shakliga bog'liq. 
Odatda, bir suyakning bo'g'im hosil qiluvchi uchi sharsimon bo'lsa, ikkin­
chi suyakning uchi shunga yarasha botiq yoki suyakning uchi silindr shak­
lida bo'lsa, ikkinchisida shunga moslangan kemtik bo'ladi va hokazo.
5. Bo'g'im hosil qiluvchi suyak boshchalarining tolalari tog'ay to'qima­
si bilan qoplangan bo'ladi. B o'g'im yuzalari mos kelmasa, unda yarim- 
oysimon disklar bo'g 'im yuzalarining chetlarida tog'ay lablar bilan 
moslashadi.
Demak, bo'g'im hosil qilishda ishtirok etuvchi suyak boshlarining shakliga 
qarab, ularning harakatlari aniqlanadi. Odam organizmida bir o'qli, ikki 
o'qli va ko'p o'qli bo'g'imlar bo'ladi. Masalan, ba’zi bo'g'imlar bir o'q 
atrofida harakat qilsa, tirsak va barmoqlar bo'g'imi faqat bukilib-yoziladi. 
Bunday bo'g'imlarni tashkil qilgan suyaklar uchi 
g'altak yoki silindr shaklida bo'ladi (20-rasm).
Ikki o'qli bo'g'imlarda (bilak suyagi bilan kaft 
suyaklari o'rtasidagi bo'g'im ) suyaklardan bittasi­
ning uchi tuxumsimon yoki egarsimon bo'lib, ikki 
tomonlama harakat qiladi. Ko'p o'qli bo'g'imlarda 
(yelka bo'g'im i) suyak uchi sharsimon bo'lib, har 
tomonlama harakatlanadi.
Organizmdagi bo'g'imlarning to'rt xil harakati 
tafovut qilinadi:
1. Frontal (ko'ndalang) o'q atrofida faqat bukish 
va yozish mumkin.
2. Sagittal (oldindan orqaga ketgan) o'q atrofi­
da tanaga yaqinlashish yoki tanadan uzoqlashish 
harakati vujudga keladi.
3. Doira hosil qilib aylanish.
4. Bo'g'im o'z o'qi atrofida burilish harakatini qiladi. . . . . . .
, ■

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish