aytiladi va u chiqib ketadigan joyga ega bo’lishi kerak. Rezonator deb
nomlanishining sababi, agar bu xavoli muxitda tebranish xosil qilsak, rezonator
248
aniq bir balandlikka ega tovush chiqarib beradi. Rezonatorda xosil bo’lgan tovush
balandligi - xavoning xajmi, rezonator formasi, xavo chiqib ketadigan joyning
katta - kichikligiga bog‘liqdir.
Bunday tonning shaxsiy toni, rezonator toni deb
ataladi.
Akustika nuqtaiy nazardan, stakan, shishirilgan shar, trubka, shisha idish
rezonator bo’lishi mumkin.
Rezonator kanchalik kichik ulchamda bo’lsa, shu bilan
birga xavoning xajmi xam kam bo’lsa, rezonatorda xosil bo’lgan ton shuncha
baland bo’ladi va bu uning shaxsiy toni deb ataladi.
Xavo chiqaradigan teshik
kancha kichik bo’lsa uning shaxsiy toni shuncha past bo’ladi. Buning zamirida
turg‘un to’lqin xosil bo’ladi, qaysiki - rezonator ichida uning tubidan, to
chekasigacha va orqaga qarab xarakatlanadi. Xavoda to’lqinning tarqalishi tezligi
doimiy ekan, shu vaqtning o’zida kam xavoda xam to’lqin bexisob tebranish xosil
qila oladi, yahni shaxsiy toni yuqori chastotaga ega bo’ladi.
Aksincha xavo ko’p bo’lsa-kam, past chastotali bo’ladi. Demak
rezonatorning shaxsiy toni kam xajmli bo’lsa - yuqori kichik xajmlisi - pastdir.
Masalan Organni olsak: past ovozlar bir necha metrli uzun trubalarda xosil bo’lsa,
yuqori tovushlar 1-2 smlik trubalarda hosil bo’ladi.
Rezonans tushunchasi rezonatorda xuddi trubalardagi kabi xosil bo’ladi.
Simlardagi rezonans kabi rezonator kuch qo’shmaydi, faqat akkumulyasiya qiladi.
Rezonatorlarda tashqi muxitga chiqgachgina tovush tinglovchiga qattiqroq
eshitiladi.
Inson ovoz apparatida juda ko’p joy va trubkalar borki, ularda rezonans
rivojlanishi mumkin. Traxeya va bronx, taetlay, yutkin, burun va ular atrofidagi
kichik-kichik qo’shimcha teshikchalar juda bir mustaxkam devorlarga egaki ularda
rezonans xosil bo’lishi mumkin.
Ovoz apparati akustika nuqtai nazaridan o’ziga xosdir, qaysiki tebranish
manbaalari (ovoz yo’li) ustida rezonatorlovchi joylar joylashgan, bular ovozning
o’z teshigi orqali tashqariga chiqishiga yo’l ochib beradi. Rezonatorlovchi joylarda
ovozning xarakterli kuchayishini - formantani kuzatamiz, bu tovushning qanday
bo’lishini belgilaydi. Ovoz to’g‘ri qo’yilgan xoldagina past yoki baland formantani
249
doim kuzatishimiz mumkin, shu bilan bir qatorda doimiy vibratoning ma’lum
chastotasini kuzatamizki, unga, kuylovchi ovozining tembri qanday bo’lishiga
bog‘liq. Kuylovchining tovushi unlilar formantasiga ham bog‘liq, ular bir biridan
farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: