2-§. Estradaning turlari va uning tarqalish oqimalari.
Zamonaviy o’zbek estradasidagi oqimlari. O’zbek tinglovchisi uchun yangi
bo’lgan musiqiy estrada oqimi repning g’arblashgan, paydar-pay so’zlari
ummoniga ko’mib borayotgan qalqib yurishi, yoshlar uning kelib chiqishi haqida
o’ylashga vaqti yo’q. Aytish lozimki, repning tahlildan yiroq tovush
kombinatsiyasi, ma’lum bir tartibga tushirilmagan usullari va ohanglari mazmunini
yangilik deb, ko’r-ko’rona baholovchilar soni ko’plab kuzatilmoqda. Tanqidchilar
repni yo’nalish sifatida biron-bir estetik ta’sir beruvchi badiiy janr sifatida ham
qabul qilmayaptilar. Repning ifoda xususiyati, ya’ni - siniq usullari, noaniq ohang
tizimi yangilik deb baholanishi yangi oqimning boshlanishi, qolaversa, uning
badiiy jihatlarining asosiy belgisi paydar-paylik ekanligi repchilar tomonidan
o’zlariga ma’qul darajada izohlanib turibdi. Bu masala musiqashunoslik mezonlari
bo’yicha ham g’ayritabiy - bepardalikka moslashishi mumkin.
Repga jo’rnavozlik qilish nafaqat milliy, balki pop, rok va hokazo ijro
uslublarida foydalaniladigan cholg’ularni ham noqulay, to’g’rirog’i, noaniq
ifodaga chorlaydi. Bu uslub ijrochidan ovoz kuchi, tembr va diapazon talab
qilmaydi. Ohang tizimi ham aytib o’tganimizdek, musiqiy ohang kanonlaridan
yiroq, ohanglashuvgacha bo’lgan intonatsiyada shakllangan. U qo’shiqchining
gavda harakatlari, oyoq va qo’l harakatlari bilan mazmunan bog’lanmagan. Fon
281
sifatida raqs ijro qiluvchilar harakatlari va repchi harakati orasida sinxronlik yo’q.
Ularning harakatlarida yaxlitlik - kompozitsiya kuzatilmaydi. Mavjud harakatlar va
repchi ijrosi bir maqsadga bo’ysundirilmagan. Repchi ham, raqqoslar va raqqosalar
ham o’zlarining alohida harakat turi atrofida chegaralanadi.
Sof intonatsiya yo’qligi tufayli jo’rnavozlik qiluvchi cholg’ular safida
milliylik alomatlarini keltirib chiqaruvchi tovushlar harakati haqida fikr yuritish
mumkin ham emas. Sababi, qayd qilganimizdek, bu ijro yo’nalishida sof
intonatsiya g’alizlik belgisi sifatida tushuniladi. Qo’shiqchi intonatsiyasining
tozaligi bepardalikka yaqin tovushlar majmuidan tashkil topishi ular uchun muhim
omil sanaladi.
Xorij rep tovush tizimini to’g’ridan-to’g’ri ko’chirib, badiiy boyitish
maqsadini amalga oshirishda ham, ijroga shaxsiy talqin - ifodasini qo’llashda ham
noaniqliklar mavjud. Pop, qisman rok yo’nalishida ijod qiladigan ijrochilar
sahnalardan tashqari turli xalq marosimlari (to’ylar, bayramlar va hokazo)da
ishtirok etsalar, rep faqat sahnada qolib ketmoqda. Unda mujassam bo’lgan
repperona g’oya zamonaviy xorij musiqa psixologiyasidan sharq, xususan, o’zbek
tinglovchisi tafakkuriga moslab, tabiiy tarzda singdirilmas ekan, uning faoliyati
ommalashmaydi. Uning estetik ma’naviy ta’siri milliy musiqa va uning haqiqiy
durdonalari bilan hali tanishib, bahra olib ulgurmagan yoshlar ruhiyatini badiiy
jihatdan nomukammal, mavhum mazmun bilan chalg’itmasligi kerak. Sharqona
estetik vazifa ular uchun ham ijod mahsuli bo’lishi lozim.
Rep oqimining dastlabki shakllanishi davridagi omadsiz izlanishlar davri
o’tdi. Bunday asarlar ijodkorlari yangi topilma qilayotganlar kabi, sharq va g’arb
ijodkorlaridan ko’chirma qila boshlashlari bilan birgalikda ana shu ijod printsipini
o’zlari darajasidagi fikrlovchi san’atkorlarga ham singdira boshladilar. Chunonchi,
rep yo’nalishi ijodkorlari yaratayotgan qo’shiqlar shou-biznes talablariga
moslashtirilib, xalq badiiy tafakkuri qobig’idan chiqishi oddiy holga aylanib
bormoqda. Bu borada ayrim taniqli estrada qo’shiqchilarining fikrlarida ham
noaniqliklar mavjud. Xususan, maqomlarni maromiga yetkazib ijro etadigan
san’atkorlar nega uch-to’rt kun kontsert bera olmayapti-yu, kecha chiqqan repper
282
uch kun kontsert berdi? Chiptalar yetmay qoldi
.
Shou-biznesni to’g’ri qabul qilish
kerak. Qanaqa rep uslubi yoki yo’nalishida ijod qilayotgan yoshlarning yo’li
to’silishi yoki ushbu yo’nalishga barham berilishi kerak, degan fikrdan endi
ko’plar voz kechdi. Shuning bilan birgalikda ularning niyati faqat chipta sotib,
odam yig’ishdan iborat, xalq badiiy tafakkuridan yiroq bo’lgan Chet el andazasini
milliy musiqiy talablarga zid qo’yib, sharm-hayo, ibo, qolaversa, qo’shiq aytish
san’atini o’zlashtirmasdan kuylashdir deganlar ham o’zgardi.
Shuningdek, rep yo’nalishidagi qo’shiq, raqs va ularga jo’rnavozlik
qiluvchi cholg’ular sadosidagi ayrim tovushlar badiiy nuqtai nazardan repning
spetsifik xususiyatiga mos kelsada, asar sifatida bajaradigan vazifasi estetik nuqtai
nazardan uzoq, mazmunsiz, fikri o’rinli, bular ham falsafiy mulohaza yurita oladi,
degan tushuncha egallamoqda.
Endi repchi qaysi musiqiy janr yo’nalishida tarbiyalanishi jumboq bo’lib
turibdi, sababi, nomukammal tovush fonini tuzish, raqssimon gavda harakatlari va
qo’shiq mazmunini qo’l orqali ifodalash – yaxlit badiiy to’kislikdan uzoqligi bunga
sabab bo’lmoqda. Demak, bu yo’nalishda ham sharqona me’yor bo’lishi ushbu
oqim mazmuniga oydinlik kiritadi. Tamomila mustaqil janr sifatida mavjud estrada
yo’nalishlari qobig’ida, ularga qaram bo’lmasada, qo’shiq kuylash printsiplari
repchilar tomonidan o’zlashtirilishi kerak bo’ladi. Aks holda, uning yaratilishi va
ijro printsiplari mavhumligicha qolib ketishi mumkin.
Estradada zamonaviylik va milliylik. Bastakor aranjirovkachilar I.
Akbarov, Ye. Shiryayev, E. Salixov, E. Jivayev va boshqalar ijodida milliylikka
tayanib yaratilgan musiqiy asarlar paydo bo’ldi. XX asr - o’tgan asrning ikkinchi
yarmi estrada musiqasi ham alohida janr darajasida san’at turi sifatida shakllana
boshladi. Chunki, ularning dastlabki asarlari estrada-simfonik orkestr jo’rligida ijro
qilingan bo’lsa, so’ngra elektrlashtirilgan gitaralar, undan keyinroq gitaralar safiga
qo’shilgan organlar va boshqa cholg’ular ishtirokidagi ansambllarda amalga
oshirila boshlandi. Qayd qilingan cholg’ular o’zbek milliy musiqa ijrochiligida
ishtirok etmasa-da, ular orqali milliy ifoda berish uchun turli yondashuvlar,
izlanishlarga olib borildi.
283
Shunday bo’lsa-da, milliy musiqa tovush vositasi - milliy cholg’ulardan
foydalanish keng miqyosda o’z aksini topgani emas edi. Keyingi yillarda milliy
cholg’ular ijrosi Madaniyat va sport ishlari vazirligi qoshidagi estrada-simfonik
orkestr faoliyatida o’z ifodasini topmoqda.
Endilikda estrada qo’shiqlari orasida milliylik kanonlariga tayanib
yaratilgan asarlar qatorida qo’yilayotgan ko’chirmachilik, g’aliz intonatsiya,
quroqlashgan ohang tizimi va hokazo ijrochilik bilan bog’liq unsurlarni yoritishga
urg’u berilmoqda.
Estrada xonandasining kasbiy darajasi mumtoz musiqa ijrochilari qatorida
millat badiiy g’oyasi va ichki dunyosini anglash bilan birgalikda, xalq tarixi,
sotsial o’zgarishlar va ma’naviy talab asosida to’ldirilishi lozim. Bu ma’lum bir
musiqiy oqim yoki shaklga intilish bilan belgilanmasdan, davr badiiy g’oyasiga,
xalq merosiga bog’liq kechishi maqsadli hisoblanadi.
Musiqadagi estrada janri, bu - turli madaniyatlar, xalqlar badiiy g’oyalari
aks etgan musiqa turidir. Lekin, uning barcha ko’rinishlariga yengil musiqa - inson
ruhiga faqat hayotbaxshlik kayfiyatini olib kiruvchi omil sifatida qaraladi.
Bu yo’ldagi izlanishlar ohang o’g’irligi, ya’ni qaroqchilik nokasbiy
darajadagi mutaxassislar orasida o’zi yozib, o’zi kuylovchilar safini kengaytirib
yubordi. Sun’iy tarzda to’qiladigan jo’rovozlik bilan birga qo’shiqchi ovozidagi
nuqsonlarni kompyuter yordamida tekislash ham yo’lga qo’yildi. Bu haqiqiy
san’atda an’ana bo’lib kelgan uzviylikni, hatto davomiylikni ham inkor qiluvchi
inkubator ko’rinishni joriy qilishdir.
Jahon estradasi yulduzlari orqasidan izlab quvish, ularga ko’r-ko’rona
taassub qilish, hatto nazardan qolganlariga ham sajdada bo’lish hozirgi kunda keng
avj oldi. Bu o’zbek estradasidagi musiqa janriga nisbatan o’tkinchi janr yoki
nomustaqil ijod turi sifatida qarovchilar safini kengaytirdi.
Estrada musiqasi boshqa tizimga o’tib ketdi, uning endi xalqchil bo’lishi
qiyin yoki mumkin emas qabilida aytilayotgan tezislarning ko’payishiga imkon
yaratildi. Natijada milliy estrada degan tushuncha hali-hanuz mezonsiz qolmoqda
284
va unga milliy musiqa janrlari qatorida o’z estetik qiymatiga ega san’at turi sifatida
jiddiy qaralmay kelinmoqda.
Vaholanki, o’zbek milliy estrada qo’shiqchiligi tamal toshini qo’ygan Botir
Zokirov va uning izdoshlari, zamondoshlari Yunus To’rayev, Staxan Rahimov,
Alia Yoshpe va boshqalar o’zbek estradasi sahnasida milliy va nomilliy kuylash
uslubini sintezlashtirish natijasida uni shaklan va mazmunan uyg’unlashtirishga
erishganlar.
Mazkur bog’liqlik turli me’yoriy ko’rinishlarga ega. Pirovardida, o’zbek
kasbiy qo’shiqchiligidagi nola, qochirimlaridek bezaklari ko’p xalqlarda mavjud
emas. Hatto qator jahon estrada yulduzlari tabiatida ham bizchalik tovush bezaklari
mujassamlashmagan. Shunday ekan, nima uchun ayrim yulduzlar uslublari bizda
majburan ifoda topishi shart bo’lishi kerak?!
Mumkin, ularda mujassam bo’lgan ijro texnikasi ko’p jihatlari bilan
bizning kasbiy estrada qo’shiqchilarimiznikidan ustundir. Lekin, ular o’ta qadimiy
madaniyati, urf-odatlariyu qadriyatlarini asrlar davomida saqlab, boyitib
kelayotgan xalq vakillaridan badiiy-g’oyaviy jihatdan ustun bo’lmasalar kerak.
Ana shu milliylik unsurlari mushtarak bo’lgan ijrochilik tizimi hayot qonuniyatlari
kesimida dunyoviy tasavvurga ega bo’lgan B. Zokirov, Yu. To’rayev, N.
Abdullayeva, M. Mavlonov, G’. Yoqubov, O. Nazarbekov, M. Nomozov, G.
Mamazoitova, kabi qator ijod sohiblarini etkazib berdi. Ularning ovoz dinamikasi,
diapazonlari va tembrlari naqadar rang-barngaldigini ko’rish mumkin.
Taniqli munaqqidlardan birining maqola muallifi tilga olgan: Axloqi
buzuq, ma’nan qashshoq odam sahnadan turib tomoshabinni poklik va
olijanoblikka da’vat eta olmaydi, degan so’zlari, nazarimizda, nafaqat teatr
aktyorlariga, balki sahnaga chiqayotgan har bir ijrochiga (xonanda, raqqosa,
qiziqchi va hokazo) ham tegishli.
Xalqimizning ma’naviy kamolotida barcha san’atlarning o’ziga xos o’rni
bor. Jumladan, qo’shiqchilik san’ati ham bu borada alohida ahamiyat kasb etib
borayotgani hammamizga ma’lum. Negaki, qo’shiqni har uni televidenie, radio
to’lqinlari, ko’cha-kuyda, bozorlarda, hatto avtotransport vositalarida ham
285
eshitamiz. Quloqqa yoqadimi-yo’qmi eshitishga (tinglashgaemas) majburmiz.
Yoshi ulug’lar ham buholatga ko’nikib bo’lishdi. Shuning uchun bugun qaerga
bormaylik, kim bilan suhbatlashmaylik, gap aylanib estrada xonandalariga kelib
taqalyapti. Haqiqatan, yangi-yangi ovozlar ko’payib boryapti.
Yurtimiziste’dodlarga boy. Ana shu yoshlarningemin-erkin ijod qilishi
uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ammo sholi orasida kurmagi ham
bo’lganidek, bu sohaga muayyan tayyorgarliksiz kirib kelayotganlar ham oz emas.
Ana shunday chala savod xonandalar tufayli sayoz, tumtaroq matnli qo’shiqlar
ko’payib bormoqda. Bu borada ommaviy axborot vositalari orqali tez-tez
chiqishlar ham bo’lyapti. Afsuski, bunday chiqishlarni ko’p hollarda aksariyat
ziyolilar o’qiydi. Xonandalarning birortasi tanqidiy maqolalarni o’qirmikan, deb
o’ylab qolasan kishi. Ochig’inia ytish kerak, bugun qo’shiqchilik san’ati va
qo’shiqchilar oldida talay vazifalar turibdi.
Qo’shiq millat madaniyatining o’ziga xos ko’zgusi ekan, xonandalar
umuminsoniy qadriyatlarni o’zida mujassam etgan, xalqimizning orzu-umidlarini
ifodalaydigan, ertangi kunga umid va ishonch tuyg’ularini uyg’otadigan, yurtimiz
shonu-sharafini ko’taradigan qo’shiqlar yaratish yo’lida mudom izlanishlari,
ustozlar sabog’idan ibrat olib yashashi zarur, deb o’ylaymiz. Haqiqiy ijodkorning
qalbi doimo uyg’oqbo’ladi. Shunday qalblardan taralgan ezgu navolargina
xalqning ko’ngliga etib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |