O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-mavzu.   Estrada xonandasi ovozini shakllantirishga doir uslubiy



Download 24,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/217
Sana21.01.2022
Hajmi24,55 Mb.
#393960
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   217
Bog'liq
13818 1631871226

2-mavzu.

 

Estrada xonandasi ovozini shakllantirishga doir uslubiy 

tavsiyalar. 

1-§. Vokal va estrada xonandasining mashq jarayonidagi asosiy rejimi. 

Taniqli bastakor Dilorom Omonullayeva 2007 yilda nashr ettirgan Estrada 

xonandaligi deb nomlangan musiqa va san’at oliy ta’lim muassasalari talabalariga 

mo’ljallangan o’quv qo’llanmada vokal va 



e

strada  xonandasining  ovoz  mashqlari 

va  ular  ustida  ishlash  borasida  qimmatli  ma’lumotlarni  keltirib  o’tgan.  Jumladan 

mazkur  ma’ruza  matnida  ushbu  qo’llanmadan  keng  foydalanildi.  Estrada 

xonandaligi  sinfida  dars  vokal  mashqlaridan  boshlanadi.  Vokal  mashqlari  estrada 

xonandasi  tarbiyasida  muhim  o’rin  tutadi,  binobarin,  u  talabaning  vokal-texnik 

malakalari  ko’nikmalarini hosil qilish  va  rivojlanishida katta  rol  o’ynaydi.  Vokal 

darslarining  umumiy  vaqti  40-45  daqiqa  bo’lgan  tarzda,  (haftada  3  marta)  vokal 

mashqlariga odatda 15-20 daqiqa vaqt ajratiladi. Amaliy mashg’ulotlar jarayonida 

har  bir  talaba  (o’quvchi)ga  individual  ravishda  yondoshish  talab  etiladi. 

Mashqlarni  tanlaganda  talabaning  musiqiy  qobiliyati  va vokal  tayyorgarligi, ovoz 

diapazoni va ovoz apparatidagi nuqsonlari hisobga olinishi muhimdir.  

Dastlabki  darslardan  boshlab  ustoz  yosh  xonandaning  ijro  holatidagi 

qomatiga alohida e’tibor berishi lozimdir. Bunda xonanda qomatini tekis, boshini 

esa  tik  tutib,  erkin  nafas  olib,  oyoqlarga  bardam  tayanib  kuylashi  lozim  bo’ladi. 

Vokal  mashqlarini  diapazonning  o’rta  (markaziy)  qismidan  boshlash  lozimdir. 

Diapazonning pastki va ayniqsa, yuqori tovushlarini asta-sekinlik va ehtiyotkorlik 

bilan kengaytirish maslahat beriladi.  

Mashg’ulotlarning boshlang’ich davrida ovozni toliqtirmaslik lozim. Ovoz 

mushaklari toliqqanda talabaga 3-5 daqiqa dam berilib, suhbat o’tkaziladi. Suhbat 

davrida bajarilgan ish tahlil etiladi, uning yutuq va kamchiliklari aniqlanadi, yangi 

vazifalar belgilanadi.  

Dastlabki darslarda talaba xotirasida tez muhrlanib qoladigan oddiy, qisqa 

mashqlar  kuylanadi.  Keyinchalik,  oddiy  mashqlar  o’zlashtirilgandan  so’ng, 

murakkab 

mashqlarga 

kirishiladi. 

Birinchi 

mashqlar 

unli 


tovushlarni 

vokallashtirishga  qaratilishi  lozim.  Tajribalar  shuni  ko’rsatdiki,  unli  tovushlar 




307 

 

ichida  xonandaning  o’sishi  uchun  eng  foydalisi    A  va  I  tovushlardir.  Ushbu 



tovushlar  darslarda  to’g’ri  o’zlashtirilsa,  qolgan  E,  O,  U  tovushlari  ancha  oson 

kuylanadi.  Zero,  ular  unli  tovushlarda  ovozning  tiniqligi,  intonatsiyaning  sofligi, 

registrlarning  ravonligi,  diapazonning  kengayishi,  ovoz  mushaklarining  erkin 

ishlatilishi va boshqa vokal malakalarini o’zlashtirishda muhim rol o’ynaydi.  

Har bir xonandalik sinfida o’qituvchilar bu malakalarni o’zlashtirishda o’z 

uslubiy  yo’li  bilan  yondoshadi.  Ayniqsa,  Opera  xonandaligi  va  An’anaviy 

xonandalik sinflarida xonandalarni tarbiyalash tizimida ko’pgina tajribaga egamiz.  

Ma’lumki, opera xonandaligida A va O tovushlari doirasimon yopiq tarzda 

kuylanadi.  Estrada  xonandaligi  ijrochiligida  esa  mazkur  tovushlar  biroz  ochiq  va 

xalqona  yo’lida  kuylashi  lozim.  Zotan,  xalq  xonandaligi  va  an’anaviy  maqom 

xonandaligining  ovoz  va  nafas  yo’llarini  o’ziga  mujassam  etadi.  Estrada 

san’atining xalq tomonidan tez va oson idrok etishning sababi ham shunda.  

 


Download 24,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish