O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti pedagogika va psixologiya kafеdrasi



Download 1,29 Mb.
bet71/127
Sana10.01.2023
Hajmi1,29 Mb.
#898707
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   127
Bog'liq
majmua

Edvard Li Torndayk ob’ektiv o‘rganish pozitsiyasi tadqiqotchilaridan biri hisoblanadi. U o‘zining tadqiqotlarida organizmning biron bir hodisalar bilan to‘qnash kelishi va javob teaksiya qaytarishi haqidagi eksperimentlarni olib borgan. E.Torndaykni tadqiqolarida organizmning turdli kutilmagan vaziyat va sharoitlarda o‘zini-o‘zi boshqara olmaydigan holatlardagi adaptatsiya qonuniyatlarini o‘rgangan.
E.Tondaykni tadqiqot maqsadida maxsus “muammoli yashik(quti)” metodidan foydalangan. Bu metodning maqsadi shundan iboratki, unga qo‘yib yuborilgan hayvonlar turli to‘siqlardan o‘tib chiqish yo‘lini topish kerak bo‘ladi. Asosiy ob’ekt sifatida mushuklar, undan tashqari it va maymunlardan foydalangan. Hayvonlar yashikka qo‘yilgan va undan faqat maxsus o‘rnatilgan qurilma prujinani bosish orqali chiqib yemishga erishish mumkin bo‘lgan. YAshikka qo‘yilgan hayvonlar to tasodifan muvaffaqiyatli yo‘lni topmagunlaricha betartib harakatlanganlar, tishlagan, qarshiliklar ko‘rsatganlar. Keyinchalik hayvonlar bu yashikka qo’yilganlarida foydasiz harakatlarni kamroq bajarishganlar. Eksperiment to hayvon xatosiz harakatlarni bajargunigacha davom qilingan.
O‘tkazilgan va olingan materiallar asosida E.Torndayk o‘rgatish qonunining 4 ta asosiy qonuniyatini ajratgan:

  1. Takrorlash (mashqlarni) qonuni – shundan iboratki, qancha stimul va reaksiya o‘rtasida aloqa takrorlansa, shuncha tez mustahkam va qat’iy reaksiya sodir bo‘ladi.

  2. Effekt (samara) qonuni – konkret vaziyatda reaksiyani bir necha marta sodir bo‘lishi, sinaluvchida qoniqish hissi paydo bo‘layotgan reaksiyada mustahkamlanish sodir bo‘ladi.

  3. Tayyorgarlik qonuni – har qanday yangi aloqalarning shakllanishi sub’ektning holatiga bog‘liq bo‘ladi.

  4. Assotsiativ qo‘zg‘alish qonuni – agar sinaluvchida bir vaqtning o‘zida ikkita qo‘zg‘atuvchi ta’sir qilsa, ulardan biri ijobiy reaksiya chaqiradi, boshqasi analogik (analogik) reaksiya chaqiradi.

Torndayk 1898 yilda “Hayvonlar intellekti. Hayvonlar assotsiativ jarayonlarini eksperimental tadqiqoti” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
E.Tondaykni barcha ishlari amaliy yo‘l bilan isbotlanganligi uchun yuqori baholanishga sazovor bo‘lgan. E.Torndayk shuni isbotlaganki, organizm hulqi qonuniyatlarini miqdoriy va eksperimental yo‘l bilan o‘rganish mumkin. Ayniqsa, bu muammoli vaziyatlar ramkasida juda dolzarb. U ilgari surgan konsepsiyasining chegaralanganligidan shuni xulosa qilish mumkinki, xulqning muvaffaqiyati ko‘pincha u haqida bilim va xulq shakllanadigan konkret sharoitlarning aks ettirilishiga bog‘liq. E.Torndayk “xatolar va urinishlar”ni xato qarama-qarshi qo‘ydi, uning real omillaridan biri organizmning qiyin vaziyatlarda harakati stimul haqida axborot etishmasligi va uni yaxshi tushunmasligidadir.
E.Torndayk hayvonlar ustida tadqiqotlar o‘tkazish yo‘li bilan qatnashgan tarixiy o‘tmishdosh bixeviorizmchi bo‘ldi. U tomonidan yaratilgan qonunlarda shaxs bixeviorizmining qonunlari yotardi.
Inson ichkarisida sodir bo‘layotgan barcha reaksiyalarni “ko‘rish” va o‘rganish mumkin emas. Reaksiyani faqatgina tashqi stimulga zaruriy namoyon bo‘lganidagina qayd qilish mumkin. Bixevioristlarning tadqiqotlaridagi vazifa shundan iboratki, reaksiyaga qarab taxminiy stimulni aniqlash mumkin, stimulni esa o‘z navbatida ehtimoliy reaksiyaga qarab aytish mumkin. Bu nuqtai-nazar asosida bixeviorizm shuni uqtiradiki, inson shaxsi bu har qanday konktret insonga taaluqli bo‘lgan turli xil xulqiy reaksiyalar jamlanmasidir.
Aniq xulqiy reaksiya konkret vaziyat yoki stimulda namoyon bo‘ladi. SHundan quyidagi formula ishlab chiqilgan:
“Stimul-Reaksiya” (S-R)
Bu formula bixeviorizmdagi eng asosiy formula hisoblanadi.
Torndayk tomonidan keltirilgan qonun bu formulani aniqlashtiradi:
“S va R o‘rtasidagi aloqa ahamiyatli kuchli agar, aniq qo‘llab-quvvatlanish bo‘lsa”.
Ko‘maklashish 2 turda bo‘ladi:

  1. Ijobiy – maqtov, moddiy taqdirlash, kutilgan natijani qo‘lga kiritish va hakazo.

  2. Salbiy – jazo, ogohlantirish, muvaffaqiyatsizlik va hakazo.

Inson xulqi asosan salbiy ko‘makdan qochish maqsadida ijobiy yordam asosida shakllanadi.
Bundan kelib chiqib, bixeviorizм pozitsiya bo‘yicha shaxs – bu inson ega bo‘lgan hamma narsa, uning reaksiyaga nisbatan individual imkoniyatlari, muhitga muvaffaqiyatdi moslashish uchun zaruratidir.
Torndayk bixeviorizmida inson konkret reaksiya, harakat va hulqqa dasturlangan hamda boshqariladigan, o‘qitiladigan, harakatlantiriladigan mavjudotdir.
E.Torndayk organizmning javob reaksiyasi yig‘indisini – xulq, qo‘zg‘aluvchilarining murakkab tizimini vaziyat, tashqi sharoit ekanligini tushuntiradi. SHuning uchun inson ongi bilan emas, balki vaziyat bilan boshqariladigan g‘oyani ilgari surgan. Natijada inson ruhiy dunyosi mexanik ravishda reaksiyalar yig‘indisi bilan tenglashib qoladi.
E.Torndayk 1912 yil Amerika psixologlari assosiasiyasi prezidenti etib saylandi. U faoliyati davomida 500 dan ortiq ilmiy asarlar yozgan. U 1949 yilda vafot etgan.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish