O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


HARAKAT A’ZOLARI SISTEMASI


bet23/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   299
HARAKAT A’ZOLARI SISTEMASI
Odam yer yuzida harakat qilish qobiliyatiga ega. Harakat apparati o'z 
navbatida faol harakatchan qism — muskullar va passiv (faoliyatsiz) 
qism — suyaklarga (boylamlari bilan) bo'linadi. Lekin muskullar, suyaklar 
va ularni birlashtirib turgan boylamlaming vazifalari bir-biriga bog'liq 
bo'lib, bitta embrional qavat — mezodermadan rivojlanadi. Qisqasi, harakat 
apparati: suyak; suyaklami birlashtiruvchi boylamlar va muskul sistemasidan 
tashkil topgan.
Harakat sistemasi organizmning ko'p qismini yoki gavdaning umu­
miy og'irligiga nisbatan 72,45% ini tashkil etadi. Shu jumladan, muskul­
lar gavdaning 2/5, suyaklar esa 1/5— 1/7 qismidan tashkil topgan.
Muskullar deyarli hamma suyaklar ustini qoplab turadi va gavdaning 
tashqi ko'rinishi (qomat)ning shakllanishida asosiy vazifani bajaradi.
S U Y A K L A R H A Q ID A T A ’L IM O T
Organizmning harakatini ta’minlaydigan harakat a’zolari muskullar 
(yordamchi qismlar bilan), skelet va ulami biriktirib turgan boylamlardan 
iborat.
Skelet organizmda tayanch ahamiyatiga ega bo'lgan zich to'qimalar 
(tuzilmalar yig'indisi)dan iborat. Skelet bir qancha alohida suyaklardan 
vujudga kelgan bo'lib, biriktiruvchi to'qimalar, boylamlar va tog'aylar 
vositasida o'zaro birlashib turadi hamda passiv harakat apparatini hosil 
qiladi. Skelet bo'lmasa, yer yuzidagi bironta jonzod o'zini tik tutib 
turolmaydi va qomat shakllanmaydi. Skelet organizmda, asosan, quyidagi 
vazifalarni bajaradi: tayanch, suyanchiq, harakat va organizmni himoya 
qilish vazifalari.
1. Tayanch vazifasi yumshoq to'qim a va a’zolar skeletning ayrim 
qismiga birikib turishi natijasida vujudga keladi.
2. Harakat vazifasi skeletni tashkil qilib turgan suyaklarning har xil 
richag hosil qilib, bo'g'im orqali birlashishi va nerv sistemasi yordamida 
muskullar qisqarishi bilan namoyon bo'ladi.
3. Himoya qilish vazifasi skeletning alohida qismlaridan vujudga kelgan 
bo'shliqlar orqali bajariladi. Masalan, umurtqalar yig'ilib, orqa miyaning 
joylanib turishiga moslangan kanal, bosh miya uchun kalla suyaklaridan
www.ziyouz.com kutubxonasi


hosil bo'lgan kallaning miya bo'shlig'i, yurak va o'pkalarning saqlanishiga 
moslangan ko'krak qafasi, jinsiy a’zolami tashqi ta’sirdan saqlab turadigan 
chanoq bo'shlig'i shular jumlasidandir. Bulardan tashqari, suyaklarda orga­
nizmning biologik muhofazasini bajaradigan va to'qimalarga kislorod el- 
tuvchi qon tanachalarini vujudga keltiradigan ko'mik bo'ladi. Odam skele- 
tining deyarli hammasi (kalla suyagining tepa bo'lagi va yuz qismining 
ba’zi suyaklari, o'mrov suyaklarining ko'p qismidan mustasno) embri­
onning o'rta varag'i — mezodermadan uch davrni o'tib takomillashadi:
1) biriktiruvchi to'qima (parda) davri, 2) to- 
g'aylanish va 3) suyaklanish davrlari.
Odam skeleti 200 dan ortiq ayrim suyak­
lardan tuzilgan bo'lib, ularning aksariyati juft 
suyaklardir. Suyaklar, asosan, suyak to'qima- 
laridan tuzilgan (17-rasm).
Suyaklar qattiq va elastik bo'lib, asosan, 
ikki xil moddadan iborat. Ularning 1/3 qismi 
organik moddalar (ossein, muguz modda) 
bo'lsa, 2/3 qismi anorganik moddalardir (aso­
san, kalsiy tuzlari, ayniqsa fosfor kislotali ohak
10
— 51,04% ni tashkil etadi). Suyaklar elastik-
11
ligini ossein moddasi ta’minlaydigan bo'lsa, 
ularning qattiq (pishiq) ligi mineral tuzlar hiso­
biga vujudga keladi. Suyaklar tarkibidagi orga­
nik va anorganik moddalar munosabati kerak­
li mustahkamlikni namoyon qiladi va bu holat 
yoshga qarab o'zgarib boradi. Yosh organizm 
suyaklari tarkibida ossein ko'pligi tufayli 
bukiluvchi bo'lib, m o'rt bo'lm aydi. Yosh 
ulg'ayib borgan sayin suyaklar tarkibida mineral 
tuzlar ko'payadi. Shuning uchun odam kek- 
saygan sari, suyaklari elastiklik xususiyatini 
yo'qotib, asta-sekin mo'rtlashadi, tez sinadi- 
gan bo'lib qoladi.
Suyaklar tarkibida organik va anorganik 
moddalardan tashqari, A, D va S vitaminlari 
ham bo'ladi. Yosh bolalar suyagi tarkibida 
kalsiy tuzlari va D vitamini yetishmasligidan 
raxit kasalligi kelib chiqadi, suyaklar mus- 
tahkamligi kamayib har tomonga qiyshayadi. 
Agar suyakda A vitamini yetishmasa, suyak­
lar haddan tashqari yo'g'onlashib, ichidagi 
bo'shliqlari, har xil kanalchalari kattalashadi.
-
22
-

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish