balki ongli va ijodiy tarzda his etib kuylashga yondoshishi shart. Bu uchun har bir
mashqni talabaga kuylashni tavsiya etishda uni nafaqat kuylab ko’rsatish, balki
uning asosiy maqsadini mufassal tushuntirib berish lozim. Shunda talaba ongli
ravishda ovozini tug’ri yo’naltiradi, hamda fonetik va texnik qiyinchiliklarni onson
308
7.
Estrada xonandaligi uslubidagi barcha texnik yo’nalishlarini egallash.
Eng avvalo ovozni erkin va to’liq chiqishini diapazonning o’rta qismida
yangratishga erishish lozim. Shundan so’ng diapazoning yuqori tovushlarini
kuylashga o’tish mumkin.
Ish jarayonida ustozning idroki nihoyatda xushyor bo’lishi, tomoq siqilishi,
artikulyasiyaning noto’g’ri pozitsiyada ekanligi va xususan ovoz toliqishini o’z
vaqtida payqab olib zarur choralar ko’rishi shart. Dars jarayonida talabada vokal
mashqlarining barcha turlari M (yumuq) tovushdagi yopiq lablar bilan ochiq
tarzdagi unli tovushlar hamda unli va undosh tovushlar birligida legato, stakkato,
arpedjio, intervallar, gammalar, kichik kuylarni (popevka) kuylash va ulardan
tegishli malakalar va ko’nikmalar shakllanishi lozim.
Ma’lumki, har bir ustoz-o’qituvchi o’zining shaxsiy tarjibasi va nuqtai
nazariga tayanib vokal mashqlari orqali ovozni rivojlantirishda xususiy ish
uslubiga ega. Ushbu qo’llanmada umumlashtirib berilgan vokal mashqlardan va
uslubiy tavsiyalardan unumli foydalanib, o’z ish uslubini takomillashtirish tavsiya
etiladi.
Ma'lumki, har bir ustoz-o‘qituvchi o‘zining shaxsiy tarjibasi va nuqtai
nazariga tayanib vokal mashqlari orqali ovozni rivojlantirishda xususiy ish
uslubiga ega. Ushbu qo‘llanmada umumlashtirib berilgan ovoz sozlash
mashqlaridan va fan dasturidaberilgan musiqiy asarlardan unumli foydalanib, o‘z
ish uslubini takomillashtirish tavsiya etiladi. Zeroki, ushbu kuylash uchun berilgan
mashqlar va ularni qo‘llashga doir uslubiy tavsiyalar nufuzli musuqashunoslarning
ko’p yillik tajribalari asosida vujudga keltirilgandir.
Ovoz sozlash uchun pedagogik talablarga mos vokal mashqlarini tavsiya
etamiz.
Ush bu mashq og’izni yumib kuylanadigan («M» tovush) mashqlar sarasiga
kiradi, unda nafas va rezonatorlik tovushni to’g’ri olishga qaratilgan.
309
Nafas olish va unli tovushlarni tekislash uchun mshqlar. «Ya» tovushni
«Yo» tovushiga almashtirish mumkin.
312
Artikulyatsiya va nafas texnikasini rivojlantirish uchun mashqlar (staccato).
Diafragmani ishlatish uchun va sof intonatsiya ustida ishlashga qaratilagan mashq.
313
Ovoz texnikasini rivojlantirish uchun mashq. Bu mashnni bir nafasda
bajarish talab etiladi.
Ovozni kuychanligi (kantilena) ustida ishlash.