Vokal ijrochiligida ikki qismli shakl.
1-§. Oddiy ikki qismli shakllar.
Ikki davriyadan iborat bo’lgan shakl oddiy ikki qismli shakl deb atash
mumkin emas. Ikki qismli shaklda ikki davriyaning aloqasi mexanik tarzda
bo’lishi ularning bir butunligi albatta shartli ravishda bo’ladi.
Mavzu jihatdan olganda birlikka quyidagicha erishiladi:
1.
Takrorlash vositasida ko’proq birinchi qismdan olingan materialning
ikkinchi qismi oxirida, yoki
2.
bunga birinchi qismdan olingan elementlar ikkinchi qismda to’g’ridan
- to’g’ri takrorlanmagan vaqtda har ikkala qismdagi shakllarning hususan bir tipda
bo’lishi orqali erishiladi.
Murakkab davriyada qismlarning mavzu jikatdan yaxlitligi kuzatiladi.
Uning ikki qismli shakldan asosiy farqi shundaki, har ikkala jumla unda boshlanish
qismlarida bir-biriga o’hshash bo’ladi, ikki qismli shaklda esa har ikkala
davriyaning boshlanishi har xil bo’ladi va bunda ko’proq ularning tugallanish
qismlarida o’xshashlik kuzatiladi.
Ikki qismi shaklning davriyalarida har ikkala jumlaning bir-biriga o’xshab
qolishi kamdan-kam uchraydigan hodisadir.
Garmonik jihatdan yaxlitlik asosiy tonallikning mavjudligida ifodalanadi.
Bunda asosiy tonallik yo umuman (nisbatan olganda kamdan kam) buzilmaydi
yoki shaklning boshlanish qismida ta’kidlanib, uning oxiriga kelganda yana
tiklanadi. Bunday hollarda ikki qismli shakl tonallik jihatidan siqiq bo’ladi va
ma'lum ma'noda mustaqil musiqiy organizmni eslatadi.
Tuzilish jihatdan olganda yaxlitlik eng oddiy holatlarda bir xildagi
cho’zimlarda kamida ikki davriyaning tuzilishida ifoda etiladi Birok, bundagi
munosabatlar ko’pincha ancha kamroq elementlar holatda bo’ladi. Ikkinchi davriya
birinchisiga Qaraganda uzunroq bo’ladi, ular o’rtasidagi strukturali aloqa esa
alohida olingan va bir-biriga qo’shilib ketgan (parchalangan va jamlangan)
tuzilmalarning maqsadga muvofiq ravishda aniqlanishida o’z ifodasini topadi.
235
Oqibat natijasida shunday tuzilishi kam faqat bir oz murakkabroq holda
ifodalangan bir yaxlitlik hisoblanadi.
Ikki qismli shaklning birinchi qismi deyarli kamida yaqqol ifoda etilgan
ekspozitsion tuzilmadan iborat bo’lgan davriyadan tashkil topadi.
Mavzu jixatdan mazkur davriyaning ikki jumlasi o’xshash kelishi xarakterli
xususiyatdir. Ularning kuy shakli turlicha bo’lgan hollarda odatda ritm butunligi
saqlanib qoladi.
Yuksalish va pasayish nisbatlariga qarab bir ohangning ikkinchi bir
ohangga moyillashtarib, rang-barang tusda ijro etilishi binobarin, kuy chizig’ining
anchagina mutanosib holda kelishi, umuman ikki o’xshash shaklning dastlabki
davriyalari uchun (ko’pincha butun shakl uchun) xos bo’lgan xarakgerli
xususiyatdir.
Bunday mutanosiblik bo’lmaganda edi, u hol musiqaning uzoq vaqt
mobaynida yanada takomillashtirilishini taqozo etar edi. Hajmning cheklanganligi
va butun shaklning mutanosibligi esa bunga to’sqinlik kilgan bo’lar edi. Ancha
salmoqli fikrlar o’zining dastlabki bayonida odatda, davriyalarda katta
mutanosiblikka erisha olmaydi. Buning natijasida ularning takomili davriya
chegarasidan chiqishni talab qiladi.
Garmonik jihatdan faqat shu narsa mudomki, bunda birinchi davriya bir
tonalik bo’lishi xam, modulyasiyalangan bo’lishi ham mumkin. Modulyasiya
ko’pincha dominanta funksiyaga ega bo’lgan 5 yoki 3 pog’ona tonalligiga
qaratilgan bo’ladi. Mazkur shakl umuman uncha ko’p davomiylikka ega
bo’lmaganligi tufayli bundan ko’ra cho’ziqroq tonalliklarda modulyasiyalash unga
juda kam darajada xos bo’lgan xususiyatdir.
Yarim kadensiyada tamom bo’ladigan dastlabki tizimlar bir oz o’zgacha
Xolatda turadi. Ular yukorida ta'kidlangan ma'noda davriya bo’lmasalarda, biroq
baribir, ular davriya funksiyasini bajaradilar.
Bunda ular uchun ichki mavzu va tonal birlik ta'minlangan bulishi shart.
Yarim kadensiya tufayli buziladigan yoyiqlik ma'lum ma'noda tobe tonallikka
236
o’tgan vaqtdagi samaraga o’xshab ketadi. Chunki bundagi ozroq va hatgo ko’proq
miqdordagi tobelikka o’tish ham musiqani davom ettirish zaruriyatini tug’diradi.
Ikkinchi qismning eng mudom belgisi birinchi Qismdagi mavzu
materialining qism yakunida takrorlanishidir. Shu munosabat bilan ikkinchi qism
ikkita jumlaga bo’linib ketadi.
Shulardan biri ikki doimli shakl o’rtasida o’rta qism deb atalib, u birinchi
davriyaga doir qadar kontrastlikka kirishadi.
Mavzu jixatdan bu kontrastlik quyidagicha sodir bo’ladi: nisbatan yangi
bo’lgan mavzu - ritmik material kiritishida, yoki birinchi davriyadan uni
bo’laklarga ajratish vositasi bilan olingan material qayta ishlanib, rivojlantirilishi
va yangicha bayonda takdim etilishida,
Garmonik jihatdan o’rta qism uchun u yoki bu ko’rinishdagi noturg’unlik
tipik holdir, Eng oddiy hollarda butun o’rta qism mobaynida birgina noturg’unlik
garmoniya - ko’pincha asosiy tonallik dominantasi yoki boshqa bir akkord,
masalan, parallel dominanta saqlab qolinadi.
Asosiy tonallik dominanta organ punktidagi butun o’rta qismning tuzilmasi
bir oz murakkabroq bo’ladi. Bundan tashqari, agar o’rta qism asosiy tonallikka
ko’rilgan bo’lsa, u holda noturg’unlik kuchli hissalarda va ayniqsa kadans nuqtasi
sifatida xizmat qiluvchi juft taktlarda tonikaning bo’lmasligi orqali ifoda etiladi.
Biroq noturg’unlik ko’pincha tonallikning almashtirilishi ko’rinishida
tag’in ham ko’proq murakkab bo’lgan shaklda ifodalanadi. Bunday hollarda butun
o’rta qism bittagina tobe tonallikda kechada yoki o’rta qism ichida tobe
tonalliklarning o’zaro almashuvi sodir bo’ladi.
Birinchi davriya elementlarining modulyasiyalashuvchi sekvensiya
ko’rinishida sekvensiya o’tkazilishi munosabati bilan tobe tonalliklarning
almashuvi anchagina tipik xodisa bo’lib qolgan. Bunda shaklning uncha katta
bo’lmagan o’lchami nisbatan bir - biriga yaqin bo’lgan tonalliklarni qo’llash
imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |