168
Ko‗pgina mnemotexnik tizimlar ushbu qonuniyatlarning amal qilishiga asoslanadi. Eslab qolishning
quyidagi asosiy usullari mavjud:
mantiqiy, ma‘noli, mexanik va mnemotexnik.
Mantiqiy eslab qolish - eslab qolishning asosiy usuli. Ushbu usuldan qanchalik samarali foydalanish aqliy
imkoniyatlarga, ma‘noli va mantiqiy aloqalar o‗rnatishga bog‗liq. Mantiqiy eslab qolishga asos bo‗ladigan ma‘noli
aloqalar tasodifiy yuzaga keladigan aloqalarga qaraganda ancha mustahkamligi bilan ajralib turadi. Mantiqiy eslab
qolishning muhim usullaridan biri, avvalo, manbani guruhlarga ajratish, ya‘ni ma‘nosi bo‗yicha guruhlashtirishdan
iborat.
Mexanik usul - ma‘nosini tushunmay quruq yodlanadigan usul. Uning asosini esda olib qolinadigan
ma‘lumotlarni oddiy takrorlash, ma‘nosini anglamasdan turib ko‗p martalab idrok etish tashkil etadi. Mexanik
xotira ancha yuqori turdagi xotiralarning eng oddiy asosidir, usiz ma‘lumotlarni eslab qola olmaymiz.
Mnemotexnika eng qiziqarli va mashq qilib rivojlantirsa bo‗ladigan usul. U asosan ma‘nosiz axborotni
bilvosita eslab qolishga xizmat qiladi. Uning yordamida ma‘noli axborotni eslab qolishning ratsional usulini ancha
kuchaytirish va ma‘nosiz materialni mexanik eslab qolish samaradorligini
benihoya oshirish mumkin
6
.
Kasbiy xotirani rivojlantirishning asosiy qonuniyatlarini yodda tutish zarur.
Shuningdek, Axborot inson hayoti va faoliyati uchun qanchalik muhim bo‗lsa, shunchalik mustahkam esda
qoladi va oson yodga tushadi. Shuning uchun ham qandaydir axborotni yod olayotganda doimo uni o‗zingiz,
masalan, kasbiy faoliyatda maqsadga erishishingiz uchun muhimligini ta‘kidlab turishingiz zarur.
Axborot inson faoliyatiga qanchalik aloqador bo‗lsa, shunchalik mustahkam yodlanadi (eslab qolinadi).
Xotirani
rivojlantirish qonuniyatlari
2
Nomlanishi
Tavsifi
1.
Assotsiatsiya qonuni
(Aristotel)
Notanish narsani eslab qolish uchun uni birorta tanish narsa bilan
bog‗lash zarur.
2.
Mustahkamlash qonuni
(A. R. Luriya)
10 daqiqa insonga biror narsani xotirasida mustahkamlash uchun
yetarli hisoblanadi.
3.
Esdan chiqarish qonuni
(G. Ebbingauz)
Har qanday material yodlanganidan so‗ng, 12 soat ichida xotirada
40% qoladi. Keyinroq esdan chiqish tezligi kamayadi, 6 sutkada
axborotning 20% saqlanib qoladi.
4.
B. V. Zeyngarnik qonuni Mashg‗ulotni eng qiziq joyida tugallash, yodlanayotgan materialni
eng qiziq joyida to‗xtatish qayta yodlash jarayonigacha
materialning to‗liq saqlanib qolishini ta‘minlaydi.
5.
Yosh qonuniyati
Xotira 18-25 yoshgacha yaxshilanib boradi, 45 yoshda bir xillik
saqlanib qoladi, 45 yoshdan sustlasha boradi.
6.
«Boshidan oxirigacha» qonuni
Yodlanayotgan materialning boshi va oxiri- dagi axborot,
o‗rtasidagiga qaraganda yaxshi saqlanadi.
169
Xotirani rivojlantirish uchun biron bilimni, qonuniyatni oddiygina yodlash emas, balki uni amaliy faoliyatda iloji
boricha kengroq ho‗llash muhimdir.
Axborot qanchalik chuqur anglansa, u xotirada shunchalik yaxshi saqlanib qoladi. Ushbu qonuniyatdan
foydalanish eslab qolish jarayonini fikrlash jarayoniga eng ko‗p darajada yaqinlashtirishni bildiradi. Anglangan
holda eslab qolish obyektlarning eng muhim jihatlarini va munosabatlarini ifodalovchi mantiqiy aloqalarga
asoslanadi.
Qiziqish uyg‗otuvchi yoki manfaat keltiruvchi axborot oson eslab qolinadi. O‗zlashtirayotgan narsamizni
bizni qiziqtirayotgan, biz uchun manfaat keltiradigan narsalar bilan bog‗lash - muvaffaqiyatli eslab qolishning
asosiy shartlaridan biridir. Muvaffaqiyatli eslab qolishda muayyan axborotni idrok etishga tayyorgarlik va yaxshi
eslab qolish maqsadini qo‗yish katta ahamiyatga ega. Bular eslab qolish jarayoniga katta ta‘sir ko‗rsatishi bilan
birga, uning natijalarini oldindan ko‗rish imkonini beradi va xotirada tiklashni osonlashtiradi.
Bir vaqtning o‗zida yuzaga keladigan tasavvurlar eslash jarayonida bir-birini yodga tushiradi. Xotiraning
ushbu qonuniyatidan foydalanish uchun eslab qolish va esga tushirish jarayonida tabiiy assotsiatsiyalardan
foydalanish, shuningdek, ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy faoliyatida xotiraning ishini yengillashtiruvchi
sun‘iy assotsiativ aloqalar o‗rnatishni o‗rganishimiz zarur.
Xotirani shakllantirish usullari:
-
bilishga bo‗lgan qiziqishlar doirasini, xotirada saqlash maqsadlarini
shakllantirish;
-
mantiqiy eslash usullarini o‗rganish;
-
javobgarik hissini kuchaytirish: bilim olishga, o‗rganishga, qunt qilishga, o‗zini tarbiyalashga e‘tibor
berish;
-
o‗tilgan mashg‗ulotlardagi materiallarni tizimli ravishda qayta takrorlash, xotirani mustahkamlovchi
mashqlarni bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: