237
2-§. Vokal musiqasida reprizasiz ikki qismli shakl.
Butun shaklni o’zida yakunlaydigan ikkinchi qismning ikkinchi jumlasi
birinchi davriya bir qismining aynan yoki o’zgartirb takrorlanishidan iborat bo’ladi
va repriza deb ataladi. O’rta qism tomonidan kiritiladigan kontrastdan keyin
reprizaning asosiy vazifasi butun shaklni mavzu jihatdan birlashtrib, uni
yakunlashdan iborat.
Demak, mavzu jihatdan reprizaning belgisi uning birinchi davriyadagi
qismlardan biri bo’lgan kuy-ritmik tomondan o’xshash holda bo’lishidir. Ba'zi
xollarda bu birinchi davriyadan olingan butun bir jumlani aynan takrorlashdan yoki
ozgina o’zgartib takrorlashdan iborat bo’ladi. Reprizada ko’pincha birinchi
davriyaning ikkinchi jumlasi takrorlanadi, ba'zan esa birinchi jumla quyidagi
misolga o’xshab takrorlanadi.
Birinchi davriyaning materialini repriza uchun qayta ishlash ba'zan pe da
bosh kul’minatsion shaklni yaratishga intilish bilan bog’lik bo’ladi.
Qismning garmonik tomoni ko’p jihatdan birinchi davriya materialini
repriza uchun qayta ishlash zarurligini taqozo etadi. Basharti, birinchi davriya bir
tonallikdan iborat bo’lsa, faqat shunday hollardagina uning ikkinchi jumlasini
aynan takrorlash mumkin. Agar davriya modulyasiyalashtiruvchi bo’lsa. U holda
uni repriza uchun ikkinchi jumlada o’zgartirish butun shaklni tonallikda yakunlash
maqsadida zarur bo’ladi.
Eng
oddiy
hollarda
reprizaning
tuzilishi
birinchi
davriyadagi
takrorlanayotgan musiqa tuzilmasiga taxminan muvofik keladi. Reprizaning
cho’zimi avvalgidek qolaveradi hamda birinchi davriyaning yarmisiga, ya'ni uning
bitta jumlasiga teng bo’ladi. Ichki struktura ham xuddi shuningdek uzgarmay
keladi yoki o’rta qismini parchalab kontrast hosil qilish uchun targ’in ham
qo’shilishi moyil bo’lib keladi, hamda undan keyii jamlanish paytiga kiritiladi.
Ikkinchi davriyada birinchi davriya elementlarining takrorlanishi aniq
sezilmaydigan ikki qismli shakl reprizasiz ikki qismli shakl deb ataladi.
Mavzu jihatdan olganda bu yerdagi birlikka kuy-ritmik shaklning,
shuningdek butun fakturaning umumiy bir tipligi orqali erishiladi. Ikkinchi qismda
238
birinchi qism elementlari takrorlangan hollarda, ular shu darajada o’zgarib
ketadiki, natijada reprizali takrorlanish taassurotini bermaydi. Bunda uncha katta
bo’lmagan kontrastlar ham bo’lishi mumkin.
Garmonik jihatdan ikki qismli shaklning mazkur turi hech qanday yangilik
bermaydi. Bunda tonal birlikning umumiy shartlari saqlanib qoladi, shuningdek,
birinchi davriyaning oxirida. Hamda ikkinchi davriyaning boshlanishida
modulyasiya yuz berishi mumkin. Basharti asosiy tonallik yo’qolib ketgan bo’lsa,
shaklning oxiriga kelib u tiklanadi. Shu tufayli mavzu reprizasiz tonal repriza
to’g’risida so’z yuritish mumkin. Xuddi shuningdek, struktura jihatdan nam old
o’zgarishlar sodir bo’lmaydi. Davriyalar o’zaro bir-biriga teng yoki bir xilda
tuzilgan bo’lishi mumkin. Agar mabodo strukturali kontrastlik kiritilgan bo’lsa, u
avvalo ikkinchi davriyaning boshlanishida ancha parchalangan tuzilmada namoyon
bo’lib, keyinchalik jamlanish orqali ifoda etiladi. Ikkinchi davriyada reprizali ikki
qismli shaklda umumiy chuzim qancha bo’lsang uncha miqdorda katta umumiy
cho’zim vujudga kelishi mumkin.
Reprizasiz ikki qismli shakl vokal musiqa uchun ayniqsa kerakdir, Buning
uchun asosiy negiz deb quyidagilarni aytish mumkin: 1) matndagi harakat
birlashtirilishi, shu tufayli mavzu bo’lgan omillarning mavjudligi 2) matnda
musiqali repriza sabab bo’ladigan omilning topilmasligi. Bunday shakllarda
shaklning asosiy qismida no’ta bo’lgan chinakam repriza takrorlarnib ba'zan
qo’shimcha (yakunlovchi) tuzilmalarda (kodalarda) topish mumkin.
Ikki qismli shakllarda odatda asosiy shakl bilan mavzu yoxud faktura
jihatdan bog’liq bo’lgan doha-doha muqaddimalar uchrab turadi. Ikki qismli shakl
uchun mustaqil asar sifatidagi muqaddimalar tipikdir.
Bunday uncha katta bo’lmagan mustaqil asarlarda xotima-kodalar kam tez-
tez uchraydi. Mazkur shaklning uncha katta bo’lmagan o’lchovlariga binoan
xotima (koda) ham shunga yarasha doha bo’ladi. Ba'zan asosiy qismning
o’lchoviga yetib qoladigan darajada juda rivojlangan kodalar ham uchraydi.
Bunday kodani yakuniy bayondagi belgilarga, ayniqsa tonikadagi takrorlangan
kadensiyaldnishga yoki tonika organ punktiga qarab bilib olish mumkin.
239
Ikki qismli shakl uncha katta bo’lmagan mustadil asarlar prelyudalar,
programma tartibidagi kichik p’yesalar (ayniqsa, turkumlarga birlashtirilgan
p’yesalar), radolar, qo’shiqlar jumladan, baidli qutiiqlar) va romanslar uchun
qo’llaniladi.
Bundan tashqari, ikki qismli shakl o’zidan ancha yirikroq bo’lgan butun bir
asarning bir qismi (murakkab uch qismli shakl, variatsiyalar mavzui, rondo
mavzularidan oxiri, kamdan-kam hollarda sonata shaklining bir (qismi) sifatida
ham xizmat qiladi.
Vokal musiqada reprizasiz ikki qismli shakl cholg’u musiqadagiga
Qaraganda ancha ko’proq uchraydi. Bu yerda shakl davriyalari nisbatining
mutanosibliklari ham matn tuzilishining ta'siri ostida cholg’u musiqadagi ikki
qismli shaklga qaraganda ko’pincha sezilarli darajada erkin holda keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: