6-§. O’zbek estrada san’atining asoschisi - Botir Zokirov.
Bugun o’zbek estrada qo’shiqchiligining asoschisi Botir Zokirov tavallud
topgan kun. Botir Zokirov hayot bo’lganida ushbu kun 84 yoshga to’lardi. Botir
Zokirovning kundaliklarini va Fotima Sharipovaning Zokirovlar sulolasi haqidagi
Abadiyat ibtidosi kitobi yaratildi. Ta’sirli kitob. Jaholat borligi uchun ham yaxshi
insonlarning, buyuk g’oyalarning qanchasi muallifining qalbida armon bo’lib qolib
ketadi.
Mazkur kitobda Botir Zokirovning kundaligidagi bitiklar havola qilingan.
Nazarimda insonlardagi loqaydlik va befarqlik dunyomizni yanada ko’proq
to’ldirmoqda, u go’yo zamonaviy san’atimizni aks ettirayotgandek. Tuzsizlik va
kaltafahmlik, baxillik va ikkiyuzlamachilik-loqaydlik hukmidagi bosh illatlar mana
shular. Iste’dodlilarni yerto’lalarga haydab u tantana qilmoqda, kulmoqda.
Kimlarki zaifroq bo’lsa, ular dosh berolmasdan turli yo’llar bilan hayotdan
ketayotir.
Bir xillarning boshiga ichkilik yetmoqda, boshqa birlari kasbini
o’zgartirmoqda, yana bir xillar o’z joniga suiqasd qilsa, to’rtinchi toifa yashash
uchun moslashmoqda.
Hayotimning qo’shig’in topolsaydim
Dunyoda kishilarni olijanob, poklikka e’tib da’vat.
Baxilligu tubanlik, xudbinligu riyoga,
Kurashlarga chorlasa meni u azalu abad.
Tilimning soqovligi do’zax o’tidan yomon,
U menga shivirlaydi.
Yashamagin yaxshisi.
Yashashga kuch topganlarga qanday hasad qilaman,
Qanday topay men o’sha alam va haq sasini.
299
Inson nega kuyga, qo’shiqqa oshufta? Navo og’ushida
goho bor-yo’qligini ham unutib qo’yadi, nega? Kuy-qo’shiqda
qanday sehr borki, ko’ngilda mehr uyg’otadi? Botir Zokirovning
qo’shiqlarini tinglagan inson mana shu savollar girdobida qoladi.
Goh milliy ohangdagi qo’shiqlardagi tug’yon, dardlarni tinglasak,
goho arab, eron, hind, livan, meksikacha, italyancha, suriyacha qo’shiqlarini
tinglab mehr-muhabbat u qay millatdan bo’lishidan qat’iy nazar inson qalbiga bir
xil dard solishini anglaymiz. O’zbek estrada san’atining asoschisi va yorqin
yulduzi, O’zbekiston xalq artisti Botir Zokirovning jahon musiqa san’atida o’z
munosib o’rni bor. Tiniq, mayin, maftunkor ovoz sohibi bo’lgan bu ulug’ san’atkor
betakror qo’shiqlari bilan o’ziga haykal qo’yib ketgan insondir.
Botir Zokirov - O’zbek professional estrada san’ati asoschilaridan biri,
dunyo tan olgan estrada yulduzi Botir Zokirov 26-aprel 1936 yilda Toshkent
shaxrida san’atkorlar oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Karim Zokirov o’zbek
opera san’atining sarbonlaridan biri, onasi Sh. Saidova o’zbek xalq qo’shiqlari,
laparlari va yallalarining ajoyib ijrochisi edi.
Umuman Zokirovlar oilasi o’zbek xalqining musiqa madaniyatiga salmoqli
xissa qo’shgan sulola sanaladi. Botir Zokirovning bolaligi, yoshligi, san’at
muxitida tarbiyalanadi. Uning xotirasi va eshitish kobiliyati juda kuchli edi. Rasm
chizishga, shexr yozishga ishqiboz edi.
San’atda birinchi ustozlari Oʻzbekiston xalq artisti
58
(1939) otasi Karimjon aka Zokirov (12.03.1912 – 19.02.1977),
onasi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist (1952) xonanda,
aktrisa Shohista
(Shoista)
Saidova (1917 –
7.02.2000) bo’ldilar. U yoshlikdan qo’shiqni
dildan sevib kuylashni odat qildi. Uning birinchi qo’shigi
Qaydasan, seni kutaman deb atalgan va o’n to’rt yoshida Majnun
deb nomlangan kartinani chizdi. 1952 yili Toshkent davlat
konservatoriyasining vokal fakul’tetiga o’qishga kirdi. O’sha davrda estrada
58
https://uz.wikipedia.org/wiki/Zokirovlar
300
san’atida qaldirg’och sanalgan. Yoshlik estrada ansambliga qatnay boshladi. 1958
yilda shu ansambl bazasida O’zbekiston Davlat estrada orkestri tuzildi. Orkestrni
tuzishda Botir Zokirov jonbozlik ko’rsatdi.
Singlisi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist
(1965)
Luiza Zokirova
59
(7.01.1938) bilan ushbu ansamblda ishlay
boshladi. Orkestr Botir Zokirovning ijodiy yo’lini qat’iy belgilab
berdi. 1957 yilda Moskvada o’tkazilgan o’zbek dekadasida
mashhur arab kompozitori Dorish Al-Attoshning - Arab tangosi
qo’shigi birinchi marta yangradi va chaqmoq kabi Botir Zokirov nomini
qo’shiqsevarlar qalbiga olib kirdi. Bu kutilmagan omad, shuxrat va kelajakka
ishonch edi. Bu qo’shiq xonanda dasturining mukaddimasi bo’lib qoldi va minglab
nusxada plastinkalar chop etildi.
1959 yilda - Gullar ochilganda badiiy filmida qahramonlardan birini
obrazini yaratadi va qo’shiq ijro etadi
60
. 1963 yilda esa Seni izlaring badiiy filmida
shoir Turob Tula va kompozitor Ikrom Akbarovning G’azli qo’shigi yangradi.
Keyinchalik Ikrom Akbarov bilan xamkorlikda Qaro ko’zligim, Yor kel, Ey
sarbon, Seni yo’qlab singari mashhur qo’shiqlar dunyoga keldi. Botir Zokirovni
ayniqsa,
Moskvalik tomoshabinlar intiqlik bilan kutishardi. Mashhur kontsert
zallarida chiptalar oylab oldindan sotilib bo’lardi. 1966 yili Moskva Myuzik – xolli
bilan Parijga qilgan ijodiy safari xonandaga chinakamiga jahonshumul shuhrat
keltirdi. Jahonga mashhur Olimpiya estrada teatri sahnasida 20 kun davomida
kontsertlarda qatnashdi. O’zi sevib ijro etgan qo’shiqlari qatorida Do’st haqida
qo’shiq, O’lkam qizi, Meni tashlab ketma singari frantso’zcha qo’shiqlar ham bor
edi. Ayniqsa, Maro bebus qo’shig’ini tomoshabinlar qaytalab aytdirishdi.
Gastrolning so’ngi kunlarida kontsertlarning ikkinchi bo’limida faqat o’zi
kuyladi. O’sha paytda Parij gazetalari Botir Zokirovni jahonning mashhur
qo’shiqchisi Sharlr Aznaur bilan tenglashtirib yozishdi. Oradan yigirma yil o’tib,
59
https://www.kino-teatr.ru/kino/acter/315936/
60
https://www.kino-teatr.ru/kino/movie/sov/13888/annot/
301
O’zbekistonlik taniqli adiblardan biri frantsiyadagi safari chog’idagi bo’lgan
uchrashuvda: O’zbeklardan kimlarni bilasizlar-deb so’raganida, Shoir Alisher
Navoiyni, xonanda Botir Zokirovni, deb javob berishgan ekan. Botir Zokirov turli
tillarda qo’shiq kuylardi. U boshqa xalqlar qo’shiqlarini kuylashdan oldin o’sha
xalqning tarixi, turmushi, madaniyati va san’atiga oid xar xil adabiyotlarni o’qib,
o’rganardi. Shuning uchun ham ko’pgina xorijiy tillarda aytgan qo’shiqlari unga
katta shuxrat olib keldi. Uni xindlar – xind, ruslar – rus, arablar – arab, frantso’zlar
– frantso’z, deb atashardi. Vaholanki, u o’zbek xonandasi edi. 1972 yilda O’rta
Osiyoda birinchi va sobiq ittifoqda uchinchi bo’lgan Myuzik-xoll guruhini tuzdi.
Myuzik-xoll - bu estradaning eng yuksak chuqqisi hisoblanadi. U estrada
ansambli, dramatik aktyor, tsirk artistlari, raqs guruhlari singari bir qancha
janrlarni o’zida mujassamlashtirgan san’atdir. Sindbod sayohati, Sharq bozori,
Sharq ertagi, Toshkent to’yi deb nomlangan dasturlari bilan respublikamizning
turli shaharlarida, Moskvadagi Rossiyadagi Oktyabr kontsert zallarida oylab
kontsertlar bergan.
Botir Zokirov jahonning mashhur ijodkorlari Chingiz Aytmatov, Rasul
Hamzatov, Nozim Xikmat, Yuriy Silantev, Iosif Kobzon, Mixail Ulyanov, Sergey
Obraztsov, Tamaraxonim singari yozuvchi va san’atkorlar bilan mustahkam
do’stlik va ijodiy aloqalar bog’lagan edi. Jahonning birinchi kosmonavta Yuriy
Gagarin 1963 yil 31 dekabr kuni Goluboy Ogonyok yangi yil bazmida, diktorning
Eng sevimli xonandangiz kim? degan savoliga: - Mening yaxshi ko’rgan
qo’shiqchim Botir Zokirov, deb javob bergan edi.
Fazogir Toshkentga kelganida Botir Zokirovni ko’rish istagini bildiradi va
u gastrolda bo’lganligi sababli, uyiga kelib onasi Shoxista opani ko’rib ketadi.
Botir Zokirov sehrli muyqalam sohibi sifatida o’zidan ko’plab betakror asarlar
qoldirdi. Majnun, Oqshom, Avtoportret, Buxoro manzarasi, Saraton, Moskva
manzaralari, Qrim manzaralari, Yolgizlik, Ko’cha, Anor pishganda singari asarlari
shular jumlasidandir. Xikoyanavis yozuvchi sifatida Ona, Muysafit, Paxlavon -
yetakchi, Tabassum xikoyalari Shark yulduzi, Guliston jurnallarida chop etildi.
302
Botir Zokirov o’zbek milliy estrada san’atini rivojlanishini jon dilidan istar
edi. U faqat xalqona milliy estrada san’atini tarafdori edi va bu xaqda kuyinib
matbuotda fikrlarini bildirar edi. Shu yo’lda tinimsiz izlanar edi. Umrining oxirgi
yillarida ukasi bastakor va aktyor, O'zbek estrada xonandasi, "Yalla" vokal-
instrumental ansamblining badiiy rahbari (1976 yildan)
Oʻzbekiston va sobiq Sovet Ittifoqining yana besh
respublikasi xalq
artisti (1987), San'at
sohasidagi
O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati Farrux
Zokirov (16.04.1946) rahbar bo’lgan mashhur Yalla
ansambli bilan birgalikda ijod qildi. U sahnaga qanday yonib chiqqan bo’lsa,
umrini oxirigacha shunday yonib kuyladi. Xamisha har qanday vaziyatda
iymoniga, e’tiqodiga, o’zligiga sodiq qoldi. Bu buyuk san’atkor o’zbek estradasiga
asos soldi. Yoshlikdan chirmab olgan surunkali kasallik natijasida umri davomida
olti marta jarroxlik stoliga yotdi va 49 yoshida olamdan o’tdi. Unga O’zbekiston
xalq artisti faxriy unvoni berilgan, vafotidan so’ng Prezidentning Farmoni bilan
Buyuk xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan. Uning nomida har yili yosh
estrada xonandalarining ko’rik tanlovi o’tkazilib turiladi.
Botir Zokirov kompozitorlardan Ikrom Akbarovning "Yor, kel", "Rahno",
"Gazli", "Qaydasan", "Seni eslayman", Mutal Burhonovning "Maftun bo’ldim",
"Namedonam, chinom dorod", Sayfi Jalilning "Majnun monologi", "Kechalari
yulduz sanab", Enmark Solihovning "Kuz keldi yana" va boshqa qo’shiqlarini
kuylab xalqimizning estrada sanhatiniga asos solgan va durdonalar bilan boyitgan.
Zamonaviy estrada uslubida qayta ishlangan sharqu g’arb navolari sanhatkorning
dovrug’ini jahonga yanada kengroq yoydi. Hindcha "Meychale", "Nechun xayolga
cho’mding", "Dil orzusi", eroncha "Maro bebus", "Ayriliq qo’shig’i", livancha
"Go’zal", meksikacha "Alvido, muhabbat", italyancha "Yashasin muhabbat",
suriyacha "O’tmishimga yig’layman", misrcha "Arab tangosi" kabi qo’shiqlarning
har birini asl tilda, benazir ijro talqinida kuylagan. Botir Zokirovning muyqalam
sohibi sifatida chizgan "Avtoportret", "Saraton", "Gumbazlar", "Bolalik ko’chasi",
"Chor Minor" kabi jami 200 dan ortiq rangorang asarlari shinavandalarga yaxshi
303
tanish. Adabiyot va shehriyat sohasida u bir qancha hikoya, ocherk va shehrlar,
shuningdek, Ikrom Akbarov tomonidan bastalangan "So’g’d elining qoploni"
operasi uchun libretto muallifi bo’lgan. Kinoaktyor sifatida Botir Zokirov yosh
muhandis ("Gullar ochilganda"), Rabindrat Tagor ("Olovli yo’llar"), Abdullo
("Dahoning yoshligi") kabi obrazlarni yaratishga muvaffaq bo’lgan. Botir Zokirov
ijodiga bag’ishlangan "Menga qo’shiq chizib ber", "Aytilmay qolgan qo’shiq",
"O’sha, o’tgan kunlar" nomli hujjatli filmlar suratga olingan. Mashhur xonanda
o’zbek estrada sanhati dovrug’ini sobiq Ittifoq respublikalari, Frantsiya,
Avstraliya, Germaniya, Kuba hamda Afrika qithasi mamlakatlarida keng yoydi.
Botir va Luiza Zokirovaning dilbar qo’shig’i
"Baxt qaydasan?" deb nomlanadi. Zamonaviy tilda
aytilganda bu qo’shiq duet hisoblanadi. Botir
Zokirov: Baxt qayerdasan, qani sening yorug’
qiyofang, - desa, Luiza Zokirova unga baxt qorli cho’qqilarda, daryolarda,
kuylanayotgan qo’shiqlarda deb javob beradi. Qahramon tog’ cho’qqilariga
ko’tariladi, daryolardan o’tadi, qo’shiqlar yaratdi- baxt o’zi qaydasan? Shunda
Luizaning chuqur va uzoqqa chorlovchi ovozi aks-sado beradi: Men yoningdaman,
agar qurbing yetsa meni quvib yet… Ba’zan qo’shiq yoki biror san’at asari
insonning taqdiriga aylanadi. 1938 yilda Zokirovlar xonadonida qizaloq dunyoga
keladi. Ota-ona opera san’ati ixlosmandlari emasmi, qizaloqqa Shillerning "Makr
va muhabbat" dramasi qahramoni Luizaning ismini qo’yishadi. Uyda uni Zyuzyu
deb erkalashar, Botir Zokirov esa uni Lyulyu deb chaqirardi.
Oilada yakka-yu yagona qiz emasmi oilada uni barcha suyar, u oilaning
duru gavhari hisoblanar, aka-ukalari uning barcha istagini bajarishga tayyor, Luiza
ular nazarida malikalardek edi. Qiz nafaqat tashqi tarafdan go’zal, balki qalbi ham
shu qadar sof ediki, barcha bilan samimiy suhbatlashar, ochiqko’ngil, birovni
aldashni bilmasdi. O’zgalarni aldayotganligini bilib qolsa chidab turolmas, to’g’ri
so’zlayotganda yaqinlarini ham ayamas shuning bilan birga juda-juda mehribon
edi.
304
Luiza qo’shiq kuylashni erta boshladi. Ilk bora qo’shiqchi sifatida 17
yoshida chiqdi. 1955 yilda Moskvaga ketayotgan Hindiston bosh Vaziri Javoharlal
Neru Toshkentda uch kun mehmon bo’ldi. Oliy mehmonning sharafiga
uyushtirilgan kontsertda Luiza ilk bora hindcha qo’shiq kuyladi.
Qo’shiq mehmonlarga manzur bo’ldi. Ular kuchli hayajonlanganlaridan
ko’zlarida yosh qalqidi. Indira Gandi qizning yuzlaridan o’pdi, Neru unga fil
suyagidan ishlangan to’g’nog’ich sovg’a qildi. Sharq musiqasiga qiziqish tufayli
Luiza maktabni bitirib chet tillar institutiga kirdi. Bu yerda u ozgina o’qib, estrada
Luizani shu qadar rom etdiki, estrada xonandasi sifatida u qisqa vaqt mobaynida
o’z muxlislarini topdi. Toshkentdagi hech bir kontsert uning ishtirokisiz
o’tmaydigan bo’ldi.
Xonanda qo’shiqlari yozilgan grammafon plastinkalari ko’z ochib
yumguncha sotilib ketardi. Taqdir insonga istehdodni sahovat bilan ulashib, uni
omad va shon-sharafga burkab, bahzan uning irodasini sinash uchun og’ir
sinovlarni ham yuborarkan. Luiza Zokirova ham ana shunday qismatga duchor
bo’ldi. Boshqalarga doimo jon kuydirib o’zining sog’ligiga qaramasdi. Kasallik
allaqachon boshlanganiga qaramasdan u hech kimga buni bildirmagan, uzoq vaqt
shifokorlarga murojaat qilmagandi. Og’riq qoldiruvchi dorilar kor qilmagach u
shifoxonaga borishga majbur bo’ldi.
Luizani onkologiya dispanseriga tekshirishga yubordilar. Onkologiya
markazida doktor Shek tekshirish natijalarini ko’riboq, darrov operatsiya qilish
kerakligini bildirdi. Luiza qarindoshlari bilan maslahatlashish, balki vidolashish
uchun shifokordan bir kungagina ruxsat so’radi. Oilaviy kengashda Farrux Zokirov
qathiy qarorini bildirdi: "Luiza hozir tig’ ostiga yotishi mumkin emas, u
operatsiyani ko’tara olmaydi. Turkona dorilar bilan davolashni qo’llab ko’raylik-
chi, zora nafi tegsa".
O’zbekistonda dovrug’i ketgan namanganlik Muhiddin tabib Luizani bir oy
mobaynida dorivor giyohlar bilan davoladi. Natijada kuchli og’riq to’xtadi.
Davolanish natijalarini bilish maqsadida yana tekshirtirish uchun Onkologiya
markaziga borganlarida doktor Shek ularni endi qabul qila olmasligini bildirdi.
305
Biroq tekshiruvlar natijasida o’simtani o’sishi va kuchli shamollash to’xtaganligi
aniqlandi. Zararli o’simtalarni kesib tashlash, kasallikni tag-tomiri bilan yo’qotish
maqsadida Luiza Zokirovani operatsiya qilishdi. Xudoning inoyati, yaqinlarining
ruhan qo’llab-quvvatlashlari va o’zining irodasi bilan Luiza Zokirova xavfli
kasallikni yengdi. To’qsoninchi yillar miyonasida Luiza Zokirova turmush
o’rtog’ining rahyi bilan doimiy yashash uchun AQShga ko’chib ketdi.
Qizi Nargiza Zokirova, nabiralari Sabina, Auel, Laylolarni qo’llab-
quvvatlab yashamoqda. U yerda ham u o’zbek qo’shiqlarini kuylamoqda. Luiza
Zokirova umrning cho’qqisini zabt etish uchun mana shunday qorli yo’llarni bosib
o’tgan, hayot sinovlariga bardosh berish orqali baxtini topgan mana shunday
zahmatkash o’zbek ayolidir.
Zamonaviy o’zbek estradasi asoschisi Botir Zokirov xotirasiga bag’ishlab
o’tkazilgan tadbir haqida so’z yuritadigan bo’lsak
-
ushbu tadbir yosh ijodkor
avlodni musiqa san’ati tarixi hamda mashhur vakillari bilan tanishtirish, yosh
o’g’il-qizlarning ijrochilik mahorati oshirish, yosh va katta avlodlar uchrashuvini
amalga oshirish hamda O’zbekiston Respublikasida 2015 yil – Keksalarni
e’zozlash yili Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taominlash doirasida
tashkil etilgan. Tadbir 2015 yil 30 aprel kuni kuni soat 15:00 da muassasa faollar
zalida o’tkazildi.
Tadbirda o’zbek estrada san’atining asoschisi Botir Zokirovning hayoti va
ijodi, musiqa yo’nalishiga qo’shgan hissasi haqida so’z bordi. Xotira tadbiriga
taklif etilgan mehmonlardan san’atshunoslik fanlari doktori, professor,
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sanoat arbobi To’xtasin G’afurbekov,
O’zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov, O’zbekiston xalq artisti Nasiba
Abdullaeva, O’zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa’diev, sanoatshunoslik fanlari
nomzodi, doktorant Gulshanoy Tursunova, Xalqaro tanlovlar laureati Ravshan
Zokirovlar xalqimizning taniqli qo’shiqchisi Botir Zokirov haqida o’z xotiralari
bilan o’rtoqlashdilar. Ijodiy kecha yakunida muassasa o’quvchilari tarkibidan
iborat orkestr o’z san’atini namoyish etdi.
306
Do'stlaringiz bilan baham: |