3-§. Oddiy uch qisimli shakl.
Oddiy uch qismli shakl
-
birinchi qismi davriyadan iborat bo’lib, ikkinchi,
ya'ni o’rta qismi ham davriya yoki o’rtalik-rivojlov xarakteridagi bir qator
tuzilmalardan iborat bo’ladi, uchinchi qismi ko’p hollarda birinchi qismning
reprizasi bo’lib keladi.
Uch qismli shaklning sxemasi eng umumiy tarzda olganda quyidagicha
ko’rinishda bo’ladi: davriya o’rtalik repriza o’rtalik xarakteridagi davriya yoki
tuzilma uch qismli shakl ikki qismli shaklga qaraganda ancha olg’a tomon qadam
qo’yish bo’lib, bir necha qismdan iborat davriyadan kattaroq bo’lgan shaklning
paydo bo’lishiga olib boradi, Lekin, ayni mahalda, uch qismli shakl tarixan
olganda aftidan ikki qismli shaklning o’rta qismi bilan reprizasini o’stirish va
ajratib, ayrim holda olish natijasida paydo bo’lgandir. Ikki qismli shaklning o’rta
qismi va reprizasi bunda birinchi qismdan kichik bo’lmagan o’lchovga yetgan
bo’ladi. Bu shaklning ichki tomondan o’sishini ko’rsatadigan misoldir. Bunday
o’sishning yakuni asosiy qismlar sonining ortishida hamda yangi shaklning
vujudga kelishida ifodalanadi. Mavzu jihatdan oddiy uch qismli shaklning
240
yaxlitligi chekka qismlarning o’xshashligi orqali ta'minlanadi. Buning ustiga
ko’pincha o’rta qism ana shu chekka qismlar materialiga asoslangan bo’ladi.
Garmonik jihatdan shakl tonalligiga ko’ra yopiq ichki qismlarda esa odatda
tobe tonalliklarda modulyasiyani o’z ichiga olgan bo’ladi.
Uch qismli shaklning birinchi qismi xuddi ikki qismli shaklning birinchi
davriyasiga o’xshagan bo’lib, bir tonallik yoki ko’proq bir-biriga o’xshash ikki
jumladan tashkil topgan modulyasiyalashtiruvchi davriyadan iborat bo’ladi. Ikki
qismli va uch qismli shakl birinchi davriyalarning bir biridan farqini ko’rsatuvchi
xarakterli belgilari hali yetarli darajada tadqiq etilmagan. Lekin tuzilmaning
shunday uch qismli shakl uchun yaroqli ekanini ko’rsatadi.
Garmonik jihatdan bu yerda-qandaydir sezilarli alohida bir xususiyat yo’q
ba'zi bir hollarni istisno qilganda birinchi davriyani yakunlash uchun tobe
tonallikni tanlashda katta imkoniyat mavjud deb hisoblash mumkin. Chunki
oldinda keladigan ikki qism asosiy tonikaga qaytish uchun yetarli vaqt beradi.
Bundan tashqari, shuni ta'kidlab o’tish kerakki, taxminan XIX asrning o’rtalaridan
boshlab, ko’pincha birinchi qismning yoyiq holda kelib, uning yarim kadensiyada
tugallanishi tez-tez uchrab turadigan hodisaga aylangan.
Struktura jixatdan uch qismli shaklning birinchi qismida ikki qismli
shaklga qaraganda ko’prok erkinlikka yo’l quyiladi. Bunda uchta jumladan iborat
davriyalar xam shuningdek ikki qismli shakllar uchun tipik bo’lmagan odatdagidan
sal boshqacharoq tuzilgan (besh taktli, yetti taktli va boshqa shunga o’xshagan)
jumlalar ham uchraydi.
Oddiy uch qismli shaklning ikkinchi qismi uning o’rta qismi deb ataladi va
mazkur shaklning chekka qismlariga qarama-qarshi turadi, chunki ma'lum darajada
ular bilan birga kontrastlik hosil qiladi. Xuddi shy narsa ikki qismli shaklning
o’rtasida ham kuzatilgan edi. Bir mavzudagi uch qismli shakl ayniqsa ko’proq
tarqalgandir. Uning o’rtasi mavzu jihatdan kontrastlik kiritmaydi. Bunda o’rtalik
birinchi davriya musiqasini to’la takrorlab, uni asosiy tonallikdan tobe tonallikka
o’tkazgan shakllardagina ko’proq elementar shakllar hisoblanadi.
241
Bir mavzuli shakl o’rta qismining garmonik tuzilishi o’rta va chekka
qismlar orasida kontrastlikni vujudga keltirishda juda katta rol’ o’ynaydi. Xuddi
ikki qismli shaklda bo’lgani kabi bu yerda asosiy tonallikda noturg’un
tovushlarning kelishi yoki ayniqsa, unga tobe tonalliklarning kiritilishi
kontrastning asosi hisoblanadi.
Repriza, ya'ni uchinchi qismi birinchi davriya musiqasining aniq yoki bir
oz o’zgartirilgan holdagi takroridan iborat bo’ladi. Reprizalik prinsipi ba'zi-ba'zida
davriyalarda, ko’pincha ikki qismli shakllarda qo’llanganligi kuzatilgan edi. Lekin,
hatto so’nggi qismdagi repriza ham nisbatan kam darajada mustaqil bo’ladi.
Musiqada biroz kontrastlikni vujudga keltirgan o’rta qismga tushgan repriza,
asosiy turda bo’lsa ham u bilan birgalikda bir davriyani tashkil etadi. Uch qismli
shaklda esa reprizalilik uslubi to’liq holda namoyon bo’ladi. Chunki bundagi
repriza mustaqil va yetarli darajada rivojlangan qismdir.
Mavzu xihatdan repriza ko’pincha qayta ishlanmagan yoki deyarli ishlov
berilmagan birinchi davriya materialidan tashkil topadi. Unga odatda yangi mavzu
elementlari kiritilmaydi. Ba'zan reprizani kengaytirish vaqtida unga ayrim rivojlov
elementlari, ko’prok; sekvensiya tartibidagi elementlar kiritiladi.
Garmonik jihatdan avvalo shuni aytish kerakki, bunda xuddi boshqa
shakllarda bo’lgani kabi, mavzu reprizasining debochasi tonal repriza bilan tirik
tarzda hammadan ko’prok, muvofik keladi. Lekin, mavzu reprizalarini tobe
tonallikka kiritish hollari ham uchraydi va tonal repriza kechikib qoladi, chunki
asosiy tonallik allaqachon reprizaning ichiga qaytgan bo’ladi. Bu xildagi reprizalar
ba'zan subdominantali tonallikda boshlanadi hamda birinchi davriya dominantada
tugasa u G D S-T tartibidagi tonallikdagi taqqoslashnnng umumiy uslubiga mos
keladi. Davriya o’rta siqm repriza mavzu va tonal reprizalariing soxta (qalbaki)
reprizalardan farhini ularning bir biriga muvofiq kelmasligiga qapab olib olish
lozim. Soxta reprizaning xarakterli belgisi shundan iboratki, bunda dastlabki
davriyaning boshlang’ich bo’lagi tobe tonallikda kelib, shundan keyingina xuddi
shu bo’lak va uning bosh tonallikdagi davomi tuliq reprizada keladi (Misol:
Shuman. Skersino, or. 26 №3: Grig. Scherzo jnipromty, op. 73 №2).
242
Reprizalar kiritilishi, ma'lumki turli shakllarga hulosa bo’ladigan musiqiy
shakl yasashning asosiy prinsiplaridan hisoblanadi. Bular boshqa musiqadan keyin
u yoki bu tuzilmaning hatto hech qanday o’zgarish kiritmasdan takrorrlanishi
poyoniga yetkazilgan yuksalish singari alohida taassurot qoldiradi. Bunday
taassurot xuddi ana mavzudagi musiqani birinchi bor tinglaganda olingan
taassurotdan ancha farq qiladi. Repriza rivojlanishning xuddi ma'lum zaruriy
natijasi sifatida qabul kilinadi va shuning uchun ham uning qabul qilinishi hamisha
ma'lum darajada dinamik tarzda kechadi. Bir mavzuli shakllarda uning ayrim
elementlariga rivojlov berilgandan keyin mavzuning yaxlit namoyon bo’lishi
ayniqsa muhumdir.
Notama-nota takrorlashni ma'lum mexanik mavjud bo’lganligi tufayli
ba'zan statik reprizalar deb ataladi. Biroq bu termin birmuncha shartli bo’lib.
Yuq
ori
da aytib o’tilgan reprizalarni qabul qilish xususidagi fikrlardan ham
tushunarlidir.
Statik
reprizaga
xususiy-dinamik
reprizalarni, ya'ni o’zgartirib
takrorlashlarni qarama-qarshi quydagilar, ya'ni, bunda dinamizatsiyalash darajasi
juda hilma-hil bo’lishi mumkin va kiritadigan o’zgarishlar teranligiga bog’lik
bo’ladi. Basharti kuyni bezakli variyasiyalash unchalik o’zgarishlar kiritmasa,
bunday hollarda yangi chekinishlar yoki ritmik harakatni tezlantirishi taranglik
darajasini ancha oshirish va shu bilan reprizaning dinamizatsiyalash darajasini ham
oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |