O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 242,1 Kb.
bet20/68
Sana16.01.2022
Hajmi242,1 Kb.
#378288
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   68
Bog'liq
aktyorlik mahorati

TEMPO – RITM



Aktyorning sahnadagi holati uning tempo-ritm (sur’at va marom)ni qanchalar his qila olishi orqali namoyon bo‘ladi. Sur’at - bu aktyorning roldagi botiniy harakati tezligi. Marom - uning asabiy holati, faoliyati. Qaxramonning jismoniy hatti – harakati va ruhiy hissiyoti, kayfiyati uning hatti-harakati jarayonida sur’at va maromning bir-biriga muvofiqligiga bog‘liq

Stanislavskiy barcha hayotiy va sahnaviy sur’at - maromlarni 13 taga bo‘lib chiqqan. Bo‘lajak aktyorlarni tarbiyalashda, ayniqsa, musiqali teatr aktyorlarini o‘qitishda, sahnada tempo-ritm (sur’at va marom)ni his qilish qobiliyatini rivojlantirishda musiqiy - ritmik mashqlarning ahamiyati katta. O‘quv jarayonining ilk kunlaridan talabalar bilan turli shakldagi musiqiy-ritmik mashqlar ustida amaliy ish olib borish aktyorlik mahoratining asosiy elementlaridan biri bo‘lgan diqqatni jamlash,

partnyorni his qilish, ansamblda ishlay olish, ichki diqqat va tashqi diqqat tushunchalarini kichik sahnada amaliy qo‘llay bilish xususiyatini shakllantiradi va rivojlantiradi. Bunday mashqlarni doimiy va bora-bora murakkablashgan ko‘rinishlarda qo‘llash, doimiy takrorlab turish talabaning musiqiy hatti-harakat qila olish qobiliyati paydo bo‘lishi yo‘lida o‘ziga xos maktab vazifasini o‘taydi. Ma’lum vaqt oralig‘ida ular ijobiy natijalarga erishayotganliklarini his qila boshlaydilar. Talabalar orasidan ritmni ushlab tura olish, ichki va tashqi diqqatni bab-barobar his qilib turuvchilari ajralib chiqa boshlaydi. Talabalar o‘rtasida bir - birlarini eshitishga moyillik kuchayadi. Ular orasidan ritm ustalari ajralib chiqishi kursda yetakchi - liderlar shakllanishiga sabab bo‘ladi. Bunday yetakchilarda o‘zlariga ishonch paydo bo‘lishi ularni yanada faol bo‘lishga va qolgan talabarni o‘z ortidan yetaklashiga turtki beradi. Eng asosiysi, ilk marta sahnaga chiqayotgan talabalarda o‘zini yolg‘iz emasligini, yonida o‘ziga o‘xshagan kursdoshlari borligini, ulardan ortda qolmaslik kerakligini tushunish hissi uyg‘onadi va bu talabani sahnaviy siqiqlikdan xalos bo‘lishiga juda katta yordam beradi. Chunki uning butun diqqat - e’tibori kursdoshlari bilan amalga oshirayotgan o‘yinga - musiqiy- ritmik mashqqa yo‘naltirilgan bo‘ladi, sahnada aniq maqsadga erishish yo‘lida urinishlarni amalga oshira boshlaganligini o‘zi ham sezmay qoladi. Bu jarayon talabada “kechinma san’ati”ning asosiy talabi bo‘lgan “maqsad yo‘lida hatti -harakat qilish” ko‘nikmasini shakllantirib boradi.

Musiqiy - ritmik mashqlar ustida ishlash jarayonida talabalarning tasavvuri va fantaziyasini rivojlantirish jihatlariga alohida e’tibor berish lozim. Mashqlarni faqat ritmik shakliga emas, ohangdorlik jihatlariga ham urg‘u berib borish kerak. Ya’ni, musiqiy-ritmik mashqlarni faqat usullar chalish - qo‘l, tizza, oyoq, barmoqlar yordamida usullar berish berish bilan amalga oshirish - ma’lum bir chegaralanishga olib keladi, mashq juda oddiy ko‘rinish kasb etadi. Buni murakkablashtirish uchun konsertmeyster va xormeysterning yordami zarur bo‘ladi. Misol uchun, hammaga tanish bo‘lgan biror –bir qo‘shiqning ijrosini kurs talabalari birgalikda amalga oshirishlari uchun maxsus tarzda konsertmeyster jo‘rligida va xormeyster boshchiligida amaliy ish olib boriladi. Qo‘shiq tayyor



bo‘lgach, talabalar uni musiqa jo‘rligisiz ijro etib ko‘rishadi. Albatta, bu paytda talabalar orasidan kimdir ohangdan qochadi, yana kim bilandir usuldan chiqib ketish hollari yuz beradi. Bu tushunmovchiliklarni bartaraf etish uchun yana diqqat mashqining mukammal ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan musiqiy –ritmik mashqlarning talablariga murojaat etiladi. Ijodiy jamoa bilan birgalikda ushbu qo‘shiqning ritmik tuzilishi o‘rganib chiqiladi. Uning shakli, ya’ni qo‘shiqning har bir misrasi necha taktdan iboratligi, bir takt nechta butun, qancha yarim, qancha chorak, yoki qancha nimchorak va xokazo zarblardan tashkil topganligi oydinlashtirib olinadi. Endi yuqorida tanlangan qo‘shiqni ana shu ritmik shaklni saqlagan holda usul jo‘rligida ijro etib ko‘riladi. Bir narsa aniqki, endi talabalarda usuldan chiqib ketish hollari kuzatilmaydi. Chunki takt va zarblarni ichki fikriy nazorat qilish orqali talabaning ichki diqqati faol ishlay boshlaydi. Talabalar qo‘shiqni ijro etar ekan, bir -birini eshitishga, ichki sanoqni muntazam ushlab turishga, ortda qolmaslik yoki oldinga o‘tib ketishga urinmaydi. Ular sur’at va maromni, ya’ni ichki va tashqi tezlikni bir xilda ushlab turishga harakat qilishadi. Ana shu jarayon muntazam takrorlashlar tufayli mustahkamlanib olingach, qo‘shiqni “har maqomga” solib ijro qilish mumkin. Ya’ni, bir taktni qo‘shiq qilib, keyingi taktni faqat usul chalish orqali, xilma-xil shaklda ijro qilish mumkin. Bu yerda oddiydan - murakkabga, murakkabdan - yengillikka, yengillikdan - go‘zallikka qarab intilish jarayoni ro‘y beradi. Mashqning yanada jozibali ko‘rinish kasb etishi uchun – forte, piano va pauza singari musiqiy elementlarning boshqa ko‘rinishlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Mukammallik darajasiga erishilgach mana shu oddiy musiqiy - ritmik mashqni alohida san’at asari sifatida tomoshabinlarga ham namoyish etish mumkin.

Juda ko‘p hollarda notadan, musiqaning boshlang‘ich elementlaridan bexabar bo‘lganlar ham talabalar safiga kirib qoladi. Aslida, ularga musiqiy qobiliyat, ritm va ohangni his qilish salohiyati tabiat tomonidan berilgan bo‘ladi. Faqat musiqiy bilim, ko‘nikma va malaka yetishmaydi. Chunki musiqa maktabiga qatnamagan, musiqaning ilk elementlar i haqida tasavvurga ega emas. Musiqa juda murakkab tuzilmaga ega bo‘lishiga qaramasdan, ilk saboqlarning yetishmovchiligini

mashqlar yordamida to‘ldirib olish mumkin. Buning eng oddiy usuli - notalar kengligi, o‘lchamlari haqidagi tushunchalarni berish.

“Musiqiy tovushlarning uch xil fizik xususiyati bor: bular - balandlik, qattiqlik va tembrdan iborat. Nota - lotincha so‘z bo‘lib, belgi ma’nosini bildiradi.




Download 242,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish