170
olingan manbalarni o‗zaro solishtirish orqali masalaga oydinlik kiritish usullarini
ongda shakllantirishdir
7
.
Kasbiy tafakkur nafaqat harakatga keltirish zarur bo‗lgan aqliy imkoniyat, balki inson omilini faollashtirish
qurolidir
8
. Shu nuqtai nazardan, ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy tafakkuri deganda, o‗z xizmat
vazifalarini bajarishlarida muhim ahamiyat kasb etadigan voqea, hodisa va holatlardagi umumiylikni ko‗ra olish,
analiz va sintez qilish, taqqoslash, asoslash va taxminiy xulosalar chiqarish jarayoni tushuniladi.
Kasbiy rivojlangan tafakkur xodimning muhim xislati bo‗lib, narsalar, odamlar va ularning xatti-
harakatlaridagi muhim jihatlarini bilish, ular o‗rtasidagi qonuniyatli aloqalarni topish qobiliyatida namoyon bo‗ladi.
Xodimning tafakkuri murakkab tezkor xizmat vazifalarini bajarish, amaliy muammolarni hal etishning yangi
yo‗llarini topish qobiliyati.
Kasbiy tafakkurni faollashtirishning asosiy usullari
quyidagilardan iborat
9
.
Kasbiy vazifani tushunish usuli. Dastlab umumiy vazifani oddiy vazifalarga bo‗lish zarur. Ishning tafsilotlari,
ikir-chikirlariga e‘tibor berish, hech narsani nazardan qochirmaslik, vazifani bajarishning bir necha variantlariga
ega bo‗lishga harakat qilish kerak.
Masalaning yechimini topish usuli. Avvalo, izlanishning dastlabki nuqtasi ajratib olinadi, bunda izlash
chegaralari aniqlanadi va tartibga solinadi. Izlash yo‗nalishlari tanlanadi, uyg‗unlashtiriladi va qayta ko‗rib
chiqiladi.
Tekshirilayotgan hodisaning manzarasini fikran shakllantirish usuli. Xodimdan umumiy manzara va undagi
elementlarning obrazli ishlovini amalga oshirish hamda shu asosda tekshirilayotgan hodisaning qolipi (sxemasi)ni
shakllantirish talab etiladi (bu tezkor yoki taxminlar (tusmollar) shaklida amalga oshirilishi mumkin). Hodisaning
elementlari o‗rtasidagi aloqalarni ko‗rib chiqish va ishlash, ularni bir butun ko‗rinishga birlashtirish hamda asosiy
bo‗g‗inni topish zarur.
Tafakkurni yo„naltirish usuli tadqiq etilayotgan vaziyatda ruhiy yo‗nalish olish (masalan, gumon
qilinuvchining xatti-harakatlari motiv- larini tushunishga harakat qilish), shuningdek psixologik tahlil o‗tkazish va
uning asosida vaziyatning bundan keyingi rivojlanishini bashorat qilishdan iborat. Ba‘zi murakkab vaziyatlarda
refleksiya usulidan, ya‘ni raqib nuqtai nazaridan mulohaza qilishdan foydalaniladi.
Tafakkur jarayonida nazoratni kuchaytirish usuli. Xodim o‗zini nazorat qilishning so‗zda ifodalangan
formulalaridan («Men buni qanday qilib bajara oldimq», «Nima uchun men bunday xulosaga keldimq» va h.k.)
foydalangan holda tekshirib turishi zarur. O‗z xulosalari va baholarida subyektivlikka yo‗l qo‗ymaslikka, shaxsiy
moyillik va xusumatni yo‗q qilishga harakat qilishi kerak.
Tafakkurni shakllantirish usullari:
1)
mustaqil fikr yuritish, javobgarlik hissini anglash kabi shaxsiy xususiyatlarni
rivojlantirish;
2)
kasbiy masalalarni hal qilishda talab etiladigan bilim, ko‗nikma va tajribani
egallashga harakat qilish;
3)
kasbiy masalalarni hal qilishda talab etiladigan bilim, ko‗nikma va tajriba egallashga harakat qilish;
4)
bir-biriga qarama-qarshi fikrlar chigalini yechish, qiyin, mavhum vaziyatlarda yechim topish
mashqlarini mukammallashtirish;
5)
mantiqiy fikrlash, tafakkur operatsiyalar mohiyatini anglash, masalani yechishdagi g‗ayritabiiy usullar
Do'stlaringiz bilan baham: