2. G o v a k s u y a k l a r : a) uzun g ‘ovak suyaklar — qovurg'a va
to‘sh suyaklari; ular, asosan, g ‘ovak moddadan tuzilgan bo‘lib,
yupqa
zich modda plastinkasi bilan qoplangan va tayanch hamda himoya vazi
fasini bajaradi; b) kalta g'ovak suyaklari — umurtqa va kaft usti suyak
lari; d) sesamasimon suyaklar — tizza qopqog'i, no'xatsimon suyak va
barmoq suyaklarining sesamasimon suyaklari; g'ovak moddasidan tuzil
gan, muskul paylarining orasida, deyarli bo'g'im atrofida joylashgan va
ularni
hosil qilishda qatnashadi, harakatni osonlashtiradi.
3. Y a s s i s u y a k l a r : a) kallaning yassi (qopqoq) suyaklari — himoya
vazifasini bajaradi; b) yassi kamar suyaklar — kurak hamda chanoq
suyaklari. Ular tayanch va muhofaza vazifalarini bajaradi.
4. A r a l a s h s u y a k l a r — kalla suyagining asosiy qismini tashkil
etgan va bir qancha suyaklar birikishidan vujudga kelgan suyaklar.
SU Y A K L A R N IN G O 'Z A R O B IR L A S H IS H I
Til osti suyagidan boshqa hamma suyaklar o'zaro turlicha birlashadi.
Jumladan, uzluksiz (harakatsiz) birlashish va harakatchan birlashish.
Uzluksiz birlashishda suyaklar o'zaro biriktiruvchi to'qima pardalar
yoki tog'aylar
bilan birlashib, harakatsiz yoki kam harakatli birlashishlar-
ni vujudga keltiradi. Bu xildagi birlashishlar uch xil bo'ladi.
1. Suyaklarning tolali biriktiruvchi to'qimasi turlicha bo'lib, suyaklar
orasida keng parda (suyaklararo parda) holida yoki
tutam (boylam)
holatda joylashadi. Bundan tashqari, bosh suyaklarining ko'pchiligi yupqa
biriktiruvchi to'qima parda yordamida chok hosil qilib birlashadi.
2. Suyaklar o'zaro tog'aylar yordamida birlashadi.
Bunda suyaklar bir
tomondan bir oz harakatchan bo'lib, ikkinchi tomondan suyak oralig'ida-
gi tog'ay amortizator vazifasini bajaradi.
3. Suyaklar oralig'idagi yupqa parda suyaklanib ketadi. Natijada bir
nechta suyak birlashib, butun bitta suyakni hosil qiladi. Jumladan, dumg'aza
umurtqalari yosh bolalarda tog'ay parda bilan birlashsa, katta odamlarda
o'zaro suyaklanib bitta dumg'aza suyagini vujudga keltiradi. Yoki kalla
skeletining tepa suyaklari yosh bolalarda parda bilan birlashsa, katta odam
larda suyaklararo parda suyaklanib ketadi. Odatda,
suyaklarning yarim
bo'g'im birlashishlari ham uchrab turadi. Bu xildagi birlashishlarda
suyakning oraliq tog'aylarida bir oz bo'shliq bo'ladi. Qovuq suyaklarining
o'zaro birlashishi bunga misol bo'la oladi.
Bo'g'im va suyaklarning bir-biriga yaqinlashmasdan o'rtada bo'shliq
qoldirib birlashishiga b o ' g ' i m deyiladi. Bo'g'im hosil bo'lishi uchun
quyidagi shartlar lozim:
1.
Bo'g'im hosil qilishda ishtirok etuvchi suyaklarning bir-biriga mos
bo'g'im yuzalari bo'lishi shart. Agar suyaklarning bo'g'im yuzalari shakl
jihatidan moslashmagan bo'lsa, bo'g'im harakatiga xalaqit beradi. Lekin
www.ziyouz.com kutubxonasi
gavdada bo‘g ‘im yuzalari o'zaro moslashmagan
hollar ham uchraydi,
bunday hollarda ulami tog'aylardan tuzilgan turli shakldagi plastinkalar
moslashtirib turadi.
2. Suyaklarning bo'g'im hosil qiluvchi yuzalari tog'ay plastinkasi
bilan qoplangan bo'ladi. Bu bo'g'imlami bo'g'im xaltasi o'rab turadi.
3. Bo'g'im lar to'qima tolalaridan tuzilgan boylamlar bilan mustah-
kamlangan bo'ladi.
4. Bo'g'im xaltasi ichida, o'zaro birlashuvchi suyaklar oralig'ida bo'g'im
bo'shlig'i va ularda tiniq — sinovial suyuqlik bo'ladi. Bu suyuqlik
suyaklarning bo'g'im yuzalarini namlab turadi va ishqalanishdan saqlaydi.
Bo'g'imlar harakati suyaklardagi bo'g'im yuzalarining shakliga bog'liq.
Odatda, bir suyakning bo'g'im hosil qiluvchi uchi sharsimon bo'lsa, ikkin
chi suyakning uchi shunga yarasha botiq yoki suyakning uchi silindr shak
lida bo'lsa, ikkinchisida shunga moslangan kemtik bo'ladi va hokazo.
5. Bo'g'im hosil qiluvchi suyak boshchalarining tolalari tog'ay to'qima
si bilan qoplangan bo'ladi. B o'g'im
yuzalari mos kelmasa, unda yarim-
oysimon disklar bo'g 'im yuzalarining chetlarida tog'ay lablar bilan
moslashadi.
Demak, bo'g'im hosil qilishda ishtirok etuvchi suyak boshlarining shakliga
qarab, ularning harakatlari aniqlanadi. Odam organizmida bir o'qli, ikki
o'qli va ko'p o'qli bo'g'imlar bo'ladi. Masalan, ba’zi bo'g'imlar bir o'q
atrofida harakat qilsa, tirsak va barmoqlar bo'g'imi faqat bukilib-yoziladi.
Bunday bo'g'imlarni tashkil qilgan suyaklar uchi
g'altak yoki silindr shaklida bo'ladi (20-rasm).
Ikki o'qli bo'g'imlarda (bilak suyagi bilan kaft
suyaklari o'rtasidagi bo'g'im ) suyaklardan bittasi
ning uchi tuxumsimon yoki egarsimon bo'lib, ikki
tomonlama harakat qiladi. Ko'p o'qli bo'g'imlarda
(yelka bo'g'im i) suyak uchi sharsimon bo'lib, har
tomonlama harakatlanadi.
Organizmdagi bo'g'imlarning to'rt
xil harakati
tafovut qilinadi:
1. Frontal (ko'ndalang) o'q atrofida faqat bukish
va yozish mumkin.
2. Sagittal (oldindan orqaga ketgan) o'q atrofi
da tanaga yaqinlashish yoki tanadan uzoqlashish
harakati vujudga keladi.
3. Doira hosil qilib aylanish.
4. Bo'g'im o'z o'qi atrofida burilish harakatini qiladi. . . . . . .
, ■
Download
Do'stlaringiz bilan baham: