167
O'tmishda idrok qilingan narsalarning hisqtuyg'u, fikr va ish harakatlarning ongimizga qaytadan tiklanishi
esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nerv-fiziologik asosi bosh miya po'stida ilgari hosil bo'lgan nerv
bog'lanishlarning qo'zg'alishidir.
Idrok qilingan narsalar miyamizda o'rnashib qolishi, esimizda turishi tufayli, ular turli usulda esimizga
tushishi mumkin. Esda saqlash deyilganda ilgari tug'ilgan taasurot, fikr, his-tuyg'u va ish harakatlarning jonlanib,
takrorlanib turishga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishini tushunamiz. Ana shunday moyillikning hosil
bo'lishi va mustahkamlanib qolishi nerv sistemasining plastiklik deb ataluvchi alohida xususiyatga ega bo'lishi bilan
bog'liq. Shuning uchun ham nerv sistemasi ilgari bo'lib o'tgan tassurotlarni takrorlashga tayyor turadi.
Unutish-
ilgarilari esga olib qolingan narsalarning ongimizdan tamomila yo'qolishi, ya'ni uni esda tutishga batamom qarama-
qarshi jarayon deb tushunamiz. Bu xato fikrdir. Esdan chiqarish xotirani ko'pgina keraksiz detallardan holi qilish va
eslab qolinganini umumlashtirish, shu orqali esa uning saqlanib qolishiga yordam beradi. Esdan chiqarishning o'ziga
xos xususiyati uning bir tekisda bo'lmasligidir. Esdan chiqarishning oldini olish uchun u materialni shunday, biroq
o'z vaqtida takrorlash kifoyadir, chunki esdan chiqarilgan narsani qayta tiklash uchun anchagina mehnat talab
qilinadi.
Xotiraning mexanizmlari haqidagi fiziologik nazariyalar I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati qonuniyatlari
haqidagi ta'limotining eng muhim qoidalari bilan chambarchas bog'liqdir. Muvaqqat shartli bog'lanishlarning hosil
bo'lishi haqidagi ta'limot-bu sub'yektning individual tajribasi tarkib topishi mexanizmlari haqidagi ta'limot, ya'ni
aslida «fiziologik darajada esda olib qolish» nazariyasidir.
Xotira kishi hayoti va faoliyatining barcha jabhalarida ishtirok etishi sababli uning namoyon bo'lishi
shakllari ham benihoya rang-barangdir. Xotiraning turlarga bo'linishi, eng avvalo, esda olib qolish va yana qayta
eyaga tushirish jarayonlari o'rin olgan faoliyatning aynan o'ziga xos xususiyatlar bilan bog'liq bo'lishi kerak. Bu
xotiraning u yoki bu turi kishida uning psixik tuzilishiga xos xususiyat sifatida gavdalangan hollar uchun ham
to'g'ridir. Muayyan psixik xususiyat faoliyatda gavdalanmasidan oldin unda shakllanadi.
Xotira ta'riflarining esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir bo'ladigan faoliyatning
xususiyatlariga bog'liqligi xotiraning har xil turlarini ajratish uchun umumiy asos bo'lib xizmat qiladi. Bunda
xotiraning ayrim turlari uchta asosiy mezonga muvofiq tarzda bo'linadi:
1) faoliyatda ko'proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab xotira
harakat, emosional,
Do'stlaringiz bilan baham: