Taqrizchilar:
A.G’.Mallaboyev,
ADU
Musiqa
ta’limi
kafedrasi
dotsenti,
O’zbekistond va Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan artist, Turon Fanlar
Akademiyasi akademigi, bastakor.
X.A.Xodjayev,
Andijon Pedagogika kolleji musiqa kafedrasi xor
dirijorlik fani yetakchi o’qituvchisi «Mehnat shuhrati» ordeni sovrindori.
3
Kirish.
Vokal va zamonaviy musiqa fanini san'atning mushtarak turi sifatida
o‘rganilishi lozim. Uning barcha unsurlari o‘zaro bog‘lanib, bir birini boyitib,
murakkab tizimini tashkil qiladi. Bir yoki bir necha xonanda ovozi bilan cholg‘u
asbobi jo‘ri yoki jo‘rsiz ijro etilishga mo‘ljallangan asarlar vokal musiqa sohasiga
taalluqli bo‘ladi. Aksariyat hollarda vokal va zamonaviy musiqa asarlari so‘z,
marosim yoki sahna harakati bilan bog‘liqdir. Kuy so‘z bilan bog‘langanda
faqatgina uning ma'nosini aks ettiribgina qolmay, matn ostida yetgan mazmunni
ham ifodalaydi. “Matn – matn osti – musiqa” alohalari juda murakkab va
o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin, lekin u badiiy asar tarkibida hech qachon mutlaqo
erkin bo‘la olmaydi. Shuning uchun bir matnga har xil musiqiy asarlar yozilsa
ham, ularning har birida musiqa va matn o‘rtasidagi turli aloqalarni topish
mumkin.
Vokal va zamonaviy musiqada so‘z mazmuni, uning ifoda vositalari,
kuyning ritmi, melodikasi va sintaksisi bilan bog‘lanadi. Ritm, tembr, melodika,
artikulyasiya, balandlik birgalikda musiqa tilini (nutqini) barpo etadilar. Bular
faqat so‘znigina emas, balki musiqning ham unsurlari hisoblanadi. Ritm sohasiga
qisqa va cho‘zim tovushlar orasida munosabatlari, urg’ular, jumlalar bo‘linishi,
pauzalar, temp va umuman sintaksis kiritiladi. Ushbu umumiyliklar so‘z va musiqa
ohanglarini birligi va farqni o‘rganishga hamda tahlil qilishga imkon beradi.
So‘zning ma'nosi va kuy izmi hamda barcha ifoda vositalari orasida uzviy
bog‘lanishlar mavjud, umumiy nuqtalari bor. Kuy izmi deganda ohangning
tovushlarini balandlik ta'rifini nazarda tutamiz. Nutqning kuy chizig‘i bilan
musiqadagi kuy izmining umumiy ta'riflari ko‘pdir. Vokal va zamonaviy musiqa
asarini tahlil qilganda birinchi bo‘lib musiqiy obrazni she'riy yoki nasriy matnni
xarakteri va obraziga badiiy mosligi to‘g‘risida savol tug‘iladi. Ushbu moslik
umumiylashgan yoki detallashtirilgan xarakterga ega bo‘lishi mumkin. She'riy
matnga yondashish vocal va zamonaviy musiqa kuyining xarakterini, musiqiy
asarning shaklini aniqlaydi. Musiqa va matn munosabatlari turli hil omillar bilan
aniqlanadi. U yoki bu janr, tarixiy davr, konkret kompozitorning uslubi va boshqa
4
omillar ular ichida. Ko‘pincha vokal va zamonaviy musiqa asarlari asosida poetik
matnlar yotadi, shuning uchun she'riy o‘lchovlar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan
she'rning xarakteri vokal kuyni tuzilishiga, uning ritmiga va suratiga ta'sir
ko‘rsatadi. Lekin she'rni musiqiy ritmga ta'siri chegarasiz emasdir. Musiqiy boy
imkoniyatlari kompozitorga she'r ritmini turli xil talqin qilishga keng sharoitlar
yaratadi. She'riy matnni musiqada ifodalanish tamoyillarini tasniflash asosida she'r
vazmi (o‘lchovi) va nutqiy ritmini musiqiy ritm bilan bo‘lgan o‘zaro nisbati yotadi.
Birinchi tamoyil – metrik. Uning asosida she'riy turok (stopa); she'rni
vazni, o‘lchovi turadi, o‘tqazib yuborilgan urg‘ular kuyda tiklanadi. Demak bir xil
urg‘usiz bo‘lgan unli tovushlar urg‘uga ega bo‘ladi.
Ikkinchi deklamatsion tamoyili birinchisiga qarama-qarshi. Bunda asos
bo‘lib she'rni sintaksisi, nutq ritmi olinadi. So‘zga, sintagmaga alohida ahamiyat
beriladi, shuning uchun deklamatsion kuyning ritmi nosimmetrik bo‘lib rang-
barang ritmik sur'atlarga boy bo‘ladi. Bu bilan birga so‘zni, iboralari, sintagmalarni
va hattoki so‘zlarni bo‘ladigan, nutqni sekinlashtiradigan sezuralar, pauzalar
ahamiyati kuchayadi. Bu uslub ayniqsa monolog janriga xosdir.
She'rni ifodalash uchun tamoyili – kantilenali. Unda she'riy ritmi, umuman
nutqiy ritm musiqiy ritmga “erib” ketadi. Deklamatsion kuydan kantilenani farqi
shkndaki matnni sintaksisi musiqiy sintaksisga to‘g‘ri kelmaydi. Bir xilda
motivlarni umuman ajratib bo‘lmaydi, chunki ko‘pincha ular ko‘shilib keng
iboralarni tashki qiladilar. Ayrim hollarda esa, musiqiy ibora o‘z ichiga bir so‘zni,
koloratura joylarida esa bir bug‘inni oladi.
To‘rtinchi tamoyil – raqssimon. Bu turdagi kuylarda har doim ham konkret
uyin janrini aniqlab bo‘lmasa ham, ularda umuman uyin belgilari (ritmik
figuralarni takrorlanishi, metroritmni katta ahamiyati, motorliyligi, harakatchanligi
...), yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ko‘p hollarda she'r va uyin ritmi bir biriga mos kelmasligi ham mumkin.
Urg‘ularni mos kelmasligi doimiy bo‘lmaydi (parodiya janrida boshqa), ko‘pincha
faqat ayrim urg‘ular bir biriga muvaffiq bo‘lmaydi.
5
Beshinchi – ariozoli tamoyil deklamatsion tamoyilni eslatadi. Bunda
kompozitor she'riy metrga emas, sintaksisga tayanadi. Lekin deklamatsiyada
asosga so‘z olinsa, ariozoli tamoyilda musiqiy ibora bilan bo‘linmas birlik tashkil
etuvchi matnni iborasi yoki sintagmasi olinadi. Musiqiy va nutqiy ibora bitta bosh
urg‘u va bitta qo‘shimcha urg‘uga egadir. Ariozoli kuyda iborani ritmi
deklamatsion kuyga nisbatan tekkisroq, sur'ati esa tezroq bo‘ladi, uning harakat
asosini nimchoraklar tashkil qiladi. Ariozali kuy uchun cho‘zimi bir hil bo‘lgan
iborali takrorlanishi xosdir. Unda ro‘ppara kelgan ritm sillabik cho‘zib aytishda
(unlilarni cho‘zishda), ibora ichidagi urg‘uni bo‘rttirib ko‘rsatishda namoyon
bo‘ladi. Ariozoli kuyni ko‘pgina romanslarda ko‘zatish mumkin.
Yuqorida qayd etilgan matnni musiqada ifodalashni besh tamoyilini har
bittasi “sof” xolda uchrashi mumkin, shu bilan birga ular bir asarda birlashishi va
bog‘lanishi ham mumkin. Masalan, ariozo va deklamatsion tamoyillarni kantilena
bilan birlashishini Dargomijskiy “Mne grustno” romansida, raqs tamoyilini
kantilena bilan bog‘lanishini, Glinkani “Ya zdes Inezilya” romansida ko‘zatish
mumkin. Shunday qilib, vokal kuyni tahlil qilganda vokalizatsiyaning yetakchi
tamoyilini (yoki tamoyillarni almashuvini) va uning rivojlov jarayonida
o‘zgarishini aniqlash lozimdir.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |