2-§. Simfonik musiqa janri va kompozitorlik ijodiyoti.
Istiqlol yillarida musiqiy madaniyatning barcha yo’nalishlari qatorida
zamonaviy kompozitorlik yo’nalishi xam o’z so’zini aytmoqda. Bu soxada konsert
- ijrochilik, musiqali teatr xayoti, an'anaviy va akademik ijrochilik, musiqa ta’limi,
kompozitorlik ijodiyotining umumiy yuksalishi bilan bog’liq xolda taqqoslash
mumkin. Bu davrlarda musiqiy saxnaviy janrlarda ijod etgan kompozitorlarning
ijodlarini aloxida ta'kidlash o’rinlidir. Mustafo Bafoyevning «Buyuk ipak yo’li»
teatrlashgan musiqiy asari (rejissyor Baxodir Yuldoshev) Parijda YuNESKO
qarorgoxida, Samarqandda 1 xalqaro «Sharq Taronalari» festivalininshg
ochilishida quyilib, zo’r muvaffaqiyatga erishildi. Yana shu kompozitorning -
Zardushtiylar marosimi balet oratoriyasi, - Buxoroi Sharif opera dostoni, I.
Akbarovning - Ibtido xatosi opera-oratoriyasi diqqatga sazovordir.
Musiqiy saxnaviy janrlarda ijod etgan kompozitorlar orasida Farxod
Olimov, Xabibullo Raximov, Avaz Mansurov, Nurilla Zokirov, Anvar Ergashev,
Baxrilla Lutfullayev, F. Yanov-Yanovskiy, Mirxalil Maxmudov, To’lqin
Qurbonov, Alisher Rasulov ijodlarini aloxida ko’rsatish mumkin. Bu borada
istedodli kompozitor F. Alimov undan ortiq asar yaratdi. Nodirabegim, Fotima va
Zuxra, Soyibxo’ja operatsiyasi asarlari muvaffaqiyatli saxnalashtirildi.
Shuningdek;
-
Taqdir (B.Lutfullayev);
-
Ibroxim Alayxisallom (T. Qurbonov);
-
Bir soatlik xalifa (A.Mansurov);
268
-
Xar kimki vafo qilsa (A. Ikromov);
-
To’ylar muborak (M.Maxmudov);
-
Bir kam dunyo (A. Rasulov);
-
Tilla tuxum (A.Ikromov) singari musiqali spektakllar teatrlarimiz
repertuarlaridan mustaxkam o’rin egalladilar.
Dramatik spektakllar va kinofilrmlarga musiqa yaratish borasida xam
ijodiy yutuqlarga erishildi.
-
Mehrobdan chayon videofilrmi (F.Alimov musiqasi, 1998);
-
O’tgan kunlar kinofilmi (M.Maxmudov musiqasi, 1998);
-
Amir Temur kinofilrmi (F.Yanov-Yanovskiy musiqasi, 1996;
-
Quyoshi botmaydigan yurt ko’p seriyali telefilm (A.Ergashev musiqasi,
1999) va boshka qator asarlarni ko’rsatish mumkin.
90-yillarda o’zbek xalqining mumtoz operalari bo’lmish (T. Sodiqov va R.
Glierning - Layli va Majnun 1995, M. Ashrafiyning - Dilorom, 2001) qayta
ishlanib, yangicha talqinda namoyish etildi. A. Ikromovning - Buyuk Temur, M.
Bafoyevning – Al-Farg’oniy operalari A. Navoiy nomidagi opera va balet teatri
saxnasida o’z aksini topdi.
X. Raximovning - Ona qalbi-2 kamer operasi, N. Muxammedinovning
Qirq qiz qoraqalpoq operasi va Ayjamal baleti xam muvaffaqiyat bilan namoyish
etildi.
Opera qo’shiqchiligida O’zbekiston xalq artisti Muyassar Razzoqova va
qator yoshlarning ijrolari taxsinga sazovordir.
Simfonik musiqa janrida xam kompozitorlarimiz ijodi barakali bo’ldi.
Ushbu janrda I.Akbarov, M.Tojiyev, M.Bafoyev, R.Abdullayev, X.Raximov,
A.Latifzoda, F.Yanov-Yanovskiy kabi kompozitorlarimiz simfonik asarlari xorijiy
davlatlarda o’tkazilgan festivallarda xam munosib baxolandi. Ayniqsa, 1998 yildan
buyon Toshkentda o’tkazilayotgan Xalqaro simfonik musiqa festivalida
respublikamizni xamdustlik mamlakatlari orasida yirik simfonik musiqa markazi
darajasiga ko’tardi. Mustaqillik yillarida yaratilgan qator simfonik asarlarida
269
g’oyaviy-mazmun chuqurlashdi, shakl va uslub mukammallashdi, milliy an'analar
mushtarakligida zamonaviy simfonik tafakkur va uslublar yuzaga keldi.
Mirsodiq Tojiyevning g’oyaviy-falsafiy mavzuni eks ettiruvchi uchta katta
simfoniyadan iborat - Somon yo’li turkumi aloxida axamiyatga egadir.
Umumbashariy qadriyatlarni, tarixiy vokea va jarayonlarni, xaqiqat va
insonparvarlik g’oyalarini o’zida aks ettirgan bu simfonik trilogiya xozirgi zamon
o’zbek simfonik musiqasining nodir ko’rinishlaridandir.
M. Tojiyevning umrining so’nggida yaratilgan 19-simfoniyasi (1995) -
Qaxramonlik deb nom olgan bo’lib, u mustaqil O’zbekistonga bag’ishlanadi.
Rustam Abdulayevning - Tay oxanglari konserti (1993, o’zbek va tay oxanglari
mutanosibligida yaratilgan bo’lib, 1999 yili Bankokda ushbu konsertning lazer
diski nashr etildi), 4-5-fortepiano konsertlari: I.Akbarovning simfonik epitafiyasi,
M. Bafoyevning 4-Movarounnaxr (1991, 5-Xolati Alisher Navoiy-2 (1991), N.
Yeiyosovning 11-Adashganlar va 12-Porlamoq simfoniyalari, fortepiano va
simfonik orkestr uchun 8-konsert-maqomi, simfonik orkestr uchun 9-konsert
maqomi, Xabibulla Raximovning simfonik asarlari O’zbekiston simfonik
musiqasining ravnaq topishiga muxim xissa bo’lib qo’shildi.
Shu asnoda vokal-simfonik va xor musiqasi rivojini xam aytib o’tish lozim.
O’zbekiston kompozitorlari yurtimizda kechayotgan o’zgarishlar, siyosiy
jarayonlar aks etgan mavzularga bag’ishlangan syuita, poema, kantata va oratoriya,
xor asarlari yaratmoqdalar va jumladan, cholg’u musiqasiga xam e'tiborni
qaratmoqdalar.
Bu borada 1992 yili - Sug’diyona o’zbek xalq cholg’ulari kamer
orkestrining tashkil etilishi (badiiy raxbar va bosh dirijyor F. Abduraximova)
jaxonning qator davlatlari saxnalaridagi muvaffakiyatli chiqishlari axamiyatga
molik voqeadir. O’zbekistonda istiqlol yillaridagi kompozitorlik ijodiyotining
rivoji va yuksalishi kompozitorlar va bastakorlar uyushmasining ijodiy faoliyati
bilan chambarchas bogliqdir. Uyushma respublikamizda turli tanlovlar va
festivallar o’tkazilishiga bosh-qosh bo’lmoqda.
270
1996 yildan boshlab respublikamizda O’zbekiston - Vatanim manim
qo’shiqlar tanlovi va 1997 yildan boshlab qo’shiq bayramlarining o’tkazilishi
natijasida yangi-yangi qo’shiqlar va ularning ijrochilari kashf etilmoqda. Bu
borada R. Abdullayev, A. Mansurov, X. Raximov, A. Nazarov, A. Ikromov, A.
Rasulov, D. Omonullayeva, M. Bafoev, F. Alimov, N. Norxo’jayev singari
kompozitorlar barakali ijod qildilar. Ayniqsa, estrada qo’shiqchilik san'ati keng
ko’lamda rivoj topa boshladi.
Mustaqillik yillarining o’tgan davrlarida o’zbek musiqa madaniyatining
ajralmas qismiga aylanib qolgan qardosh qoraqalpoq xalqining san'ati soxasida
xam sezilarli o’zgarishlar ro’y berdi. Qoraqalpoq musiqasi azaldan o’z milliy
qadriyatlarini, urf odatlarini, ma'naviy merosini o’zida aks ettirganligi bilan
diqqatga sazovordir.
Qoraqalpoq dostonchilari - jirovlar, baxshilar, kissaxonlar san'ati XX
asrning so’ngi choragiga kelib keng targ’ibot etildi.
Qoraqalpoq dostonchilik san'atining o’tmishdagi va xozirgi kundagi yirik
namoyondalari xalq ziyolilari qatorida tilga olinib ularning ijodiy meroslari
bo’lmish dostonlari, nasixat termalari, tarixiy tulgovlarini yozib olish, ularni nashr
qilish kabi ishlar jadallashdi. Shuningdek, dostonlarning musiqiy matnlarini notaga
olish xam yo’lga qo’yildi. (A.Xayratdinov - Qobuz namalari, Nukus, 1986, - Jirov
namalari notaga oluvchi M. Jiemuratov, Nukus, 1991).
Bu boradagi ijobiy ishlardan biri Buxoro va Navoiy tumanlarida yashovchi
qoraqalpoq jirovlari bilan ijodiy aloqalarning qayta tiklanishi diqqatga sazavordir.
Og’zaki an'anadagi qoraqalpoq xalq musiqasini yosh avlodga o’rgatish, ustoz-
shogird an'anasini qayta tiklash maqsadida 1992 yili Japak baxshi Shamuratov
nomidagi Nukus davlat san'at bilim yurtida folklor bo’limi ochildi. Ushbu
bo’limda taxsil qurgan yosh jirov va baxshilar, sozandalar bugungi kunda
respublikamizning musiqiy xayotida faol qatnashmoqdalar. Ularning ayrimlari
Fransiya, Germaniya, Xindiston singari qator chet davlatlarda o’z san'atini
namoyish qilib keldilar. Yosh jirovlar - Baxtiyor Yesemuratov, Bakbergen
271
Serimbetov, baxshi qiz Ziyoda Sharipovalar shular jumlasidandir. Bugungi kunda
qoraqalpoq musiqasi barcha yo’nalishlarda samarali odimlamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |