Ba’zan biz o‘zimiz uchun juda noqulay vaziyatlarda - pochtada, vokzalda, jamoatchilik joylarida, odamlar orasida, radio jaranglab turgan xonada, shovqin - suron ichida o‘ylashimizga, fikrlashimizga, biror-bir masalaning yechimini topishimizga to‘g‘ri keladi. Ana shunday paytlarda biz diqqatimizni, o‘y-fikrimizni bir nuqtaga to‘plashimiz lozim bo‘ladi. Kundalik hayotda bunday vaziyatlarda bemalol harakat qilamiz. Biroq sahnada ana shu erkinlikka erishish mushkulroq. Chunki, bizga xalaqit beruvchi juda ko‘plab omillar mavjud. Biroq bunga erishsa bo‘ladi.Buning uchun ichki diqqatni mashqlar yordamida rivojlantirishimiz kerak.
Ichki diqqatni rivojlantirish mashqlariga misollar:
mashq: “Matematika”. Bu mashqda talabalar oddiy matematik hisoblashlarni shartli harakatlar vositasida ifodalashadi. Qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish va tenglik belgilari. Qo‘shish - qo‘llarimizda + belgisini ifodalaymiz. Ayirish - qo‘limizni ko‘ksimizda bukib ko‘rsatamiz. Ko‘paytirish - qo‘llarimizni X shaklida ko‘rsatamiz. Bo‘lish - qo‘limizni musht qilib ko‘rsatamiz. Sonlar - 1 dan 9 gacha qarsak chalamiz va o‘ng oyog‘imizni topillatamiz. Tenglik belgisi - qo‘limizni
tirsaklarimizgacha bukib ko‘rsatamiz. Mashqni oddiy hisoblarni bildiruvchi harakatlardan boshlash kerak. 3 + 2 = 5. Belgilab olgan shakllarimizga qarab mashqni bajaramiz. Mashqni to‘liq o‘zlashtirib olganimizdan keyin, unga qarama - qarshiliklar qo‘shamiz. Buning uchun biz guruhni ikkiga bo‘lamiz, birinchi guruh mashqni bajaradi, ikkinchisi ularga halaqit berib, ashula aytadi yoki gaplashib o‘tiradi. Birinchi guruh hech narsaga e’tibor bermay matematika mashqini davom etiradi. Bu mashqni yanada chuqurlashtirsa va musiqiy-ritmik mashq darajasiga olib chiqsa bo‘ladi. Bu uslub musiqiy teatr aktyorligi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun juda foydali.
mashq: “Futbol”. Talabalar ikki guruhga bo‘linishadi.
O‘qituvchi to‘rt xonali sonni aytadi. Masalan -3575. Birinchi guruh sonlarni eslab qolib, mashqni bajarishga kirishadi. Minglik sonlar – boshni qimirlatish bilan ifodalanadi – demak, uch marta bosh qimirlatiladi. Yuzlik sonlar - o‘rindan turib - o‘tirish bilan ifodalanadi – ayni topshiriqda besh marta turib-o‘tiriladi. O‘nlik sonlar – oyoqlarni tapillatish - yetti martta va birlik sonlar qarsak chalish bilan belgilanadi, ushbu topshiriqda besh marta qarsak chalinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |