Oʻqitish vositalari
|
Oʻquv-uslubiy majmua: laboratoriya ishi topshiriqlari, tarqatma materiallar, testlar, elektron darsliklar.
|
Oʻqitish shakli
|
Individual, kichik guruhlarda ishlash texnologiyasi.
|
Oʻqitish shart-sharoiti
|
Proyektor va kompyuter bilan ta’minlangan auditoriya
|
Monitoring va baholash
|
Laboratoriya ishlari, ogʻzaki soʻrov, kompyuterda amaliy ishlab natija olish, natijalar tahlili (baholash)
|
Laboratoriya mashgʻulotining texnologik xaritasi (12- mashgʻulotlar)
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyat mazmuni
|
Pedagog
|
Talabalar
|
1 – bosqich: Kirish
(10 daqiqa)
|
1.1. Talabalar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, laboratoriya xonasi va talabalarning darsga tayyorlik darajasi tekshiriladi.
1.2. Laboratoriya ishi topshiriqlarini beradi, mashgʻulotni oʻtish texnologiyasini, baholash turlari va mezonlarini e’lon qiladi.
|
Eshitadilar, laboratoriya ishi topshiriqlarini yozib oladilar.
|
2 – bosqich: Asosiy qism
(60 daqiqa)
|
2.1. Oʻqituvchi tarqatma materiallardan foydalangan holda laboratoriya mashgʻulotini davom ettiradi, ya’ni topshiriqlarni bajarish tartibini tushuntirgach, topshiriqlarni bajarishga kirishishlarini soʻraydi.
2.2. Talabalarning faoliyatlarini nazorat qiladi, savol beradi va zarur hollarda yordam beradi.
2.3. Oldingi laboratoriya yoki mustaqil ishlarni va talabalar tayyorlagan laboratoriya yoki mustaqil ishlarni qabul qiladi, savol-javob qiladi, baholaydi.
2.4. Talabalarga mustaqil ishlarni bajarish boʻyicha tushuncha va koʻrsatmalar beradi.
|
Tarqatilgan material bilan tanishib, guruhlarga boʻlingan holda mustaqil ravishda topshiriqni bajaradilar. Laboratoriya ishi va mustaqil ishlarni topshiradilar, savol-larga javob beradilar.
|
3 – bosqich: Yakunlash
(10 daqiqa)
|
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar diqqatini yakuniy xulosalarga qaratadi.
3.2. Talabalarning dars davomidagi faoliyatini tahlil etadi va baholaydi. Mustaqil bajarishlari va mavzuni oʻzlashtirishlari uchun vazifalar beradi.
|
Topshirqni yozib oladi, bajarishga intiladilar
|
Ishning maqsadi: talabalarga CorelDraw dasturida yopiq konturlar yaratish, konturlarni siljitish bilan ishlashni oʻrgatish hamda ularda amaliy koʻnikma hosil qilish.
Laboratoriya mashgʻuloti materiallari:
Konturlar parametrlari va ularni boshqarish.
Corel Draw da qabul qilingan egri chiziqlar sinfi obekti modeli kontur tashqi koʻrinishini boshqaruvchi bir necha atributlarni oʻz ichiga oladi. Kontur qalinligi deb, uning chekkalari orasidagi chiziqcha perpendikulyar yoʻnalishdagi kontur shaklini belgilatadigan masofaga aytiladi. 1-rasmda konturlari har hil qalinlikka ega boʻlgan toʻgri chiziqlarning bir necha kesimlari koʻrsatilgan. Kontur qalinligi odatda matn belgilari balandligi sifatida punktlarida beriladi, ammo CorelDRAW da qabul qilingan uzunlik oʻlchovining har qanday boshqa birligini qoʻllash ham mumkin.
CorelDRAW da figura shaklini beradigan chiziq bilan kontur oʻrtasi mos tushadi, kontur chizigʻining oʻzi esa figura qoʻyish sathiga (yuzasiga) joylashadi (agar u belgilangan boʻlsa deb hisoblanadi. Uncha katta boʻlmagan obyektlar uchun kontur chizigʻi parametrlarini belgilashda buni esda tutish lozim. Masalan, qalinligi 4punktli konturni 8 punktli matnli obekt uchun belgilash matnni oʻqish boʻlmaslikka olib kelish mumkin. Harflarning barcha ichki oraliqlari kontur chizigʻi bilan yoyilib qoladi.
Turi: Kontur turi yoki ctili deb obekt shaklini belgilaydigan chiziqning butun uzunligi boʻylab qaytariladigan shtrixlar va oraliqlar birikmasiga aytiladi. CorelRAW da taxminan 20 tagacha xar xil diddagi konturlarning xar xil standart turlari koʻzda tutilgan va qoʻshimcha oʻz turlarini yuaratish imkoniyati mavjut. 2-rasmda kontirlarning standart turlaridan bazilari keltirilgan.
Yakunlovchilar
Do'stlaringiz bilan baham: |