O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 242,1 Kb.
bet21/68
Sana16.01.2022
Hajmi242,1 Kb.
#378288
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   68
Bog'liq
aktyorlik mahorati

Ritm - o‘zaro bog‘lanib, izchil kelgan tovushlar cho‘zimidir.

Tovushlarning muayyan tartibda bog‘langan cho‘zimlari birlashib, ritmik turkumlar (usullar) hosil qiladi.

Musiqiy asarning bir kuchli hissadan ikkinchi bir kuchli hissagacha

bo‘lgan oralig‘i - takt deyiladi.



Harakat tezligi - temp (sur’at) deyiladi. Temp musiqada muhim ahamiyatga ega. Noto‘g‘ri boshlangan har bir temp musiqaviy obrazni buzib ko‘rsatadi”.23

Tovush (nota)lar cho‘zimi:


Butun nota - - “4 –i” ga sanaladi.

1-i, 2 -i, 3- i, 4- i.


Yarim nota - - “2- i” ga sanaladi.

1- i, 2 –i.


Choraktalik nota-
1-i.

- “1- i” ga sanaladi.


Nimchorak nota - - “1” ga yoki “i” ga sanaladi.

1 yoki i.



Sakkiztalik nota- - “1” ga yoki “i” ga ikkita nota sanaladi.




23 Vaxromeev V. A. Musiqaning elementar nazariyasi. - Toshkent . “O‘qituvchi” - 1980 y. 19-bet.




O‘n oltitalik nota- - “1” ga yoki “i” ga sanaladi.

O‘ttiz ikkitalik nota - -“1”ga yoki “i”ga sanaladi.

Talabalar barcha nota uzunliklarini o‘zlashtirib olishlari uchun uni qarsak orqali amaliy bajariladi. Ya’ni, birinchi zarbdan keyin nota uzunligi, masalan, butun nota uzunligiga mos sanoqni ovoz chiqarib sanaladi. Keyin boshqa nota uzunligi, masalan, yarim nota uzunligiga mos sanoqni ovoz chiqarib sanab boriladi. Undan keyin chorak, nimchorak va

h.k.z. nota uzunliklariga mos sanoq amalga oshiriladi va qarsak zarblari ma’lum bir kompozitsion ko‘rinishga kelib qolganligini talabalarning o‘zlari ham sezmay qolishadi. Bir necha marotaba takrorlash orqali talaba ma’lum bir tushuncha va ko‘nikmaga erishadi. Shundan keyin bu mashq asta-sekinlik bilan murakkablashtirib boriladi. Keyingi bosqichda ushbu qarsak mashqlari ovoz chiqarmasdan ichki sanoq yordamida bajarilib ko‘riladi. Bunday usul talabadagi ichki diqqatni rivojlantiradi, ichki tempni his qilish qobiliyatini mustahkamlaydi.



Takt oralig‘i notalarining sanog‘ini bildiradi. Ya’ni, bir taktda bitta butun nota joylashadi. Yoki bir taktda ikkita yarim nota, yoki bir taktda to‘rtta chorak nota, yoki bo‘lmasa bir taktda sakkizta nimchorak nota joylashadi. Undan keyingi notalar - o‘n oltitalik, o‘ttiz ikkitalik.

Keyingi bosqichda kurs talabalari to‘rtta guruhga ajratiladi va yuqorida aytib o‘tilgan notalar uzunliklari ushbu guruhlar o‘rtasida taqsimlab olinadi. Shundan keyin birinchi guruh butun notani ikki takt chalishadi. Uchinchi taktdan boshlab ularga ikkinchi guruh yarim nota uzunligi ijrosi bilan qo‘shilishadi. Bular ham ikki takt chalishgach, uchinchi guruh chorak nota ijrosi bilan jo‘r bo‘lishadi. Ulardan ikki takt o‘tkazib to‘rtinchi guruh o‘zlariga biriktirilgan nimchorak notaning uzunligini chalishga kirishishadi. Har bir guruh o‘zining nota uzunligidagi, ya’ni, takt boshidagi birinchi zarbni boshqa guruhlar bilan baravar chalishi, umumiy ritmni esa ichki sanoq yordamida diqqat markazida

ushlab turishi, boshqa guruhlarga xalaqit qilmagan holda o‘z vazifasini bajarishi talab etiladi. Xuddi shu tariqa ansamblni his qilish ko‘nikmasi ham rivojlanib boradi. Bunday murakkab mashq ko‘p marotaba takrorlashlar natijasida o‘zlashtiriladi. Chunki, bu mashq, avvalo, diqqatni jamlashga va maqsadga muvofiq yo‘naltirishga majbur qiladi. Natijada talabalarda umumiy ritmni ushlab turish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Buning uchun pedagog xohlagan vaqtida guruhlar uchun ajratilgan notalar uzunligini o‘zgartirishi, almashtirishi mumkin. Yangi nota uzunligini o‘zlashtirgan talabalar sanoqdan, ichki va umumiy ritmdan adashmay ijro etish darajasiga yetishi zarur.




Download 242,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish