Xonandalik uslubi
- vokal musiqa asarlarini ijro etish yoʻli. Xonanda
ovozini chiqarish va ishlatish usullari, ovozning tuyey, kenglik koʻlami, kuchi,
jarangdorligi va boshqa sifatlar bilan ajralib turadi. Yevropa professional vokal
sanʼatida tovushni koʻkrakdan, tanglaydan chiqarish kabi usullar qoʻllaniladi
55
.
Oʻzbek va tojik anʼanaviy ashulachiligida binigi (dimogʻdan chiqariladigan
ovoz), guligi (tomoqdan chiqariladigan ovoz), ishkami (koʻkrakqorin diafragmasi
vositasida hosil qilinadigan ovoz) usullari mavjud. Asosiy Xonandalik uslubilari:
kuychan uslub, unda keng , ravon ohangdorlik - kantilena asosiy oʻrin egallaydi;
deklamatsiya uslubi - nutq intonatsiyasiga yaqin (rechitativ); koloraturali uslub,
unda kuylash oʻz xarakteriga koʻra kuyning sozdagi ijrosiga yaqin boʻladi va
xonandalikning tekst bilan aloqasi bir oz yoʻqoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |