/ - tikka (vertikal) o'q; 2 - k o ‘ndalang o'q;
3
- frontal (peshona) sath;
4
- frontal, gori
zontal va sagittal sathlar bo'ylab o'tkazilgan
o'qlar; 5 - frontal sathdagi chiziq; 6 - sagittal
o'q chiziq; 7 - sagittal sathdagi chiziq.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Organizmning tashqi muhit ta’siriga javob berib moslashishi shu orga
nizmning reaktivligi bo'lib, moddalar almashinuvi va ko‘payishlar hayotning
asosiy xususiyatidir.
Tirik organizm rivojlanib, takomillasha borgan sari o'zaro bog'liq
holda reaktivligi ham murakkablashib boradi.
Organizm tuzilishining yuqori pog'onaga ko'tarila borishi tashqi
muhitning har xil ta’sirlarga javob berish qobiliyati o'sib, moslashib
borishi bilan ifodalanadi.
Odamning reaktivligi uchun ikkinchi signal sistemasi va oliy nerv
faoliyatining mohiyati nihoyatda muhim. Binobarin, organizmning reak
tivligi, uni tashqi muhitning zararli ta’sirlaridan muhofaza qilish xususiyati
bo'lib, ular turlicha.
1. Individual reaktivlik organizmning harorat va kislorod miqdorining
ko'p-ozligi, yashash muhiti, ovqatlanish rejimi hamda yoshga, irsiyatga
bo'lgan munosabati bilan aniqlanadi.
2. Fiziologik reaktivlik — sog'lom organizm reaksiyasi; har xil odamda
turlicha bo'ladi, jumladan, ba’zi kasalliklar (gripp, difteriya va h.k.) ayrim
bolalarda og'ir, boshqalarida esa yengil o'tadi.
Muhofaza reaksiyalari normal fiziologik funksiyalar bilan chambar-
chas bog'liq. Masalan, ishlash davrida moddalar almashinuvi oshib, yurak
urishi, nafas olish tezlashadi.
3. Patologik reaktivlik kasallik davrida (kasallikda organizmning
zaiflashishi) yuzaga keladi. Jumladan, kasallikda harsillash, terlash va
organizm haroratining ko'tarilishi antitelolar ishlab chiqarishni oshirib,
organizmni holsizlantiradi.
Regeneratsiyaning — jarohatlangan yoki o'lgan to'qimalarning qayta
tiklanishi.
Regeneratsiyaning ikki: fiziologik va tiklanuvchi turi tafovut qilinadi.
Fiziologik regeneratsiya kundalik normal hayotda halok
bo'lgan
hujayralar o'rniga yangi hujayralar paydo bo'lishidir. Jumladan, epiteliyning
chuqur qavatida joylashgan hujayralar va ko'mikdagi o'lgan qon hujayra
lari o'mini yangi hujayralar to'ldiradi. Odamning qon hujayralari o 'rta
cha bir oy davomida yangilanadi.
Tiklanuvchi regeneratsiya jarohatlangan to'qimalarda, sog'lom qolgan
hujayralaming ko'payishi hisobiga yuz beradi. Bunda nuqsonga yaqin
sog'lom to'qimalarda kompensator gipertrofik jarayon (regeneratsion gi-
pertrofiya) rivojlanadi.
Ko'pchilik a’zolarda regeneratsiya markazi bo'ladi. Masalan, suyak
singanda suyak ust pardasi regeneratsiya markazi vazifasini o'taydi. Bunday
markaz qon uchun ko'mik hisoblanadi va h.k. Odatda, to'liq va chala
www.ziyouz.com kutubxonasi
regeneratsiya tafovut qilinadi. To'liq regeneratsiya — nuqson o'midagi
to'qima ham, tuzilishi ham funksiyasi jihatidan yo'qolgan to'qimaga
batamom o'xshash bo'ladi. Chala regeneratsiyada esa nuqson o'm i bi
riktiruvchi to'qimadan rivojlangan chandiq bilan qoplanadi.
Regeneratsiya muddati organizmning umumiy holatiga, neyro-gumo-
ral omilga, tashqi va ichki muhitga, yoshga va endokrin bezlar funksiyasiga
qarab davom etadi. Regeneratsiya yoshlarda tezroq, keksalarda, aksincha,
sekinroq bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download Do'stlaringiz bilan baham: |