O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Milliy istiqlol va zamonaviy musiqa taraqqiyoti



Download 24,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/217
Sana21.01.2022
Hajmi24,55 Mb.
#393960
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   217
Bog'liq
13818 1631871226

Milliy istiqlol va zamonaviy musiqa taraqqiyoti. 

1-§.  Miliy istiqlol musiqa taraqqiyotining garovi. 

Istiqlol sharofati bilan o’tgan davrlar mobaynida musiqiy san'atimiz yangi 

bosqichlarga  ko’tarildi.  Jahon  musiqiy  madaniyati  bilan  xamkorlik  rishtalari 

yangidan  bog’landi.  O’zbek  xalqining  boy  musiqa  merosini,  sharq  musiqa 

madaniyati  bilan  mushtarakligini  nazarda  tutgan  muxtaram  Prezidentimizning  - 



263 

 

Sharq musiqasining jahon madaniy merosida tutgan o’rni buyuk. Bu musiqa ming-



ming  yillardan  beri  odamlar  dilini  poklab,  ularni  ruhan  yuksaltirib  kelmoqda» 

degan so’zlari buning yorqin dalilidir.  

Darxaqiqat,  bugungi  kunda  o’zbek  musiqa  san'atining  jahon  musiqiy 

san'atiga  qo’shayotgan  hissasi  beqiyosdir.  Turg’un  Alimatov,  Abduhoshim 

Ismoilov,  Munojot  Yo’lchiyeva,  Yulduz  Usmonova,  Nasiba  Abdullayeva  singari 

xalq sevgan mashxur san'atkorlarni, - Yalla, - Sug’diyona, Milliy simfonik orkestr 

singari  jamoalarni  jahon  sahnalaridagi  muvaffaqiyatlari  taxsinga  sazovordir. 

Shuningdek,  o’tgan o’n  ikki  yil  davomida  qator istedodli  yoshlar nufuzli  xalqaro 

tanlov  va  festivallarning  sovrindorlari  bo’lishdi.  Pianino  ijrochilari  Ulug’bek 

Polvonov,  Gulnora  Alimova,  Nargiza  Alimova,  Irina  Gulrzarova,  Rustam 

Abdullayev,  yosh  xonandalar  -  Anna  Guzairova,  Saida  Mamadaliyeva,  Sevara 

Nazarxonova,  kamonli  torli  cholg’u  ijrochilari  -  Dilshod  Nazarov,  Sunnat 

Ibroximov,  Marina  Sarkisova,  Anastasiya  Yudenich,  Ali  Izmaylov  shular 

jumlasidandir.  

Istiqlol  yillarida  musiqiy  madaniyatimizni  rivojlantirish  sohasida 

Prezidentimizning qator farmonlari va qarorlari e’lon qilindi.  

Bular orasida: 

-

 



O’zbeknavo  gastrol  -  konsert  birlashmasini  tashkil  etish  to’g’risida 

(1996), 


-

 

O’zbekiston - Vatanim manim qo’shiqlar bayramini o’tkazish to’g’risida 



(1996), 

-

 



Respublikada  musiqiy  ta'limni,  madaniyat  va  san'at  o’quv  yurtlari 

faoliyatini yaxshilash to’g’risida (1996), 

-

 

O’zbekistonda  estrada  san'atini  yanada  rivojlantirish  to’g’risida  (1998, 



2001)  singari  farmon  va  qarorlar  respublikamizda  musiqiy  san'atni  yanada 

yuksaltirish borasida qo’yilgan qadamdir.  

Ayniqsa,  1997  yildan  buyon  har  ikki  yilda  Samarqand  shahrida 

o’tkazilayotgan  -  Sharq  taronalari  xalqaro  musiqa  festivali  xalqaro  maydonda 

yurtimiz nufuzini yanada oshirib yubordi. Ushbu nufuzli anjumanda dunyoning 40 



264 

 

dan  ortiq  davlatlari  vakillari  ishtirok  etmoqda.  Bu  festivalda  o’zbek  xonanda  va 



ijrochilarining  sovrinli  o’rinlarni  egallashi  tahsinga  sazovor  bo’lmoqda.  Bundan 

tashqari,  Toshkent  shahrida  1998  yildan  boshlab  xalqaro  simfonik  musiqa 

festivalining  o’tkazilishi,  unda  jahonning  ko’zga  ko’ringan  dirijyorlari  va 

ijrochilarining qatnashishi, 1995 yildan boshlab - Ilxom – XX Xalqaro zamonaviy 

kamer  musiqasi  festivalining  o’tkazilishi  xam  musiqiy  san'atimiz  nufuzini 

oshirmoqda.  

Mustaqillikning  birinchi  yilidan  boshlab  zo’r  ko’tarinkilik  ruxi  bilan 

o’tkazilayotgan  Mustaqillik  va  Navro’z  bayramlari  shodiyonalari,  musiqamiz 

rivojiga ham o’zining salmoqli hissasini qo’shib qo’shmoqda.  

Xalq  folklor  ijodiyoti,  an'anaviy  kasbiy  musiqa,  harbiy  vatanparvarlik 

ruhidagi  musiqiy  yo’nalish,  xar  bir  viloyatning  o’ziga  xos  musiqiy  qirralarini 

o’zida  mujassamlashtirgan  ijrolar  yuksak  professionallik  darajasiga  ko’tarildi. 

Ayniqsa,  milliy  estrada  ruhidagi  qo’shiqlar,  yangi-yangi  estradamiz  yulduzlarini 

kashf  etdi.  Shu-ningdek,  Buxoro,  Xiva,  Termiz,  Nukus  shaharlarining  yubiley 

tantanalariga  tayyorlangan  konsert  dasturlari,  «Avesto»ning  2700  yilligi, 

«Alpomish» dostonining 1000 yiligi, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Al-Farg’oniy 

kabi  buyuk  ajdodlarimizning  qutlug’  sanalariga  bag’ishlangan  konsert  dasturlari 

xam  musiqiy  ijrochiligimizning  yuksalib  borayotganligidan  dalolat  bermoqda. 

Ushbu barcha katta tadbirlarda yangi musiqiy dasturlar rejissurasi shakllandi.  

Mazkur  konsert  dasturlarini  jaxonning  50  dan  ortiq  davlatlari 

televidenielari  to’g’ridan  -  to’g’ri  efirga  uzatdilar.  Mustaqillik  yillarida  o’zbek 

xalqining  asrlar  davomida  go’zal  ma'naviy  boyligiga  aylanib  kelgan  milliy 

musiqasiga katta  e'tibor be-rildi. Xalq  folklor  musiqasi ijrochiligi  yuqori darajaga 

ko’tarildi.  

O’tgan  davrlar  mobaynida  ushbu  yo’nalishga  bag’ishlangan  qator  ko’rik 

tanlovlarning o’tkazilishi fikrimizning dalilidir.  

1.

 

Katta ashula ijrochiligi va oilaviy ansambllar (Qo’qon, 1991, Shaxrisabz, 



1994); 

2.

 



Alla ijrochilari (Toshkent, 1992, 1994, 1998, 2000; Marg’ilon, 1996); 


265 

 

3.



 

Tuy-marosim qo’shiqlari ijrochilari (Toshkent, 1993); 

4.

 

Folklor-etnografik jamoalari «Chashma» tanlovi (Toshkent, 1994);  



5.

 

«Istexdod» nomli yosh xonandalar (Toshkent, 1995);  



6.

 

Baxshi  -  shoirlar  (Denov,  1991,  Narpay,  1993,  Toshkent,  1995,  1997, 



Termiz, 1999);  

7.

 



Maqom ijrochilari va xalq cholg’ulari ansambllari (Shaxrisabz, 1996); 

8.

 



Barxayot siymolar (Toshkent, 1996, 1997, 1998);  

9.

 



Oilaviy ansambllari (Jizzax, 1998); 

10.


 

folklor-etnografik ansambllari (Toshkent, 1999);  

11.

 

M.  Uzoqov  va  J.  Sultonov  nomidagi  yosh  xonandalar  (Marg’ilon, 



1997, 1999, 2001);  

12.


 

Xoji  Abdulaziz  Abdurasulov  nomidagi  yosh  xonandalar  (Samarqand, 

1997);  

13.


 

Komiljon Otaniyozov nomidagi yosh xonandalar (Urganch, 2001);  

14.

 

Yunus  Rajabiy  nomidagi  IV  Xalqaro  va  V  Respublika  Maqom 



ijrochilari (Toshkent, 1995, 1999);  

15.


 

Oilaviy  ansambllar  (1995)  va  folklor-etnografik  jamoalari  (1996) 

telefestivallari shular jumlasidandir.  

Istiqlolning  o’tgan  davrlari  mobaynida  xalq  musiqa  ijodiyoti  yo’nalishi 

yangi  bosqichga  ko’tarildi.  Musiqiy  folklorni  xalqimizning  etnik  joylanishi 

sharoitidan,  barcha  voxalarning  urf-odatlari  nuqtai  nazaridan  kelib  chiqqan  xolda 

tabiiy  ijroviy  ko’rinishi,  kiyimlari  va  o’ziga  xos  musiqa  sozlaridagi  musiqiy 

ko’rinishi saqlanib  qolmoqda.  Yangilik sifatida  xalq  folklor ijrochiligining  milliy 

estrada yo’nalishiga uyg’unlashgan xolda yangi ijroviy namunalari xam namoyon 

bo’lmoqda. Bu ko’rinishlar xalq musiqiy folklor ijodiyotini yangilanish bosqichiga 

ko’tarilganidan dalolatdir.  

Respublikamizda ushbu janrda ijod qilayotgan: 

-

 

Besh qarsaq; 



-

 

Boysun; 



-

 

Gulyor; 




266 

 

-



 

Omonyor; 

-

 

Gulchehralar; 



-

 

Doston; 



-

 

Besperde; 



-

 

Orzu; 



-

 

Yor-yor; 



-

 

Chavgi; 



-

 

Moxi Sitora singari ko’plab ansambllar o’zlarining yorqin ijodlari bilan 



namuna bo’lmoqdalar.  

Yana bir xalqona musiqiy yo’nalish mumtoz an'anaviy musiqiy ijrochiligi 

soxasida  xam  e'tiborli  ishlar  amalga  oshirildi.  Asrlar  qa’ridan,  ajdodlarimizdan 

bizga  meros  bo’lib  kelgan  xalq  an'anaviy  kasbiy  musiqamiz  yangi-yangi  boy 

an'analarni davom ettirmoqda.  

Bu  borada  Turg’un  Alimatov,  Orifxon  Xotamov  (marxum),  Fattoxxon 

Mamadaliyev  (marxum),  G’ulomjon  Xojiqulov,  Abduxoshim  Ismoilov,  O’lmas 

Rasulov, Temur Maxmudov, Mamasiddiq Madaliyev singari mashxur bastakorlar, 

xonanda  va  sozandalarning  ijodiy  faoliyatlari  yorqin  misol  bo’la  oladi.  Ushbu 

maqom  va  an'anaviy  yo’llarni  xalqqa  yetkazishda  xofiz  va  xonandalarning  xam 

xizmatlari  beqiyosdir.  Xofizlik  ijrochiligining  yangi-yangi  avlodlari  yetishib 

chiqmoqda.  Musiqiy  merosimizning  yetakchi  yo’nalishlaridan  bo’lmish  xalq 

baxshichilik  va  dostonchilik  san'ati  xam  jadal  suratlar  bilan  rivojlanmoqda. 

Alpomish  dostonining  1000  yilligini  bayram  qilinishi  bu  soxada  yangi  qo’yilgan 

qadam bo’ldi.  

Istiqlol  yillarida  xalq  mumtoz  qo’shiqchiligini,  xalq  baxshichilik  san'atini 

rivojlantirish  borasida  talay  ishlar  qilindi.  Bu  borada  Prezidentimiznig  farmoni 

bilan: 


-

 

O’zbekiston Respublikasi xalq xofizi; 



-

 

O’zbekiston  Respublikasi  xalq  baxshisi  faxriy  unvonlarini  tasis  etilishi 



ushbu soxaga bo’lgan e'tibordan dalolatdir.  


267 

 

Xalq  musiqa  ijodiyotini  ilmiy  taxlil  qilish,  musiqa  ilmini  amaliyot  bilan 



bog’lash  borasida  o’zbek  musiqashunos  olimlarining  xizmatlari  xam  beqiyos 

bo’lmoqda. Natijada bu borada qator o’quv uslubiy qo’llanmalar, monografiyalar, 

ilmiy  maqolalar  chop  etilmoqda.  Ilmiy  izlanish  natijasida  yangi-yangi  ilmiy-

tadkiqot  ishlari  yuzaga  kelmokda.  Bularning  barchasi  xalq  musiqiy  ijodiyotining 

mumtoz kasbiy musiqasini ilmiy asoslangan yo’nalishda o’rganish va ijro etishda 

muxim omil bo’lib xizmat qilmoqda.  




Download 24,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish