– mashq
Sonli koptoklar
Koptok bilan bog‘liq boshqa mashq:
Koptokni uzatayotganda bir sonidan boshlab, o‘n to‘qqizgacha bo‘lgan xohlagan sonni aytasiz. Kimga koptok uzatilsa, o‘sha talaba aytilgan songa bir qo‘shib, javob qaytaradi, koptokni uzatish chog‘ida yana bitta son qo‘shib uzatadi. Koptokni uzatayotganda, hozir aytilgan sonlardan keyingisini ketma-ket aytish ta’qiqlanadi. Koptokni ilib olganingizda “sakkiz” degan bo‘lsangiz, “to‘qqiz” sonini (ketma-ket) koptok uzatayotganda ayta olmaysiz. Boshqa sonni ayting.
Yetti! – bitta talaba otadi.
Sakkiz! – ikkinchi talaba javob beradi, koptokni ilib oladi va “o‘n besh” - deb uchinchi talabaga uzatadi. Uchinchi talaba esa “ o‘n olti” - deb javob beradi. Buni birdaniga uddalash qiyin. Ikkita son tez ritmda aytilganida, odatda navbatdagi son o‘z-o‘zidan tildan chiqib ketay deydi. Ish paytida diqqatni bir joyga jamlab olsangiz, mana shu refleks bo‘lib qolgan ketma – ketlikni yo‘qota olasiz. Borgan sari koptok otuvchi va ilib oluvchilarning qo‘l harakati ritmlar o‘zgarishiga moslashib boradi. Sonni koptok otayotgan vaqtda aytish kerak. Javob sonini esa, koptokning havodagi harakati vaqtida aytish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |