3-§. Estradada – “ommaviy madaniyat”ning suqilib kelishi.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining dastlabki kunlaridan barcha
sohalarda bo’lgani kabi o’zbek milliy musiqa madaniyatiga har qachongidan ham
jiddiy e’tibor qaratildi. 21 mart umumxalq Navro’z bayrami sifatida keng
nishonlandi. Ramazon hayiti, Qurbon hayiti kabi diniy qadriyatlarmiz qayta
tiklandi va ularning Respublikamizning barcha xududlarida milliy bayram sifatida
keng nishonlanishi tashkil etildi. Bu jarayondan ilhomlangan san’atshunos,
musiqashunos, folklorshunos, madaniyatshunos olimlarimiz o’z oldilariga katta
vazifalarni qo’ydi. Respublikamiz bo’ylab musiqiy folklor ekspeditsiyalari tashkil
286
etildi. Aholi orasida sho’rolar mafkurasi tufayli qatog’on ostiga olingan taqib
qilingan musiqiy meros qayta o’rganildi. Natijada boy musiqiy meros yig’ildi.
Xalqning turmush tarzi bilan bog’liq bo’lgan mazkur musiqa ijodiyotini
maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktab dasturlarida kiritib o’qitish
tashkil etildi. Xalq ta’limi tizimi umumta’lim maktablarida musiqa darslarini
haftasiga keng o’qitish ishlari jadal olib borildi. O’quv dasturlarida esa xalq
qo’shiqlarini o’rganish keng yo’lga qo’yildi. Natijada o’sib kelayotgan yosh avlod
tarbiyasida milliy musiqa sadolari o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatdi.
Frantso’z musiqashunos olimi, doktor Frederik Leotar 1997-2012 yillar
davomida O’zbekistonda musiqiy folklor ekspeditsiyasi uyushtirib, o’zbek milliy
musiqa madaniyati xususida fikr bildirib, shunday degan edi – O’zbek xalq musiqa
madaniyati nihoyatda boy va rang-barang, eng muhimi u o’zining sofligi va asl
holatini yo’qotmaganligi tarixiy mo’jiza. Biz frantso’zlar san’atimiz va
madaniyatimizni sofligini va aslligini allaqachon unutib bo’ldik. Endi uni boshqa
xalqalar madaniyatidan qidirmoqdamiz. Fikrim dalili sifatida frantso’z, shvedtsar,
nemis, ingliz, belgiyalik va boshqa yevropa xalqini bir joyga jamlab qo’ysak uni
faqat tilidan bo’lsamasa, yuz tuzilishi yoki kiyinishidan umuman farqlab
bo’lmaydi. O’zbek xalqining Buxoro-Samarqand, Xorazm, Surxondaryo-
Qashqadaryo va Toshkent-Farg’ona lokal (mahalliy) uslubidagi kuy-ohang, hatto
o’ziga xos kiyinish odobi, gapirish shevasi orqali bir-biridan ajratish mumkin. Bu
xalqning tarixan o’zligini yo’qotmaganligidan, boy ma’naviy merosini saqlab
qolganligidan va hatto o’z madaniy merosiga naqadar sadoqatli ekanligidan
dalolatdir degan edi.
O’zbek xalqi musiqa madaniyati tarixan boy va rang-barang merosga
egaligi ayni haqiqat. Qilingan ishlar tahsinga loyiq, biroq, ommaviy madaniyat
xuruji o’z-o’zidan yo’q bo’lib ketgan emas. Aksincha u o’z ko’rinishini o’zgartirib
yoshlarimiz hayotiga suqilib kirishga harakat qilmoqda. Xo’sh ommaviy
madaniyatga berilayotganlar yoshlarimizning qaysi qatlamini tashkil qilmoqda?.
Bu kabi zaharli ―virusdan qutilish uchun qanday qo’shimcha tadbirlarni amalga
oshirish maqsadga muvofiq?.
287
Nazarimizda,
ommaviy
madaniyatga
taqlid
qilayotganlar
asosan
umumta’lim maktab o’quvchilaridir. Shubhasiz ushbu yoshda taqlidga beriladigan,
qiziquvchan, balog’at yoshda bo’ladilar. Biz ularni bu davrda erkin, o’z xoliga
qo’yib, turli taqlitlar ta’siriga tushib qolishini tomoshabin sifatida kutib
turmasligimiz lozim. Bu o’rinda umumta’lim maktablarda musiqa, tasviriy san’at
va sport to’garaklarini muntazam maxsus dasturlar asosida tashkil etish,
umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida musiqa va rasm darslarini
salmog’ini oshirish lozim. Natijada, birinchidan, o’quvchilarni aqliy va aniq
fanlarni oson o’zlashtirishda yengillik tug’iladi. Ikkinchidan, ommaviy
madaniyatning bir ko’rinishi shubhasiz bu - shovqinli ritmik tovushlardan
uzoqlashadi. Uchinchidan, yoshlarimizni milliy musiqa san’ati ta’sirida
tarbiyalanishiga erishiladi. To’rtinchidan, o’quvchi-yoshlar milliy musiqa ta’limi
ta’sirida Ona-Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat, do’stlariga izzat, ota-onaga
mehr, millati va diniga nisbatan sadoqat, milliy g’urur va iftixor ruhida
tarbiyalanadi.
Shu o’rinda aytish joizki, umumta’lim maktablarida turli musiqiy va badiiy
tadbirlar, tanlov va musobaqalarni doimiy tashkil etib borish ham yaxshi natijalar
beradi. Ayniqsa, milliy musiqa san’ati xususida yosh ijrochilar tanlovini
umumta’lim maktablari miqyosida tashkil etish, o’zbek milliy cholg’u ijrochilik
ansambllari faoliyatini yo’lga qo’yish, maktablarda musiqa to’garaklarini tashkil
etish va unda xalq qo’shiqchilik namunalarini o’rganish ishlarini keng targ’ib etish,
muhokama etilayotgan masalani yanada yaxshilashga yordam beradi.
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasidagi bir yig’inda millatning taniqli
adibi shunday dedi: ―Ommaviy madaniyat to’foni dunyo davlatlari sarhadlarini
buzib o’tayapti. Bu xavf bizga ham kirib keldi. Ommaviy madaniyatning xavf-
xatari, bo’hroniga qarshi turganlar bugun juda ko’pchilikni tashkil qilar, lekin
yillar o’tavergach bunday ayanchli hodisalarga kishi ko’nikib qolmaydimi? O’n
yildan keyin necha foiz odam unga qarshi bo’ladi, o’n besh yildan keyin-chi?
Yigirma, o’ttiz yildan keyin-chi?
288
Xavotirlar asosli. Qayg’urib, o’rtanib bunday deyishga asos bor. Adib haq.
Bundan 20-25 yil avval Yevropa, okean orti davlati filmlarida ko’rardik, o’zidan
ketgan qiz-juvonu, ayol chalishlarni. Shular kino-yu, rok kontsertlar orqali
tasavvurimizda o’rnashdi. Avval tasavvurimizda. Keyin… Keyin, yillar o’tib ko’z
o’ngimizda paydo bo’la boshlashdi. Ey-yey, bizga nima, bu bizning millatdoshimiz
emas, sayyoh-mayyohdir, keladigan-ketadigandir, dedik. Keyin… Keyin, ochig’i
bugun esa, o’sha yarimi oydin, kindigiga sirg’a, burniga xalqa, quloqqa allambalo
taqinchoqlar taqqanlar orasida o’zimiznikilarni ham ko’ra boshladik.
Ey, o’zbekmi anavi, o’g’il bolami, qizbolami? O’zbekmasdirov.
Talmovsiraganday bo’ldik… Lekin, yer yorilsa-yu yerga kirsangiz ham shu –
o’zbek bolalari orasida ham shundaylar paydo bo’ldi. Bu nimadan? Bu qaerdan?
Javob qisqa. Ommaviymadaniyat, umumturqlik, umum fe’llikka intilishning
dabdabali g’oyalari keltirgan kasofat, ofat!
Bugun bittadir, ikkitadir o’zidan ketgan qiz-juvon, yoki o’zini erkin sanab
qulog’iga sirg’a urgan - azamat. Bundaylarga butun millatimiz qarshidir, ehtimol.
Bu yaxshi. Ko’pning qarashi qarg’ishni qaytaradi. Lekin ommaviy madaniyat
girdobiga tushib, Xudoning qarg’ishiga yo’liqqanlar safi ertaga yana bitta-ikkitaga
ko’paysa, bularning davrasi kengaysa, o’z-o’zidan bunday sharmisorlikka qarshi
bo’lganlar safi kamayib bormaydimi? Gap birgina kindigiga sirg’a taqib,
yalang’och yurganlar haqida, yoki simi-simbati o’zgargan haligichalishlar haqida
ketmayapti, balki, mafkurasi buzilib bo’lganlar haqida ketayapti, mafkurasizdan
esa bundan ham yomon narsalarni kutish mumkin.
Ommaviy madaniyat globallashuv ko’lankasi ostida kirib kelayapti.
Ezgulik nurini to’sib, yomg’ir olib keladigan ko’lanka bulutining saxovati yerning
gullab-yashnashi uchun nafi tegmaydi. Yerga nur va toza havo, shamollar ham
kerak.
Ommaviy madaniyat - sen ham bizday bo’l, o’zingni o’yla, xohlaganingni
qil, kiyim kiyma, xohlasang jinsdoshing bilan nikohdan o’t, xohlasang hayvon
bilan taqdirdosh bo’l (!?), erkin yasha, atrofga qo’l silta, sen o’zing uchun yasha,
qanaqa ota-ona? Qanaqa qarindosh-urug’?. xullas, aytgulik deguligi yo’q aqidalar
289
singdirilgan usul va vositalar orqali targ’ib qilinmoqda. Bu kompyuter (internet),
qo’l telefon, ayrim telekanallar, turli xil parnonashrlar, filmlar, shou dasturlar va
hokazo… Yaxshini yomondan, oqni qoradan ajratish davridagi balog’at
yoshidagilar qismati uchun esayuq oridagi usullar inson hayotiga tajovuz qiladigan
o’qotar qurollardan ko’ra ham xavfliroqdir. Quroldagi o’q bitta odamni nishonga
oladi, ommaviy madaniyat o’qi esa ming-millionlab insonlar ongiga qaratiladi.
Bugun biz uchun xavotir olishimizga asoslar ham, misollar ham bor.
Bularni ipidan ignasigacha yozib, izohlab o’tishni ep ko’rmadik. Biroq, dunyo
aynib, dunyo buzilib, mafkura poligoni yadro poligonlaridan xavfliroq tus
olayotgani haqiqat. Katta adib aytgani kabi insonni ezgulik, oqibat, yaxshilik,
mehr-muhabbat, sadoqat, sevgi vafoga undovchi, yorug’lik, axloq va adab
targ’ibotchisi bo’lgan adabiyotnin gulkan, dunyoviy namoyandalari ham negadir
jim turganday… Nobel mukofotini olgan yozuvchi-shoirlar ham bugun dunyo
buzilib ketayapti, dunyo qo’ldan ketayapti, jim turolmayman, jim turmasligimiz
kerak, deb bong urishmayapti. Jim o’tirishibdi. Xafsalasizlik, mudroqlik yoki
maydakashlik tomirotganday… Yo’q, dunyo bunday xafsalasizlik kako’nikmasligi
kerak.
Siz bilan biz esadunyoning bir bo’lagimiz. Kerak bo’lsa, bizning
oilamizning o’zi dunyodan kattaroq dunyo bo’lishi mumkin. Hammamiz
o’zimizni, bolamizni, uyimizni mafkuraviy ildizimizni asrasak, dunyoni asrayotgan
bo’lamiz.
Musiqiy ta’lim va tarbiyada tizimiylik, izchilllik, davomiylik printsipi har
bir darsda o’zining tuzilishi va mazmuni bilan ilmiy asosda tashkil topishi lozim.
Musiqa xaqidagi bilimlar doirasi, musiqa ta’limi va tarbiyasi keng, atroflicha
bo’lishiga e’tibor qaratish asosiy omildir. Bunda inson yaratgan musiqaga oid
qoidalar, xulosalar, umumlashgan musiqaviy tajribalar o’z aksini topgan. Darsning
barcha o’quv faoliyatlari hamda keyingi darslarning o’zaro mantiqiy bog’lanishi
tizimlilik asosini tashkil etadi. Xulosa qilib aytganda, pedagogikaning
umumdidaktik printsiplari, musiqa madaniyati darslarida muhim ahamiyatga ega
bo’lib, musiqa va hayot uyg’unligini, mehnat qobiliyatlarining rivojlanishi,
290
bunyodkorlikka yo’naltirilganligi bilan katta o’rin tutadi. Uzliksiz ta’lim - ijodkor,
ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakaviy raqobatbardosh
kadrlarni tayyorlash uchun zarur shart- sharoitlar yaratadi.
Demak, musiqa darslari ham raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning barcha
turlarini, Davlat Ta’lim Standartlari, kadrlar tayyorlash tizimi va uning faoliyat
ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |