Mikael Balint edipov bosqichda qiyinchiliklarni boshdan kechirgan insonlar bilan ishlagan. Bu muammoni echimi ni u bir qancha psixik darajalarga farqlanadigan sohalarga ajratadi:
- edip konflikt sohasi,
- bazisli defekt sohasi va
- yaratuvchilik sohasi.
X.Koxut (psixologiya samosti) – bolaning normal psixik rivojlanishi yaqin atrofdagilarning qulay munosabatlari natijasida sodir bo‘ladi. Ota-ona obrazining introeksiyasi bolaga o‘zining mukammalligi, qudrati, ta’mnlanganlik hissini beradi.
Men-ob’ektning jarohatli kamchiliklari, empatiyaning yo‘qolishi shaxsda jiddiy buzilishlarga, narsistik tipli xarakter rivojiga olib keladi. Bunday insonlarda hayot mazmunini, qadriyatlarni beruvchi va ichki motivatsiya yo‘qolgan.
X.Koxut Menning yangi nazariyasini yaratdi. Markaziy elementlar sifatida:
- “Men”,
- Men-obrazlari (self-reprezentatsii),
- o‘z-o‘zini hurmat qilish turadi.
Bu pozitsiyalardan Koxutning izdoshlari turli insonlarni o‘z-o‘zini hurmat qiladigan, bog‘lanlangan hissiga intiladiganga ajratgan.
Separatsiya (ajralish)
Bolaning ota-ona qaromog‘idan chiqishi psixologiyada “Separatsiya” atamasi bilan ataladi.
Dj.Boulbi bolaning onadan ajaralishini bolada sodir bo‘ladigan ruhiy jarohatlar va shaxsidagi destruktiv hodisalar paydo bo‘lishi bilan bog‘laydi.Onasidan vaqtincha ajratilgan bolalarda eksperiment o‘tkazib, atrofdagi olamga nisbatan bolalik dunyoqarashi va emotsional reaksiyasidan shakllanadigan maxsus atama “separatsion xavotir” atamasini ajratgan.
Bolalar psixoanalitiki Dj.Boulbi bolalarning emotsional rivojlanishiga e'tibor qaratdi8. Uning bog‘lanib qolish nazariyasi zamo- naviy biologik va psixologik ma’lumotlar hamda rivojlanishning an’anaviy psixoanalitik tasavvurlarini birlashtirishga asoslangan.
Boulbining asosiy g’oyasi shundan iboratki, ona bolaga nafaqat dastlabki organik ehtiyojlarini qondirish uchun emas, muhimi ona bolaga bog‘lanib qolish hissini yaratadi. Dastlabki oylarda bolaning yig‘lashi, kulishlari onaning g‘amxo‘rligi, tashqi xavfsizligi, himoyalanganligidan darak beradi. Emotsional himoyalangan bolaning sog‘lom psixik tarqqiyot yo'llari ochiq bo‘ladi. Ona bilan bola orasidagi dastlabki emotsional «bog‘lanishning buzilishi» psixik kasalliklar va shaxsiy muammolarning vujudga kelish xavfini oshiradi (masalan, depressiv holatlar).
Boulbining g‘oyalari hayotga tatbiq etilib. 1950-yillardan kichik bolalarni kasalxonalarda onasidan ajratmaslik haqida qaror qabul qilinib, amalda joriy etildi.
M.Maler va Dj.Mak-Devitt normal va psixotik rivojlangan bolalarni qiyosiy tahlil qilib, separatsiya jarayonini quyidagi bosqichlarini ajratganlar:
1. Normal autik faza (tug‘ilgandan 1 oylikkacha). Bolaning psixik hayoti hissiy organlar shakllanishi xususiyati bilan bog‘liq: bola o‘z tanasidagi o‘zgarishlarni to‘liq idrok qilolmaydi. Avtorlar bu xususiyatni “stimul to‘siq” deb atashgan. Bu davrda asosiy axborotni introretseptiv sezgilar keltiradi va organizmning asosiy vazifasi gomeostazni qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Bu davrda ona bola “Men”ining tashqi reprezentatsiyasi hisoblanadi.
2. Me’yoriy simbiotik bosqich (1,5 oydan 5-6 oylikkacha). Bu bosqichda bola o‘z diqqatini ichki sezgilardan tashqi sezgilarga qarata boshlaydi, qoniqish manbaasi onasi sifatida. Ona-bola munosabatlari paydo bo‘la boshlaydi.
3. Individuatsiya separatsiyasi bosqichi (5-6 oylikdan 2 yoshgacha) 3 subfazadan iborat:
3.1. Differensiatsiya subfazasi (5-6 oylikdan 9 oylikkacha). Bola atrofni o‘rgana boshlaydi o‘rganish obekti ko‘pincha onaning yuzi bo‘ladi. Bola o‘z tanasi bilan onasining tanasini farqlashga harakat qiladi, undan keyin boshqa odamlarni o‘rgana boshlaydi.
3.2. Amaliyot subfazasi (9 oylikdan 15 oylikkacha). Asta-sekin bolaning onggiga dastlab onadagi jonsiz narsalar, keyin boshqa narslar kira boshlaydi. Bola atrofni faol o‘rgana boshlaydi, avvalo rivojlanayotgan harakat funksiyalari orqali.
3.3. Qayta birlashish subfazasi (16 oylikdan 24 oylikkacha). Dunyoni o‘rganishdan bola ijtimoiy munosabatlarga qaytadi va undan yuqori darajada qoniqish izlaydi. Bola onaga intila boshlaydi.
Mana shu bosqichlar tugashi natijasida bola psixologik tug‘ilishni boshdan kechiradi.
M.Maler bu kabi sifatlarga inson 3 yoshda ega bo‘lishini aytgan.
A.Maslou ishlarida sog‘lom insonning 15 belgisi ko‘rsatilgan:
1) Borliqni effektiv idrok qilish va u bilan qulay munosabatlarga kirisha olish;
2) qabul qilish (o‘zini, boshqalarni, tabiatni);
3) spontanlik, oddiylik, tabiiylik;
4) ishchanlik (slujenie);
5) chetlashish, yolg‘izlik ehtiyoji;
6) avtonomlik, iroda va faollikdan, madaniyat va muhitdan mustaqillik;
7) narsalarga tabiiy qarash, odatiy hodisalardan xursand bo‘lish hissi;
8) yuqori (pik) kechinmalarga layoqatlilik (moyillik);
9) shaxslararo munosabatlarni alohida tushunish;
10) demokratlilik (diskriminatsatsiyasiz), boshqalardan dars o‘rganishga tayyorlik;
11) maqsadni, yaxshidan yomonni ajrata olish, ichki axloqiy normalarni anglash;
12) yumorning falsafiy hissi;
13) kreativlik, yaratuvchanlik qobiliyati va intilishi;
14) madaniyat ta’siriga, transtendensiyasiga qarshilik qila olish;
15) sog‘lom muxabbat.
Umumiy holda separatsiya (ajralish)ning turlari quyidagicha:
Perinataldan postnatalgacha - ona bilan bog‘liqlikning o‘ziga xos ko‘rinishi, ona tanasidan ajralish (biologik separatsiya).
Biologik seperatsiya - ona organizmidan tashqari yashash imkoniyatini beradi.
Harakat separatsiyasi - bola yura boshlaganda va borliqni faol o‘rgana boshlaganda paydo bo‘ladi.
Kommunikativ separatsiya - bolaning MTMlarida boshqa tengdosh bolalar bilan muloqotida solir bo‘ladi.
Kognitiv separatsiya - o‘smirlarda paydo bo‘lib, qarorlarni mustaqil qabul qilishda rivojlanadi.
Ijtimoiy separatsiya - moliyaviy mustaqillik va oila qurishda vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |