MMT-83 Fozilov Jur’atbek
1a 11d
2b 12c
3a 13d
4c 14d
5d 15b
6d 16b
7c 17d
8c 18b
9a 19b
10c 20d
Savollar
1.
Yer qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish faoliyatining asosiy shart – sharoiti sifatida chiqadi.
Iqtisodiy resurs sifatidagi yerning xususiyati shundan iboratki, uning umumiy miqdori
o‘zgarmas, maydoni cheklangan va inson o‘z xohishiga ko‘ra bu o‘lchamni o‘zgartirishga
layoqatli emas.
Qishloq xo‘jaligida yer undan foydalanilganda boshqa tarmoqlardan farq qilib, ishlab
chiqarishning asosiy vositasi hisoblanadi va renta shaklida daromadi keltiradi.
Er qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda vosita bo‘lib xizmat qilishi sababli, shu yerdagi
tuproq muayyan unumdorlikka ega bo‘lishi zarur. Yerning tabiiy va iqtisodiy unumdorligi
farqlanadi. Bunda uning tabiiy unumdorligi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, yer mulkdori
o‘zlashtiradigan daromadning darajasini belgilab beradi. Yerning iqtisodiy unumdorligi unga
qo‘shimcha ishlov berishi, (organik va mineral o‘g‘itlar solish) natijasida oshirilib boriladi.
Insonning tuproq unumdorligiga ta‘siri chegarasiz emas. Qachonki yerga qo‘shimcha
qo‘yilgan mehnat va kapital hisobiga olingan qo‘shimcha samara (daromad) kamayib borsa
keyingi iqtisodiy resurslar taklifini rag‘batlantirishdan to‘xtaydi. Bu unumdorlikning pasayib
borish qonuni mazmunini ifodalaydi.
Yerning tabiiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
- tabiiy unumdorligi va sotish bozorlariga nisbatan joylashgan joyi. Bu
ko‘rsatkichlar bo‘yicha yerlar sifati va raqobatbardoshligi jihatdan bir-biridan
farqlanadi.
- yerlarning tabiiy (tuproq tipi, rel‘efi), va iqlim sharoitlari. Turli geografik
hududlardagi yer uchastkalari shu sharoitlar tufayli bir xil unumdorlikka ega
bo‘lmaydi.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish ko’p jihatdan yer bilan bog’liq,
shuning uchun ham erga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish
hamda yer rentasining hosil bo’lishi, taqsimlanishi bilan bog’liq bo’lgan
munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi.
Er rentasi orqali yerga bo‘lgan mulkchilik huquqi ro‘yobga chiqariladi.
O‘zbekistonda «yer – davlat mulki – umummilliy boylik...» bo‘lganligi sababli
yerga bo‘lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqi turli
sub‘ektlarga tegishli bo‘ladi.
Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma‘lum yer uchastkasiga
tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi
egalik huquqini tan olishini bildiradi. Yerga egalik deganda avvalo yerga bo‘lgan
mulkchilik huquqi ko‘zda tutiladi. Yerga egalikni yeri bo‘lgan mulkdor amalga
oshiradi. O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksida ta‘kidlanganidek: «Yer
uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish
hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin» .
2.
Tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo’jalik sohalaridagi shakli
agrobiznes ko’rinishida namoyon bo’ladi. Agrobiznes tushunchasiga qishloq
xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi barcha tadbirkorlik turlari kiritiladi.
Qisqacha qilib aytganda, agrobiznes agrosanoat integratsiyasinatijasida vujudga kelgan
agrosanoat majmuasining barcha bo‘g‘inlarini qamrab oladi.
Agrobiznesning asosiy turlari quyidagilar:
- Fermer va dehqon xo‘jaliklari.
- Agrofirmalar.
- Agrosanoat birlashmalari.
- Agrosanoat kombinatlari.
- Shirkatlar va boshqa jamoa xo‘jaliklari.
- Qo‘shma korxonalari (agrar sohadagi)
Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste’mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo’jalik
mahsulotlari, sanoatni esa xomashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali foyda ko’rishdan iborat.
Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bo‘g‘ini fermer va dehqon xo‘jaliklaridir. Chunki ular
bevosita qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu xo‘jaliklar o‘z erida yoki ijaraga
olingan yerda ish yuritib, ishlab
chiqaruvchi fermer va uning oila a‘zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma
mehnatdan foydalanish ham mumkin. Fermer xo‘jaliklari mustaqil tuzilma bo‘lishi
sababli o‘z faoliyatini bozor kon‘yukturasiga tez moslashtira oladi. Unda iqtisodiy
manfaat va pirovard natija uchun mas‘uliyat o‘zaro qo‘shilib ketadi. Bularning
hammasi fermer xo‘jaligining yashovchanligini ta‘minlaydi.
Fermer xo‘jaligi barcha tashkiliy shakllarining umumiy tomoni shundaki,
ular ijaraga olingan davlat yerida faoliyat ko‘rsatadi. Fermer va dehqon xo‘jalik-
larini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish O‘zbekiston
respublikasining «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi,
«Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida»gi qonunlarga hamda
qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan boshqa huquqiy
bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi.
Bu qonuniy bitimlarda fermerlarga ajratilgan yerlarni meros qilib qoldirish
sharti bilan uzoq muddatli ijaraga olish huquqi mustahkamlab qo‘yildi. Shu bilan,
birga bu xo‘jalik uchun yerlarning unumdorligini saqlash va oshirishda davlat
tomonidan kafolatlar yaratish yo‘li bilan ularni himoyalash tizimi vujudga
keltirildi.
Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir. Ular ma‘lum turdagi qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta
ishlashni qo‘shib olib boradigan korxonalardir.
Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy
xo‘jalik asosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin.
Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir.
Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga
bog‘liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bir qancha korxonalarni
birlashtiradi. Jumladan, bog‘dorchilik va uzumchilik bilan shug‘ullanuvchi
xo‘jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi sex va zavodlar, yetkazib beruvchi
savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat
birlashmalarini tashkil qiladi.
Agrosanoat kombinatlari qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta
ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat
qiluvchi xo‘jalik va korxonalarning ma‘lum bir hududida birlashuvidir. Agrobiznes
turiga ko‘ngilli va paychilik mablag‘lari asosida tashkil qilingan turli xil uyushma va
ittifoqlarni ham kiritish mumkin.
Qishloq xo‘jaligidagi davlat korxonalari, jamoa xo‘jaliklari va shirkatlari,
turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan qo‘shma korxonalar ham agrobiznes
turlari sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Respublikada iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida qishloq xo‘jaligini
rivojlantirishning ustuvor vazifalari sifatida quyidagilarni qayd qilish mumkin:
qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish;
oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash;
ekologik toza mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirish;
eksport salohiyatini oshirish;
ekin maydonlarini yanada maqbullashtirish;
yangi selektsiya navlarini, chorva turlarini yaratish;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish;
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlovchi yangi korxonalarni
qurish;
zamonaviy bozor xizmatlarini ko‘rsatish infratuzilmasini, sug‘oriladigan
yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo
zamonaviy suv va resurslarni tejaydigan agrotexnologiyalarni joriy etish;
unumdorligi yuqori qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish;
global iqlim o‘zgarishi va Orol dengizi qurib qolishining qishloq xo‘jaligi
rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta‘sirini yumshatish bo‘yicha
tizimli chora-tadbirlarni ko‘rish.
3.
Yerlarning unumdorligi. Bir turdagi ekinlar ekilganda unumdorligi
yuqori bo‘lgan yerlarga talab katta bo‘ladi va bu rentaning ham yuqori bo‘lishiga
olib keladi.
Foydalanishda bo‘lgan yerlarda etishtiriladigan qishloq xo‘jalik
maxsulotlarining bozor narxi. Qaysi mahsulotning bozor narxi yuqori bo‘lsa, shu
ekin ekiladigan yerlarda renta ham yuqori bo‘ladi.
Birgalikda foydalaniladigan boshqa resurslarning narxlari va
unumdorligi. Masalan, qishloq xo‘jalik mashina va uskunalarining narxi hamda
unumdorligi renta miqdoriga ta‘sir ko‘rsatadi.
Yer maydonlarining shahar markazlari, bozorlar, yo‘llar va suv
manbalariga joylashishining uzoq-yaqinligi.
Yerlardan sanoat, qurilish va boshqa maqsadlarda foydalanish
imkoniyatining mavjudligi.
Yerlarda ekin turlarini joylashtirish imkoniyatlari darajasi.
4.
Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqarishning
shaklidir. Yer rentasi yerga ishlab chiqarish omili sifatida egalik qiluvchilarning
oladigan daromadidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko‘rinishlari ham mavjud
bo‘lgan. Jumladan, barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig‘i
shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Renta vujudga kelish sabablari va
shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: Absolyut yer rentasi,
Differentsial renta ( I va II) monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar
joylashgan yerlardan olinadigan renta.
Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida
vujudga keladigan qo‘shimcha daromadning bir qismi renta shaklini oladi hamda u
Differentsial renta deb ataladi.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor yer uchastkalarida
yuritish orqali jamiyat ehtiyojlarini qondirish mumkin emas. Agar ishlab
chiqarilgan mahsulot to‘lovga qodir talab bilan ta‘minlangan bo‘lsa, yerning
mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo‘jalik tovarlariga
narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi.
Natijada o‘rtacha yoki yaxshi yerlarda xo‘jalik yurituvchi ishlab
chiqaruvchilar ko‘proq mahsulot va binobarin foyda oladilar.
Bu foyda qisqa muddatli emas, balki ozmi-ko‘pmi doimiy xarakterga ega.
Barcha yerlar mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan egallab olinganligi
sababli, bu ishlab chiqaruvchilarda yerga xo’jalik ob’ekti sifatidagi monopoliya
vujudga keladi. Bu hol differentsial rentaning vujudga kelishiga shart-sharoit
yaratadi
5.
Agrar siyosatda xarid narxlari, davlat subsidiyalari kabi moliyaviy
dastaklar qo‘llaniladi. Dehqon va fermerlarni qo‘llab-quvvatlash uchun er solig‘i
yuki engillashtiriladi. Masalan, O‘zbekistonda yagona er solig‘i qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarining bozor qiymatining 3—5%idan oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |